Mavzu: alisher navoiyning hayot va ijod yo’LI


Emas oson bu maydon ichra turmoq



Yüklə 85,5 Kb.
səhifə3/3
tarix23.05.2023
ölçüsü85,5 Kb.
#120473
1   2   3
навоий

Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasiga panja urmoq.
Kerak sher oldida ham sher jangi,
Agar sher o’lmasa, bori palangi.
Navoiy besh dostonni ikki yilda ypzib tugatadi. “Xamsa” yaratishga 1483-yilda kirishgan shoir 1485-yilning boshida yozib tugatadi. Agar shoir ishlagan kunlarnigina hisobga olsak, 54 ming misralik ulkan asar olti oyda yozib tugatilgani ma’lum bo’ladi. Shu tariqa, turkey tildagi birinchi “Xamsa” yaratiladi.Husayn Bayqaro Navoiy tamonidan bir vaqtlar Sayyid Hasan Ardasherga yozilgan she’riy maktubdagi gaplarini shunchaki bir “xomayi gazol” (shoirona gap)deb o’ylagan edi. Shoir sultonga “Xamsa”ni taqdim etganida, u g’oyat qattiq hayajonga tushadi. Zayniddin Vosifiyning “Badoye’ ul-vaqoye) asarida yozilishicha: “ Shoh Navoiyga: Bir mojaro Siz bilan bizning oramizda ko’pdan hal bo’lmay keladi, shuni bugun bir yoqlik qilaylik, deydi. Bu mojaro shundan iborat ediki, Sulton Husayn Alisherning muridi bo’lishni orzu qilar va uni “pirim” deb atar edi. Alisher esa har gal “yo Alloh, yo Alloh, bu qanday gap bo’ldi! Aslida, biz muridmiz, siz hammamizga pirsiz”,- der edi. Endi Sulton Alisherdan so’radi: “Pir nima-yu, murid nima?”. Alisher javob berdi:”Pirning tilagi- muridning tilagi bo’lishi kerak”, Shunda Sulton Husayn o’zining oq otini olib kelishni buyurdi.
Ot juda ham asov, chopag’on edi. Sulton Husayn aytdi: “Siz murid, biz pir bo’ladigan bo’lsak, siz shu otga minasiz, men uni yetaklayman”. Alisher noiloj otga minishga majbur bo’ldi. Ot g’oyat asov bo’lib, shohdan boshqani o’ziga yaqinlashtirmas edi. Alisher oyog’ini uzangigaa qo’yishi bilan tipirchilay boshladi. Sulton Husayn otiga o’shqirdi, ot itoat qilib, Alisherning minishini kutdi. Alisher egarga o’tirishi bilan Sulton Husayn otning jilovidan ushlab, yetaklay boshladi. Alisher hushidan ketdi. Uni egardan ko’tarib oldilar. Tarixda bunday hol ko’rilmagan edi. Hech bir zamon shoh shoirga jilovdorlik qilgan emas. Majdiddin boshliq kuchlar 1487-yilda sulton oldida obro’si cheksiz bo’lgan Navoiyni poytaxtdan uzoqqa jo’nattirishga muvaffaq bo’ldilar. U Astrobodga hokim qilib jo’natildi. Shahar ahli shoirni izzat ikrom bilan kutib oldilar. Uning nomi bu paytda mamlakatdan tashqarida ham mashhur edi. Devonlari, ayniqsa, “Xamsa”si uning shuhratini olamga yoygan edi. Masalan, Navoiy g’azallari Usmonli davlatining sultoni Boyazid II qo’liga 1481-yilda borib yetadi. Uning buyruqiga ko’ra Bursa shahrida yashovchi shoir Ahmad Poshsho Navoiyning o’ttiz uch g’azaliga nazira bog’laydi. Astrobod Husayn Boyqaro hokimiyatidagi e’tiborli shaharlardan edi. Shoh birinchi marta hokimlikni shu yerda boshlagandi. Astrobod mamlakatning g’arbiy chegarasida joylashgan edi, siyosiy muhim ahamiyatga ega bo’lgan, ayni paytda g’oyat go’zal, xushhavo shahar edi. Alisher u yerga hokim etib tayinlanishi bilan yaqin-atrofdagi Mozandaron, Jurjon viloyatlari hokimlari uning huzuriga o’z ixtiyorlari bilan kelib, tobe’ bo’ladilar. Ozarbayjon va Iroq Astrobod bilan do’stona aloqalarni yo’lga qo’yadilar. Turkmanlar hukmdori Yoqubbek sovg’a-salomlar bilan Navoiyni tabrik etgani keladi. Shularga qaramasdan, shoir o’zini quvg’indi his qiladi. Bir yil o’tar-o’tmas, shoh huzuriga borib, Hirotga qaytishga ruxsat so’raydi. Ruxsat bo’lmaydi. Salkam ikki yildan so’nggina shoir tug’ilgan shahriga qaytishga muvaffaq bo’ladi. Oradan ko’p o’tmay, Balxdan Alisherning ukasi Darveshali akasining davlat ishlaridan uzoqlashtirilgani, qadr-qimmati oyoqosti qilingani sababli shohga qarshi isyon ko’targanini xabar qiladilar. Shoh Majdiddinni saroydan uzoqlashtirishga majbur bo’ladi. Uning o’rniga Nizomulmulk tayin etiladi. Biroq saroydagi fisq-u va fitna fasodlar bosilmaydi. Shularga qaramay, 1480-1490 yillar Navoiy uchun ijodda samarali davr bo’ldi. Shoir “Xamsa”dan keyin ko’p o’tmay, ketma-ket nasriy kitoblar yaratdi. U 1488-yil yilda yozgan “Tarixi muluki Ajam” (“Ajam shohlari tarixi”) shulardan biri edi. Navoiyning “Tarixi anbiyo va hukamo” (Payg’ambarlar va olimlar tarixi), “Siroj ul- muslumin” (“Musulmonlik nuri”) asarlari ham ibrat va pand maqsadida yaratilgan edi. 80-yillarning oxiri 90-yillarning boshlarida Navoiyning yaqin do’stlari, ustozlaridan Hasan Sayyid Ardasher (1493), Abdurahmon Jomiy (1492), Pahlavon Muhammad (1493) ketma-ket vafot etdilar. Navoiy ilarga bag’ishlab “Holoti Pahlavon Muhammad”, “Holoti Hasan Sayyid Ardasher”, “Xamsat ul-mutahayyirin” arsarlarini yozdi. Bu asarlar nasriy bo’lib, shoirning ulug’ zamondoshlari haqida memuar-xotiralardan iborat edi. 1491-yilda muammo janriga bag’ishlangan “Risolai muammo” (ikkinchi nomi”Mufradot”) risolasini yozdi. Navoiy zamonida muammo janri keng tarqalgan bo’lsada, asosan, fors tilida yozilar edi. Navoiy turkiyda muammo yozgan ilk shoirlardan bo’ldi. “Xazoin ul-maoniy”ga uning ellik ikkita muammosi kiritilgan. Shoirning fors tilida yozilgan muammolari 500 ga yaqin. Shoir muammoni tuzish va yechish qoidalariga bag’ishlangan ushbu asarini fors tilida yozdi. Hadislar asosidagi qirq ruboiyni o’z ichiga olgan “Arbain” asarini yaratadi. Mashhur xalifa, Muhammad Alayhissalomning jiyani va kuyovi hazrat Alining “Nasr ul-laoliy” asrini she’riy yo’lda tarjima qildi. 226 ruboiydan iborat “Nazm ul-javohir” asari ham shu yillarda yuzaga kelgan. Navoiy tamonidan XV asrning 90-yillarida amalgam oshirilgan eng katta ishlardan biri “Xazoin ul-maoniy” (Ma’nolar xazinasi) to’plamining tuzilishi bo’ldi. 1492-1498 yillarda tartib qilingan to’rt devondan bu ulkan she’riy kulliyot(to’plam) shoirning turkey tilda yozilgan deyarli barcha she’rlarini qamrab olgan edi. Navoiy ularni umr fasllariga moslab to’rt qismga bo’ldi va har bir devonga o’ziga muvofiq nom qo’ydi. Navoiy arab, fors mukammal bilgan va bu tillarda ham ajoyib asarlar yozish qudratiga ega edi. Shoirning 12ming misradan iborat she’rlarini o’z ichiga olga “Devoni Foniy”si deyarli har bir asarida uchraydigan ixcham arabiy matnlar buni yaqqol ko’rsatib turibdi. “Xamsa” esa buyuk shoirning tarix va ilmi nujumni puxta egallaganini namoyish etadi. 1500-yil dekabrning oxirlarida Husayn Bayqoro Astrobod yurishidan qaytar edi. An’anaga ko’ra, saroyning barcha e’tiborli kishilari shohni kutib olishga chiqdilar. Ulr orasida Navoiy ham bor edi. Sog’ligi yamonlashganiga qaramay, shoir safardan qaytib kelgan sulton huzuriga yetib keldi va hamrohlari yordamida uning ko’ksiga bosh qo’yib, hushidan ketadi. Shu ahvolda yarim oqshomda uni uyiga olib keladilar. Ertasiga mashhur tabiblar to’planib, qon olmoqqa qaror beradilar. Ammo buning foydasi bo’lmaydi. Uch kun hushsiz yotgan Alisher Navoiy 1501-yilning 3-yanvarida vafot etadi. Butun xalq: shohdan gadogacha, olimdan cho’pongacha, shoirdan dehqongacha ulug’ farzandining o’limiga qayg’u va iztirob bilan motam tutadi.
Yüklə 85,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin