Sodda hayvonlardan tufelkaning kulturasi, dars va darsdan
tashqari ishlar uchun
doim tirik burchakda bo`lishi kerak, buning uchun bir oz somon yoki pomidorning
quritilgan bargi bo`lishi kerak. Sentabr oylaridan boshlab akvariumda gidra, akam-
tukam va boshqa chig‘anoqli shilliqurtlarni tayyorlab qo`yiladi. Maxsus yashiklarda
yomg‘ir chuvalchangini saqlash mumkin. Yashik navbat bilan qatlam – qatlam qilib
to`kilgan barglar, poliz tuprog‘i bilan to`ldiriladi va unga 50 tacha chuvalchang
joylashtiriladi. Uni salqin joyda saqlash kerak. Mayda sut emizuvchilar, suvda ham
quruqlikda yashovchilar ham sudralib yuruvchilar terrariumlarda saqlanadi.
Terrarium o`tloq, cho`l va boshqalar shaklida bezatiladi. Botqoqlik hosil qilish
uchun temir yoki plastmassa vannacha qo`yiladi. Olmaxon, to`ti va boshqa sayroqi
qushlar maxsus kataklarda boqiladi. Tirik tabiat burchagi uchun ajratilgan xonada
har-xil
hayvonlarni, masalan: akvarium va mahalliy baliq turlari, suvda ham
quruqlikda yashovchilarni,
sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilarni
boqish mumkin. Maktabning o`quv tajriba uchastkasida tovuq, nutriya, norka, quyon
kabi hayvonlarni boqish tavsiya etiladi. Agar tirik tabiat burchak uchun ajratilgan
xona kichik bo`lsa yoki torlik qilsa, unda bir muncha yirik qushlar va hayvonlarni
saqlash mumkin. Dars vaqtida o`quvchilarning fikrlarini bo`lmaydigan boshqa
obektlarni bevosita biologiya xonasiga joylashtirish mumkin. Turli tovush, qo`lansa
hid chiqaradigan hayvonlar alohida kichik xonada saqlanadi.
Tirik tabiat
burchagidagi hayvonlarning ko`plari ustida zoologiya, odam va uning salomatligi,
umumiy biologiya bo`yicha zarur tajribalar qo`yilishi mumkin. Masalan; “moddalar
almashinuvi” mavzusiga oid V va S avitaminozlar hosil qilish bo`yicha,
quyonlarning og‘irligi oziq sifatining ta’siri, tuproq rangining baqa tanasining
rangiga ta’sirini, it baliqdagi metamorfozni o`rganish mumkin. Tirik tabiat burchagi
yosh tabiatshunoslarning ish joyi hamdir. Bu yerda yosh tabiatshunoslar kuzatuv
ishlarini
olib borib, uni natijalarini yozadilar, hayvonlar uchun oziq
tayyorlaydilar,turli moslama yasaydilar va ta’mirlaydilar.
Tirik tabiat burchaklaridagi har bir hayvonning nomi yozilgan etiketkasi,
parvarishlash qoidasi va oziqlantirish normasi hamda tajriba o`tkazayotgangan
o`quvchining familiyasi ko`rsatilgan bo`lishi kerak.
Hayvonlar burchakda tip va
sinflar bo`yicha guruxlarga ajratiladi, lekin guruhlashtirish yashash muhiti bo`yicha
va ularning tegishli o`simlik bilan birga bo`lishi mumkin.
Tabiat burchagida yashovchilarni doimiy va vaqtincha yashovchilargaajratish
mumkin. Doimiy yashovchilarga xona gullari, qafasdagi qushlar,akvariumdagi
baliqlar, katta guruhlarda esa hayvonlar kiradi. Vaqtincha
yashovchilarga qisqa
muddatga olib kiriladigan mahalliy o’lka o’simligi, hayvonlar,dastlabki bahorgi
gullar, kuzda qiyg’os gullaydigan gulxonadagi dekorativo’simliklar, xonadagi
manzarali o’simliklar, hasharotlar va shu kabilar kiradi.
Dostları ilə paylaş: