o'tqazish, hosil bayramlari va boshqalar)ni ham o'z ichiga oladi. Ulardan maqsad —
sinfdan tashqari ishlarga iloji boricha ko'proq o'quvchilarni jalb etish, ularda
qatnashishga ishtiyoq va xohishni uyg'otish, bolalar faolligini yo'lga qo'yish, ularni
ijtimoiy-foydali ishlarga yo'naltirish, bolalarda tashkilotchilik qobihyatlarini
aniqlash va rivojlantirishdir. Ommaviy ishlar uzoq va puxta tayyorgarlikni talab
qiladi. U yoki bu tadbirni o'tkazish uchun oldindan uncha katta bo'lmagan
tashabbuskorlar guruhini tanlash va reja ishlab chiqish,topshiriqlarni hamma
qatnashchilarga taqsimlash kerak.
Guruhning har bir a’zosi o'z zimmasiga rejaning muayyan bo'limini bajarish
mas’uliyatini oladi. Chunonchi, “Bahor keldi” nomli bayram tadbiriga
tayyorlanishda o'quvchilardan biri bahor to'g'risida axborot beradi, boshqasi
— otaliqqa olingan sinf bilan badiiy havaskorlikni uyushtiradi, uchinchisi —
jrochilar uchun kiyim-kechak, to'rtinchisi — devoriy gazeta tayyorlaydi va hokazo.
Tadbirga tayyorlanish tabiat to'g'risidagi o‘z bilimlarini kuzatishlar yoki
kitoblarni o'qish yordamida to'ldirish zarurati bilan bog'liq bo'lishi lozim.
Chunonchi, bahor (ochiq kunlar, o'simliklarning uyg'onishi) to'g'risidagi
bayon (axborot)ni tayyorlash kuzatishlar va tabiatdagi bahorgi o'zgarishlar
to'g'risidagi adabiyot o'qish bilan bog'liqdir. Tadbir rejada belgilangan vaqtda barcha
o'quvchilarning faol ishtirokida o'tkazilishi kerak (Ota-onalar ham taklif qilinishi
mumkin).
Dostları ilə paylaş: