Mavzu: Amaliy ishlarni tayyorlashda o`qituvchi tomonidan olib boriladigan ishlari Reja


Tirik tabiat burchagining tarbiyaviy ahamiyati



Yüklə 212,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix03.05.2023
ölçüsü212,74 Kb.
#106613
1   2   3   4   5   6   7
9 ma`ruza

Tirik tabiat burchagining tarbiyaviy ahamiyati. 
Biologiya o`qitishning moddiy bazasini asosiy qismini tirik tt burchagi tashkil etadi. 
Tirik tt burchagi – faqat o`simlik va hayvonlarni saqlash ular ustida tajribalar 
qo`yish, sinfdan tashqari ishlarni bajarish joyi hamdir. Unda o`quvchilarning 
biologiyaga bo`lgan qiziqishlari, bilim doirasini kengaytirish uchun boy 
imkoniyatlar bor. Tirik tabiat burchagi dastlab, o`quvchilar kuchi bilan biologiya 
kabinetida, sinf derazalarida tashkil etiladi. O’quvchilar uylaridan xona o`simliklari 
yoki ularning qalamchalari, ekskursiyalardan – hayvonlar va yovvoyi o`simliklarni 
olib keladilar. Natijada tirik tabiat burchagi juda tezlik bilan kengaya boradi va 
maxsus xona talab etadi. Uni tashkil etish, tirik organizmlarni saqlash va 
joylashtirish biologik talablarga to`la mos bo`lishi kerak. ¡simlik va hayvonlar 
biotsenozlar bo`yicha guruhlar ajratiladi. Akvariumlarda baliqlar, molyuskalar, 
triton va suv muhitiga moslashgan o`simliklar, terrariumlarda nam joyda o`sadigan 
o`simliklar (qirqquloq, qirqbo`g‘in,yo`sin) va baqa kaltakesaklar, qafaslarda turli 
hayvonlar va o`simlik shoxlari bo`ladi.
Burchakdagi o`simlik va hayvonlarni sistemali qulay va chiroyli qilib joylashtirish 
muhimdir. Saqlanayotgan tirik organizmlar agro va zootexnika qoidalariga rioya 
qilgan holda saqlash zarur. Har-bir obekt oldida etiketka va pasporti bo`lsin bu ular 
bilan yaxshi tanishishga imkon beradi.
Tirik tabiat burchagida o`simlik va 
hayvonlarni parvarishlash bo`yicha mehnat madaniyati tarbiyalanadi; maktab 
boyligini ehtiyotkorlik munosabati tarbiyalanadi. Estetik tarbiya uchun ham katta 
imkoniyatlar bor: o`simlik akvariumlarni, qafaslarni qanday chiroyli qilib, o`zaro 
bog‘liqlikda joylashtirishga o`rgatadi.
Tirik tabiat burchagining o`simliklari.Tirik tabiat burchagida butun o`quv yili 
Davomida quyidagi o`simliklar saqlanadi. Xona o`simliklari. Yovvoyi o`t urug‘li 


va sporali o`simliklar. Vegetativ usulda ko`payadigan madaniy va yovvoyi 
o`simliklar. Daraxt va butalarning shoxlari.Xona o`simliklari tirik burchakning 
asosiy qismini tashkil etadi. Burchakdagi o`simliklarga birgina emas, balki bir necha 
tajribalar qo`yish imkonini beradigan vakillarini olingani ma’qul. Besh-o`nta 
shunday o`simliklar ko`p joy egallamagan holda botanika va umumiy biologiya 
kurslaridan mashg‘ulotlarini material bilan ta’minlaydi. Bularga quyidagi xona 
o`simliklari: kaktus geran, tradeskansiya, begoniya, kolonxoe, elodeyalar kiradi.
Xona o`simliklaridan turli xil tajribalarda foydalanish mumkinligini quyidagi 
misolda ishonch hosil qilish mumkin. Tradeskansiya o`simligini quyidagi 
maqsadda: changdon inchalari va chang donachalaridan preparat tayyorlash; 
sitoplazmaning 
harakatlanishi; 
qo`shimcha 
ildizlarni 
paydo 
bo`lishi; 
qalamchalarning tez ildiz olish; parxishlash, payvandlash; quruqlik o`simliklarining 
suv o`simligiga aylanish kabi maqsadlar uchun foydalanish mumkin. Tirik 
burchakda biologik xususiyatlarini o`rganish uzoq vaqt diqqat bilan kuzatishlar olib 
borishini va tajribalar qo`yishni talab qiluvchi yovvoyi o`simliklar ham bo`lishi 
zarur. Bunday o`simliklarni ekskursiya vaqtida tuprog‘i bilan kovlab olinib, 
kichikroq gultuvaklarga o`tqaziladi. 
Tirik burchakdagi har bir o`simlikning yorug‘likka, issiqlikka va namlikka bo`lgan 
munosabatini hisobga olgan holda joylashtiriladi.So`ngra ekologik guruhlar tashkil 
qiladilar va ularni tirik burchakda muayyan sistemada taqsimlaydilar. Masalan: 
quruqlikda o`sadigan o`simliklar kserofitlarga kaktus, aloe, agava. 
Hayvon va o’simliklarni tabiat burchagiga joylashtirishda, birinchinavbatda, 
ularning biologik xususiyatlari hamda ehtiyojlariga e’tibor berishlozim. Masalan, 
ba’zi xona o’simliklari (chiroqgul, kaktus va boshqalar) quyoshnurini ko’proq 
bo’lishini talab qiladi, shuning uchun ularni eng yorug’ joygaqo’yish lozim, ba’zilari 
esa (masalan, uzambarg gunafshasi) tik tushib turuvchiquyosh nuriga bardosh bera 
olmaydi. Shu bilan birga jonli tabiat burchagiko’zni quvontirishi, bezashi lozim. 
Bunda, obyektlarni shunday joylashtirish kerakki, bolalar ularning yoniga bemalol 
kela olishlari, kuzata olishlari va undamehnat qila olishlari mumkin bo’lsin. 
Nam joyda o`sadigan gigrofitlarga – tradeskansiya, begoniya, qirkquloq, 
qirqbo`g‘in, yo`sin. Namligi o`rtacha bo`lgan joyda o`sadigan o`simliklar fikus, 
limon, yovvoyi o`simliklar yertut, primula. Tirik burchakdagi o`simliklarni 
geografik guruhlarga taqsimlash mumkin. Tropik o`simliklar: kaktus, agava, aloe, 
begoniya tradeskansiya, fikus. Subtropik o`simliklar: limon, apelsin, tolgul. 
Mo`tadil mintaqa o`simliklari: primula, pechakgul. Mahalliy o`simliklar: yovvoyi 
va madaniylari.

Yüklə 212,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin