Mavzu: Amaliy ishlarni tayyorlashda o`qituvchi tomonidan olib boriladigan ishlari Reja


Individual sinfdan tashqari mashg`ulotlar



Yüklə 212,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix03.05.2023
ölçüsü212,74 Kb.
#106613
1   2   3   4   5   6   7
9 ma`ruza

Individual sinfdan tashqari mashg`ulotlar 
Har bir o’quvchi mayl va qobiliyatlarining rivojlanishiga yordam beradi. Bu 
ishda sinfdan tashqari o’qish katta ahamiyatga ega. Maktabda har bir sinf uchun 
sinfdan tashqari o’qish dasturi bor. O’quvchining nima o’qiyotgani va o’qigan 
narsalarini qanday idrok qilayotganini o’qituvchi bilishi juda muhim. Shuning uchun 
o’qituvchining sinfdan tashqari o’qishga rahbarligi eng yaxshi kitoblarni targ’ib 
qilish va o’quvchilarda o’qilgan darsliklarni to’g’ri, chuqur idrok etishni 
rivojlantirishdan iborat. Masalan, E.C.Tomsonning “Yovvoyi yo`rg`a” asarini uyda 
mustaqil o`qish bolada tabiatga, xususan, hayvonlar va o`simliklarga bo`lgan 
munosabatni yaqinlashtiradi. 
Individual topshiriqlarning turlari juda ko’p bo’lib, o’simliklar o’stirish, 
gullar, svzvotlar yetishtirish ham ana shunday topshiriqlar jumlasiga kiradi. 
Individual topshiriqlarda har bir o’quvchining imkoniyat va qiziqishlari hisobga 
olinsa, ular bolalarning qobiliyatlari, iste’dodlarini o’stirishga yordam beradi. 
O’qituvchi ta’lim jarayonida bolalarning madaniy ehtiyojlari va kamolot 
darajalarini aniqlash bilan shug’ullanadi. Ularga muvofiq tarzda ayrim o’qituvchilar, 
gruppa yoki butun sinf bilan olib boriladigan sinfdan tashqari ishlarni rejalashtirish.
Maktabdan tashqari mussasa bolalar kutubxonasining ishi diqqatga sazovor. 
Bolalar kutubxonalari maktablarning I-VIII sinflari o’quvchilariga, shuningdek, 
maktabgacha tarbiya yoshidagi kitob o’qiy oladigan bolalarga xizmat ko’rsatadi. 
Kutubxonaning butun ishi bolalarga yaxshi tarbiya berishga, fan asoslarini 
o’rganishda o’quvchilarga yordamlashishga, bolalarda o’qish madaniyatini 
tarbiyalashga, mustaqil ravishda bilim olish malakalarini hosil qilish va 
mustahkamlashga qaratilgan.
Guruhli va ommaviy sinfdan tashqari mashg`ulotlar 
Ertaliklar, maktab kechalari, bolalar bayramlari, ko’riklar, quvnoqlar va 
topqirlar to’garagi, sayr, maktab muzeylari, bolalar ishlarining ko’rgazmalari va 
hokazolar. To’garak ishlari: maktabdagi har bir to’garak o’zining doimiy ish kunlari 
va soatlarig ega bo’lishi lozim. To’garakda qat’iy intizom bo’lishi: to’garak a’zolari 
mashg’ulotlariga kechikmasdan kelishlari, to’garak topshiriqlarini batartib 
bajarishlari, to’garakning moddiy boyliklarini ehtiyot qilishlari kerak. Botanika 
bo'yicha sinfdan tashqai ommaviy ishlar ekskursiyalar, tanlovlar, diapozitiv va kino 
filmlami ko'rsatish bilan birga tematik kechalar, har xil tadbirlar (gullar, daraxtlar 


o'tqazish, hosil bayramlari va boshqalar)ni ham o'z ichiga oladi. Ulardan maqsad — 
sinfdan tashqari ishlarga iloji boricha ko'proq o'quvchilarni jalb etish, ularda 
qatnashishga ishtiyoq va xohishni uyg'otish, bolalar faolligini yo'lga qo'yish, ularni 
ijtimoiy-foydali ishlarga yo'naltirish, bolalarda tashkilotchilik qobihyatlarini 
aniqlash va rivojlantirishdir. Ommaviy ishlar uzoq va puxta tayyorgarlikni talab 
qiladi. U yoki bu tadbirni o'tkazish uchun oldindan uncha katta bo'lmagan 
tashabbuskorlar guruhini tanlash va reja ishlab chiqish,topshiriqlarni hamma 
qatnashchilarga taqsimlash kerak.
Guruhning har bir a’zosi o'z zimmasiga rejaning muayyan bo'limini bajarish 
mas’uliyatini oladi. Chunonchi, “Bahor keldi” nomli bayram tadbiriga 
tayyorlanishda o'quvchilardan biri bahor to'g'risida axborot beradi, boshqasi 
— otaliqqa olingan sinf bilan badiiy havaskorlikni uyushtiradi, uchinchisi —
jrochilar uchun kiyim-kechak, to'rtinchisi — devoriy gazeta tayyorlaydi va hokazo. 
Tadbirga tayyorlanish tabiat to'g'risidagi o‘z bilimlarini kuzatishlar yoki 
kitoblarni o'qish yordamida to'ldirish zarurati bilan bog'liq bo'lishi lozim. 
Chunonchi, bahor (ochiq kunlar, o'simliklarning uyg'onishi) to'g'risidagi 
bayon (axborot)ni tayyorlash kuzatishlar va tabiatdagi bahorgi o'zgarishlar 
to'g'risidagi adabiyot o'qish bilan bog'liqdir. Tadbir rejada belgilangan vaqtda barcha 
o'quvchilarning faol ishtirokida o'tkazilishi kerak (Ota-onalar ham taklif qilinishi 
mumkin). 

Yüklə 212,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin