1498-yilda Alisher Navoiy „Majolis un–nafois“ni qayta koʻzdan kechirib, toʻldirdi. Shoirlar adadni 459 taga yetkazdi. Shu yili yoshligidan qalbida muhirlanib kelgan „Mantiq ut–tayr“ ga javob yozadi. „Lison ut-tayr“ Navoiy ijodini yakunlovchi asarlardan biridir. Buyuk shoir 1498-1499-yillarda xatlarini toʻplab, „Munshaot“ tuzdi. Unda 88 ta xat jamlangan boʻlib, ularning aksariyati shoirning shoh va shahzodalarga yoʻllangan. Shoirning 1500-yilning oxirlarida yozib tugatgan „Mahbub ul–qulub“ asari uning eng soʻnggi asari boʻlib qoldi. Navoiy 1501-yilning 3-yanvarida vafot etadi. Butun halq — shohda gadogacha, olimdan choʻpongacha, shoirdan dehqongacha ulugʻ farzandining oʻlimiga qaygʻu va iztirob bilan motam tutadi.
„Xamsa“
„Xamsa“
Alisher Navoiy ijodining yuksak choʻqqisi „Xamsa“ asari (1483-85)dir, shoir birinchilardan boʻlib, turkiy tilda toʻliq „Xamsa“ yaratdi va turkiy tilda shunday koʻlamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi. Ushbu toʻplamni Nizomiy Ganjaviyning „Panj Ganj“ („Besh xazina“) asariga havas sifatida yozilganligini oʻquvchilarga anglatmoq maqsadida „Xamsa“ning kirish qismida:
Nizomiy panjasigʻa panja urmoq.“ deya taʼkid etadi.
„Xamsa“ tarkibiga „Hayrat ul-abror“, „Farhod va Shirin“, „Layli va Majnun“, „Sabʼai sayyor“, „Saddi Iskandariy“ kabi dostonlar kiradi.
"Hayratul-abror"da hamd, munojot, naʼt, hayrat boblaridan keyin shoirning Yaratganga, borliqqa, tabiatga, insonga boʻlgan falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, maʼrifiy, axloqiy va estetik munosabati aks ettirilgan. Podshoh bilan ulusning insonlik nuqtai nazaridan ayirmasiz, farqsizligini, podshohning hunar, axloq, adl, insof, mantiq, taqvo yoʻlida ulusdan oʻta olmaganini anglatish bilan oʻzining adolatli shoh haqidagi qarashlarini anglatadi.
„Farhod va Shirin“da qahramonlar sevgi sarguzashtlari orqali insonning tarix va kelajak oldidagi vazifasini belgilaydi, insonlik faqat muhabbatda emas, balki oʻsha sharafli nomning himoyasi orqali ekanini uqdiradi. Sharq tarixidagi Xusrav va Shirin voqeasini badiiy jihatdan qayta ishlab, Farhod orqali oʻzining komil inson haqidagi qarashlarini ifoda qilgan. Navoiy dostoni orqali Firdavsiy, Nizomiy, Dehlaviy anʼanalari yangilangan boʻlsa, undan keyin bu syujet turk mumtoz adabiyotining oʻzak muammolarini hal etishda asosiy oʻrin tutdi va bu yoʻnalishda Ahmad rizvon, Jaliliy, Harimiy, Bafqiy, Urfi Sheroziy, Lamiiy, Nizoriy v.b. dostonlari yaratildi.