Mavzu: Amaliy ishlarni tayyorlashda o`qituvchi tomonidan olib boriladigan ishlari Reja


Tirik tabiat burchagini jihozlash



Yüklə 212,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix03.05.2023
ölçüsü212,74 Kb.
#106613
1   2   3   4   5   6   7
9 ma`ruza

Tirik tabiat burchagini jihozlash. Tirik burchakni tashkil etishda ba’zi bir zarur 
jihozlarni ham nazarda tutish lozim. Birinchi galda o`simliklarni qo`shimcha 
yorug‘lik ta’sirida o`tkaziladigan tajribalarni ta’minlash kerak. Buning uchun 
burchak qo`shimcha yorug‘lik manbalari bilan ta’minlanishi kerak. Agar tirik 
burchakda harorat past bo`lsa, unda yorug‘lik kamerasi bo`lishi kerak. Bu yetarli 
darajada yorug‘lik berishi, haroratni ko`tarish yoki pasaytirishga imkon berishi, shu 
haroratni saqlab turishi kerak. Qish o`rtasida yorug‘lik kamerasini tirik burchak 


jihozlari qatoriga kiritilishi, yorug‘sevar va issiqsevar o`simlik ustida turli tajribalar 
o`tkazishga imkon beradi. Havo namligini saqlash uchun o`simliklarga 
pulverizatorda suv purkaladi. Namlik kamerasi uchun terrariumdan foydalanish 
mumkin. Buning uchun terrarium ostiga qum solinadi va gul tuvakchalar past – 
baland qilib qo`yiladi. Ularga namda o`sadigan o`simliklar mox va boshqalar 
o`tkaziladi. O’rtaga suv yig‘iladigan chuqurcha qilinadi yoki suvli vannacha 
qo`yiladi. Qalamchalar uchun to`rtta oynak qo`yilgan, tuproq yoki qum bilan 
to`ldirilgan va burchaklari yopishtirilgan shisha yashikcha tarzida namlik kamerasi 
yoki parnikcha yasash mumkin. Zamburug‘, bakteriyalar kolloniyasini o`stirish 
bo`yicha qator tajribalar uchun qorong‘ulik kamerasi kerak. Bu kameraning ichi 
qora rangga, tashqi tomoni esa xona mebellari rangida bo`ladi. Gidrofitlarni 
akvarium yoki bankalarga joylashtiriladi. Buning uchun banka ostiga bir oz tuprok
2 sm qalinlikda torf qum solinadi. Tirik tabiat burchagida har –xil hayvonlarni 
saqlash uchun akvarium, terrarium, volera va qafaslar zarur. suv havzalarida 
yashovchi hayvonlar ustida kuzatish olib borish uchun maktabda akvariumlar va 
tiniq shishali bankalar bo`lishi zarur. Terrariumlarni suvda ham quruqda ham 
yashovchilarni, sudralib yuruvchilarni ekalogiyasini hisobga olgan holda saqlash 
uchun o`rnatiladi. Qushlar va sut emizuvchilarni saqlash uchun har-xil kattalikdagi 
qafaslar bo`lishi kerak. Shunday qilib tirik tabiat burchagining tarkibi va undagi 
ishlarning mazmuni barcha biologik kurslar bo`yicha ta’lim – tarbiya ehtiyojlari 
bilan belgilanadi.

Yüklə 212,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin