Mavzu: Amaliy akmeologiyaning predmeti, maqsad va vazifalari



Yüklə 262,83 Kb.
tarix16.12.2023
ölçüsü262,83 Kb.
#181095
Mavzu Amaliy akmeologiyaning predmeti, maqsad va vazifalari.

Mavzu: Amaliy akmeologiyaning predmeti, maqsad va vazifalari.

  • Reja: 1.Insonni paydo bo‘lishidan boshlab uni rivojini o‘rganadigan fanlar tasnifi. 2.Ilmiy bilimning yangi tarmog‘i, yangi bilim fani sifatida shakllanishi dastlabki bosqichida akmeologiya predmetining mazmuni. 3.Amaliy akmeologiya predmetining hozirgi paytda mazmuni. 4.Amaliy akmeologiya fani tomonidan yechiladigan asosiy vazifalar.

Muhim so‘zlar: pedologiya, gerontologiya, akmeologiya, fenomen. - pedologiya yunonchadan pais (paidos) – go‘dak + logiya bolalar haqidagi fan bola rivojining psixologik, biologikijtimoiy, pedagogik konsepsiyalari yig‘indisi. - gerontologiya [yunonchadan gerontos- qariya+logiya, qartayishi fani] – inson qartayishni o‘rganadigan mediko biologik va psixologik fanlar yig‘indisi.
- akmeologiya [yunonchadan akme – nimanidir oliy darajasi + logiya, cho‘qqi haqidagi fan] – alohida odamni va odamlar birligini rivojlanish cho’qqisini va unga erishish sharoitlarini o‘rganadigan fanlar to‘plami. - fenomen – [yunonchadan phainomenes – ya’ni hodisa] akmeologik fenomenlar – birinchidan murakkab tirik organizm bo‘lgan odamni individ sifatida namoyon bo‘lishi avvalo professional sifatidagi, arbob sifatidagi voqelikning turli-tuman tomonlariga odamdagi paydo bo‘lgan yadroviy munosabatlarning ko‘rinishlari, ikkinchi jihatdan uni jamiyatdagi bajaradigan roliga qarab, odamlarni kichik va katta birlashmalarida ko‘rinadigan hayot faoliyatini yashash sharoitining konkret ko‘rinishlari orqali chiqadigan hodisalar.
Juda ko‘pgina ilmiy tasniflarda odamni paydo bo‘lish negizining rivojini o‘zi bolalik, kattalik va qarilik bosqichlariga bo‘linadi. Odamni bolalik davri darajasida fanlar tomonidan o‘rganish doirasida bir-biri bilan bog‘liq ob’yektiv ravishda pedologiya degan nom mustahkamlangan. Јarishni va qarilikni birgalikda o‘rganadigan fanlar esa gerontologiya degan fanni tashkil etadi. Yetuklik darajasidagi katta odamni o‘rganish predmeti bo‘lgan fanni ko‘pincha akmeologiya deb ataladi.
Ushbu fan ilmiy bilimning tabiiy, ijtimoiy, gumanitar va texnikaviy sohalari to‘qnashuvida paydo bo‘ldi va vujudga keldi. Va u odamni maqsadga muvofiq ketma-ket intilib, dastlabki, o‘rta va keyingi yetukligida individ sifatida (murakkab tirik organizm sifatida), shaxs sifatida (bu holda voqelikni turli tomonlarga bo‘lgan munosabatlarni odam tomonidan o‘zlashtirishi nazarga olinadi) va faoliyat subyekti sifatidagi (asosan professional sifatida) odam sifatida yuzaga kelish fenomenologiyasini, qonuniyatlarini mexanizmlarini aniqlab beradi.
Shubhasiz odamni ko‘pincha fuqaro, umr yo‘ldoshi, ota-ona, ma’lum konkret sohani mutaxassisi sifatida yetilganligiga taqqoslab ko‘rilganda akmeologiya sohasi bo‘yicha ishlayotgan ba’zi bir olimlar katta yoshdagilik tushunchasini yetuklik tushunchasiga aynan qilib qo‘yadilar. Ammo bu tushunchalar aynan emas.
Akmeologiyada obyektiv va subyektiv omillarga katta e’tibor qaratiladi. Ular bir-birlari bilan o‘zaro harakatda bo‘lib, katta yoshdagi odamni akme darajasiga erishishiga imkoniyatlar yaratadi. «Akme» tushunchasi yangi ilmiy fanni eng asosiysi bo‘lib, quyidagi uni to‘g‘risida gap boradi. «Akme» termini boshida ko‘proq poyeziyaga oid ijodda nashrlarda qo‘llanilgan. Insonni ontogenezidagi rivojlanishi xususidagi fanni bir bo‘lagini nomini «Akme» termini bilan bog‘laydilar. Olimlar katta odamni rivojlanishini kompleks o‘rganadigan xuddi shu fanni akmeologiya deb atadilar. 
Ular ham sobit qadamlililik va qattiq turib yotilgan individni o‘z aloqalariga voqelik bilan boy shaxs va faol arbob, professional sifatida namoyon etadi deganlar inson ontogenezida keyingi bosqichlarida ko‘rinadigan va uni yetuklik bosqichigacha shakllanadigan katta odam o‘zini individual shaxsiy va subyektiv rivojiga ko‘tarilib boradigan cho‘qqini, ilmiy maktabning bu namoyondalari ko‘pincha kulminatsiya yoki optimum deb ataydilar.
Akademik B.GAnanyevni ilmiy maktabida odamni ontogenezida uni rivojlanish jarayonini barcha tashkillovchilarini yoritishda kompleks yondashuv qo‘llaniladi va shunga ko‘ra bir yosh darajasidan ikkinchisiga o‘tishda odamni ruhiyotida va ichki dunyosida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarini kuzatganda ushbu o‘zgarishlarni sabablarini chuqurroq tushuntirish uchun psixologiya faniga yaqin fanlar qo‘llanishga jalb etiladi. Odamni ham avvalgi yoshidagi darajasidagi mikro – akmesini egallashi davomida bo‘layotgan katta odamni o‘zini akmesiga yoki optimumiga harakati ham kuzatiladi. 
Akmeologiya tomonidan uning mohiyati tabiiy, ijtimoiy, gumanitar va texnikaviy fanlar bilan yaqin hamkorligida ochib beriladi. Hozirga kelib, yuqorida predmeti ochib berilgan umumiy akmeologiyadan tashqari har doim ko‘p tomonli aspektli xarakterga ega bo‘lgan odamni konkret faoliyat sohalarida professional shakllanish va rivojlanish masalalari munosabati bilan akmeologiyaning yangi boshqarish, pedagogik, harbiy, sport va boshqa tarmoqlari shakllanmoqda.
Yüklə 262,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin