Mavzu: Alisher Navoiy hayoti va ijodi. Alisher Navoiy


Yigitlik yillari Yigitlik yillari



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə4/10
tarix19.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#157497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Alisher Navoiy

Yigitlik yillari

Yigitlik yillari

1457-yilda Abulqosim Bobur vafot etdi. Hokimyat tepasiga Abusaid Mirzo keldi. Husayn Boyqaro taxt uchun kurashga shoʻngʻib ketdi.

Navoiy esa Mashhad madrasalarida oʻqishni davom ettirdi. Doʻstlar orttirdi. Keksa shoir Kamol Turbatiyni shu yerda uchratdi. Turbatlik bu shoir Alisher bilan bir bayt muhokamasi ustida tanishib qoldi. Shoir 1464-yilda Hirotga qaytadi. Biroq poytaxda uni noxushliklar kutadi. Abusaid Mirzo u bilan taxt talashayotgan Husayn Bayqaroni yaqin kishilarini taʼqib va tayziq ostiga olgan, jumladan, togʻalari Mirsaid Kobuliy va Muhammad Ali Gʻaribiylarni oldinma-keyin qatl ettirgan edi. Ular isteʼdodli shoirlar edi. Alisherning ota mulki musodara qilingan, hatto yashab turgani boshpana ham qolmagandi. U shaharda uzoq qola olmadi. Holbuki, yosh shoirning ijodi barq urgan payti edi. Abdurahmon Jomiyadek zamonasining alloma adibi bilan yaqindan tanishib, saboqlar olgani, mehr qozongan edi. Navoiy — „Mahmud Nuran“ deb eʼzozlagan bu mashhur shoir va olim oʻzini siyosatdan uzoq tutar, hatto shahar tashqarisidagi Saʼdiddin Koshgʻariy (1456-yilda vafot etgan mashhur shyx, Jomiyning ustozi) mozori yonidan joy qilib, oʻsha yerda yashar edi.

Navoiyning Sayyid Hasan Ardasherga yozgan sheʼriy maktubi bor. U „Masnaviy“ nomi bilan „Xazoyin ul-maoniy“ning birinchi devoniga kiritilgan. Mutaxasisslar uni Navoiyning Hirotdan Samarqandga joʻnash oldidan yozgan maktubi deb hisoblaydilar. Chamasi, shoir safar oldida Ardasher bilan xayrlashmoqchi boʻlgan, lekin uni topmagan. Soʻng ushbu maktubni yozib qoldirgan. Maktub Alisherning safar oldidagi kechinmalari va oʻz otasidek yaqin koʻrgan Sayyid Hasan Ardasherning sifatlarini taʼrif etish bilan boshlanadi. Vatan va doʻstlarni tashlab ketish ogʻir. Xayrlashmay ketish undan ham ogʻir. U ulugʻ doʻstiga ketishi sabablarini tushuntirmoqchi. Xat shu munosabat bilan yozilgan. Inson soʻz bilan ulugʻdir, „falak jismining joni“-soʻz, ayqisa „nazm“ (sheʼr), deydi shoir. Va oʻzida sheʼr yozishga juda katta kuch-qudrat sezayotganini aytadi. Shunday qudratki, agar Firdavsiy oʻz „Shohnoma“sini 30 yilda yozgan boʻlsa, u oʻshanday asarni 30 oyda yoza oladi. Nizomiy Ganjaviyning 30 yil sarflab maydonga keltirgan „Xamsa“si uning oldida 2-3 yillik ishdir. Faqat unga imkon kerak. Yurt esa notinch, odamlarda vafo yoʻq. Insoniylik qolmagan zulm avjida. Hatto tasali beruvchi kishi ham yoʻq. Ketaman, desang etagindan tutadigan umr yoʻldoshing, ketsang, ayriliqdan eziladigan doʻsting boʻlmasa.


Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin