Mavzu: Amir Temur buyuk davlat arbobi



Yüklə 20,44 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix07.01.2024
ölçüsü20,44 Kb.
#208323
amir temur



Mavzu: Amir Temur buyuk davlat arbobi 
Amir Temur (toʻliq ismi Amir Temur ibn Amir Taragʻay ibn Amir Barqul) 1336-
yil, 9-aprel, Kesh (hozirgi Shahrisabz) yaqinidagi Xoja Ilgʻor qishlogʻi - oʻrta 
asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat 
asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi. Amir Temurning onasi Takina xotun 
buxorolik. Otasi Amir Taragʻoy esa barlos urugʻining oqsoqollaridan hamda 
Chigʻatoy ulusining eʼtiborli beklaridan hisoblangan. Amir Temurning yoshligi 
Keshda kechdi. Yetti yoshga toʻlgach, otasi uni oʻqishga berdi. Amir Temur 
yoshlik chogʻlaridanoq maxsus murabbiylar nazorati ostida chavandozlik, ovchilik, 
kamondan nishonga oʻq uzish, boshqa turli mashq va harbiy oʻyinlar bilan 
mashgʻul boʻlgan. Shu asnoda Amir Temur tulporlarni saralab ajrata oladigan 
mohir chavandoz va dovyurak bahodir boʻlib voyaga yetgan. Amir Temur tabiatan 
ogʻir, bosiq, teran fikrli va idrokli hamda nihoyatda ziyrak, kishilardagi qobiliyat, 
fazilat, ayniqsa, samimiyatni tezda fahmlab oladigan inson boʻlgan. Shu tufayli 
oʻspirinlik chogʻlaridayoq atrofiga tengqurlari orasidan sadoqatli doʻstlarni jalb 
qila olgan. Uning atrofiga bolalikdagi doʻstlari va maktabdoshlari (Abbos bahodur, 
Jahonshohbek, Qimori inoq, Sulaymonshohbek, Idiku Temur, Sayfuddinbek, 
Hindushoh, Qarqara va boshqalar) toʻplanishib, birgalikda mashq qilar, 


musobaqalarda ishtirok etishar, astasekin navkar boʻlishib va harbiy guruhga 
birlashib, harbiy boʻlinma sifatida shakllana borgan. Keyinchalik ular Amir Temur 
qoʻshinida lashkarboshilik darajasigacha koʻtarilganlar. Amir Temur oʻzining ilk 
harbiy faoliyatini qoʻl ostidagi navkarlari bilan ayrim viloyat amirlariga xizmat 
qilishdan boshlagan; ularning oʻzaro kurashlarida qatnashib, jasorat koʻrsatgan, 
janglarda chiniqqan, harbiy mahoratini oshirgan. Dongʻi butun Qashqadaryo 
vohasiga yoyilgan. Amir Temurning aqlu zakovati, shijoati va shuhrati uni 
Movarounnahrning nufuzli amirlaridan amir Xizr Yasovuriy va amir Qazagʻon 
bilan yaqinlashtirdi. Xondamirning yozishicha, otasi amir Taragʻoy Amir Temurni 
avval (1355) amir Joku barlosning qizi Nurmushk ogʻoga, soʻngra oʻsha yili 
(1355) Qazagʻonning nabirasi va amir Husaynning singlisi Oʻljoy Turkon og'oga 
uylantiradi. Keyingi nikoh tuayli Amir Temur bilan Balx hokimi amir Husayn 
oʻrtasida ittifoq yuzaga kelib, ular birgalikda moʻgʻullarga qarshi kurashadilar. 
Amir Temurning Movarounnahrni birlashtirish yoʻlidagi harakati 14-asrning 60-
yillari boshlaridan boshlandi. 14-asr ning 50-yillari oxirida Movarounnahrda 
amirlarning oʻzaro kurashi kuchayib, amir Qazagʻon oʻddirildi. Mamlakatda 
siyosiy parokandalik avjiga chiqib, ogʻir tanglik sodir boʻldi. Xondamirning 
"Habib ussiyar" kitobida keltirilgan maʼlumotlarga qaraganda, ulus oʻnga yaqin 
mustaqil bekliklarga boʻlinib ketgan. Samarqand viloyatida amir Bayon sulduz, 
Keshda amir Hoji barlos, Xoʻjandda amir Boyazid jaloir, Balxda Uljoy Bugʻa 
sulduz, Shibirgʻonda Muhammad I Xoja Aperdi nayman, Koʻhistonda Badaxshon 
shohi amir Sotilmish, Xuttalonda Kayxusrav, Hisori Shodmon hududida amir 
Husayn va amir Xizr Yasovuriylar oʻzlarini hokimi mutlaq deb eʼlon qiladilar. Bu 
davrda Chigʻatoy ulusining sharqiy qismi - Yettisuv va Sharqiy Turkistonda 
hukmronlik qilayotgan moʻgʻul xonlari Movarounnahrdagi ogʻir siyosiy 
vaziyatdan foydalanib, bu yerda oʻz hokimiyatini oʻrnatishga harakat kiladilar. Jeta 
xonlaridan Tugʻluq Temur va uning vorisi Ilyosxoja 1360-61 va 1365 y. larda 
Movarounnahrga bir necha bor bostirib kiradilar. Moʻgʻul xonlarining boskinchilik 
yurishlari va zulmiga karshi xalq harakati boshlanadi. Biroq, Movarounnahr 
amirlari xalqqa bosh boʻlib, moʻgʻul bosqinchilariga qarshi kurashga jurʼat eta 


olmaydilar. Ularning bir qismi dushman tarafiga oʻtadi, ikkinchi qismi esa el-
yurtni tark etib, oʻzga mamlakatlardan boshpana izlaydilar. Amir Temurning 
amakisi, Kesh viloyatining hukmdori amir Hoji barlos Xurosonga qochadi. Mana 
shunday ogʻir pallada siyosat maydoniga Amir Temur kiradi. Moʻgʻullarga qarshi 
turish uchun kuchlar nisbati teng emasligini hisobga olgan 24 yoshli Amir Temur 
1360 yilning boshida Tugʻluq Temur tomonidan Keshga yuborilgan beklar bilan 
kelishadi. Sharoit taqozosi bilan xon xizmatiga oʻtib, uning yorligʻi bilan oʻz 
viloyatining dorugʻasn etib tayin qilinadi. Shubhasiz, bu noilojliqdan qoʻyilgan 
siyosiy hamda strategik qadam boʻlib, bu bilan Amir Temur moʻgʻullarning 
navbatdagi talontarojining oddini olgan, mamlakat va xalqni falokatdan qutqargan 
edi. Biroq, Movarounnaxrning hukmdori etib tayin qilingan Ilyosxoja va uning 
lashkarboshisi amir Bekkichik bilan Amir Temurning murosasi kelishmay qoladi. 
Shu sababdan 1361 yilning oxirida u mamlakatni tark etishga majbur boʻladi. 
Xivaning janubida, Urganjiy dashtida Amir Temur Tugʻluq Temurning yana bir 
raqibi - qaynogʻasi amir Husayn bilan uchrashadi. Amir Temur moʻgʻullar bilan 
kurashish maqsadida u bilan birlashib, ikkovlon kuch toʻplashga kirishadi. Dastlab 
ular Tugʻluq Temurxonning farmoniga binoan Amir Temurni taʼqib qilishga 
kirishgan Xiva dorugʻasi Toʻqol (Tavakkal) bilan jang qiladilar. Soʻngra 1362 
yilning kuzida Seistonda viloyat hukmdori Malik Qutbiddinning tarafida turib 
mekroniylar bilan boʻlgan toʻqnashuvda Amir Temur oʻng kifti va oʻng oyogʻidan 
jarohatlandi. Amir Temur va amir Husayn keyingi ikki yil davomida Ilyosxoja 
boshliq Jeta lashkari bilan bir necha marta jang qiladilar. Nihoyat, 1364 y. oxirida 
ular moʻgʻul qoʻshinlarini Movarounnahr hududidan quvib chiqarishga muvaffaq 
boʻladilar. Biroq, Movarounnahrni qoʻldan chiqarishni istamagan Ilyosxoja 1365 y. 
ning bahorida yana Turkiston ustiga qoʻshin tortadi. Toshkent bilan Chinoz 
oraligʻida ikki oʻrtada sodir boʻlgan jang tarixda "Loy jangi" nomi bilan shuhrat 
topadi. Jangda amir Husaynning xiyonati oqibatida magʻlubiyatga uchraydilar va 
oʻz qoʻshinlari bilan Amudaryo boʻylariga chekinib, Balx viloyatida oʻrnashdilar. 
Ilyosxoja esa hech qanday qarshilikka uchramay Xoʻjand, Jizzax va boshqa bir 
qancha shahar hamda qishloklarni egallab, Samarqand ustiga yuradi. Samarqand 


oʻsha paytlarda katta qoʻshinga qarshilik koʻrsata olmasdi. Shaharning na devori va 
na mustahkam istehkomlari, na qurollangan sipohiysi bor edi. Bek va amirlar 
shaharni tark etgan edi, lekin moʻgʻullarga qarshi xalq koʻtariladi, sarbadorlar 
shahar mudofaasini oʻz qoʻllariga oladilar. Shahar mudofaachilariga Madrasa tolibi 
ilmlaridan Mavlonozoda Samarqandiy, jun (paxta) tituvchilar mahallasining 
oqsoqoli Abu Bakr Kuluyi (Kalaviy) Naddof va mergan mavlono Xurdaki 
Buxoriylar boshchilik qiladilar. Sarbadorlar Samarqand shahrida moʻgʻullarga 
qaqshatqich zarba beradilar. Ilyosxoja dastlab Samarqandni, soʻngra butun 
Movarounnahrni tashlab chiqib ketishga majbur boʻladi. Sarbadorlarning 
moʻgʻullar ustidan qozongan gʻalabasi haqidagi xabar amir Husayn bilan Amir 
Temurga ham borib yetgan. Amir Temur qishni Qarshida, Husayn esa Amudaryo 
boʻyida oʻtkazib, 1366 y. bahorida Samarqandga yoʻl oldilar. Ular Konigita toʻxtab 
sarbadorlarning dushman ustidan qozongan gʻalabalaridan mamnun 
boʻlganliklarini va ular bilan uchrashmoqchi ekanliklarini bildiradilar. Biroq, 
sarbadorlarning boshliqlari amirlar huzuriga kelganlarida amir Husayn buyrugʻi 
bilan Abu Bakr Kuluyi (Kalaviy) Naddof bilan mavlono Xurdak Buxoriylar dorga 
tortiladi. Mavlonozodani esa Amir Temur. oʻz himoyasiga olib kutqarib qoladi. 
Shu tariqa sarbadorlar boshliqsiz qoldirilib, Movarounnahrda amir Husaynning 
hukmronligi oʻrnatiladi, ammo koʻp vaqt oʻtmay Husayn bilan Amir Temur 
oʻrtasidagi munosabat keskinlashib, ochiqdan-ochiq nizoga aylanadi. Amir 
Temurning nufuzi ortib borayotganligidan xavfsiragan amir Husayn Balxga qaytib, 
uning qalʼa devorlari va istehkomlarini mustahkamlashga kirishadi. Balx, Qunduz 
va Badaxshondan koʻp sonli lashkar ham toʻplaydi. Kesh va Qarshi viloyatlariga 
bosh boʻlgan Amir Temur ham amir Husaynga qarshi hal qiluvchi jangga hozirlik 
koʻradi. 1366 — 70 yillar oʻrtasida bir necha bor toʻqnashuvlar boʻlib oʻtadi. 

Yüklə 20,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin