jihozlari qatoriga kiritilishi, yorug‘sevar va issiqsevar o`simlik ustida turli tajribalar
o`tkazishga imkon beradi. Havo namligini saqlash uchun o`simliklarga
pulverizatorda suv purkaladi. Namlik kamerasi uchun
terrariumdan foydalanish
mumkin. Buning uchun terrarium ostiga qum solinadi va gul tuvakchalar past –
baland qilib qo`yiladi. Ularga namda o`sadigan o`simliklar mox va boshqalar
o`tkaziladi. O’rtaga suv yig‘iladigan chuqurcha qilinadi
yoki suvli vannacha
qo`yiladi. Qalamchalar uchun to`rtta oynak qo`yilgan, tuproq yoki qum bilan
to`ldirilgan va burchaklari yopishtirilgan shisha yashikcha tarzida namlik kamerasi
yoki parnikcha yasash mumkin. Zamburug‘, bakteriyalar kolloniyasini o`stirish
bo`yicha qator tajribalar uchun qorong‘ulik kamerasi kerak.
Bu kameraning ichi
qora rangga, tashqi tomoni esa xona mebellari rangida bo`ladi. Gidrofitlarni
akvarium yoki bankalarga joylashtiriladi. Buning uchun banka
ostiga bir oz tuprok,
2 sm qalinlikda torf qum solinadi. Tirik tabiat burchagida har –xil hayvonlarni
saqlash
uchun akvarium, terrarium, volera va qafaslar zarur.
suv havzalarida
yashovchi hayvonlar ustida kuzatish olib borish uchun maktabda akvariumlar va
tiniq shishali bankalar bo`lishi zarur. Terrariumlarni
suvda ham quruqda ham
yashovchilarni, sudralib yuruvchilarni ekalogiyasini hisobga olgan holda saqlash
uchun o`rnatiladi. Qushlar va sut emizuvchilarni saqlash uchun har-xil kattalikdagi
qafaslar bo`lishi kerak. Shunday qilib tirik tabiat burchagining
tarkibi va undagi
ishlarning mazmuni barcha biologik kurslar bo`yicha ta’lim – tarbiya ehtiyojlari
bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: