Diskret sxemotexnikaga elektr sxemalar uchun sxemotexnik yechimlar soddaligi va qimmat aktiv elementlarni minimal ishlatish, ajratuvchi kondensator, transformator va boshqalardan keng foydalanish xosdir.
Integral sxemotexnikada barcha elementlar yagona kristall-da shakllantirilgani sababli, ularning qiymati elementlar narxi bilan emas, balki kristall narxi bilan belgilanadi. Shuning uchun kristallda iloji boricha ko‘proq elementlarni joylashtirish maqsadga muvofiq. Kristalldagi aktiv elementlar – tranzistorlar, diodlar minimal yuzaga, passiv elementlar esa, maksimal yuzaga ega. Shuning uchun ISlarda rezistorlar soni minimal bo‘lishiga intilinadi, katta yuzani egallovchi kondensatorlar qo‘llanilmay, ularni o‘rniga kaskadlarni muvofiqlashtiriruvchi kaskadlardan foydalniladi.
Umumiy ma’lumotlar.Signal manbai quvvati yetarli bo‘lmaganda yuklama RYu deb ataluvchi bajaruvchi qurilma normal ishlashi uchun kuchaytirgich qurilmalardan foydalanish zarurati tug‘iladi. Akustik tizimlar, elektron-nur trubkalar, keyingi kuchaytirgich kaskadning kirishi va boshqalar yuklama bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Kirish signali manbai yoki datchik turli noelektr kattaliklarni elektr signalga birlamchi o‘zgartiradi. Mikrofon, detektor, fotoqabulqilgich, avvalgi kuchaytirgich qurilma chiqishi va boshqalar kirish signallari manbai bo‘lib xizmat qiladi. Yuklamada hosil qilinishi zarur quvvat yordamchi kuchlanish manbaidan (to‘g‘rilagich, akkumulyator, batareya) olinadi. Energiyani kuchlanish manbaidan yuklamaga uzatishda kuchaytirgich qurilma yoki kuchaytirgich «vositachi lik» qiladi.
O‘zgarmas tok kuchaytirgich kirish signalini nolinchi chastotadan yuqori chegaraviy chastotagacha bo‘lgan diapazonda kuchaytiradi (0 ≤ f ≤ fYu).
O‘zgaruvchan tok kuchaytirgichlar quyidagi guruhlarga ajratiladi:
- past chastota kuchaytirgichlar (PChK) – kuchaytiriladigan chastotalar diapazoni birlarcha gersdan yuzlarcha kilogersgacha;
- yuqori chastota kuchaytirgichlar (YuChK) – kuchaytiri-ladigan chastotalar diapazoni yuzlarcha kilogersdan megagersgacha;
- keng polosali kuchaytirgichlar – kuchaytirish diapazoni o‘nlarcha gersdan yuzlarcha megagersgacha;
- tanlovchi (rezonans) kuchaytirgichlar juda tor chastotalar diapazonida kuchaytiradi.
Bitta kaskadning kuchaytirish koeffitsiyenti odatda 30 dBdan oshmaydi. Kuchaytirishni kattalashtirish uchun ko‘p kaskadli kuchaytirgichdan foydalaniladi. U ketma-ket ulangan bir necha kaskaddan tashkil topgan bo‘ladi.
Bitta kaskadning kuchaytirish koeffitsiyenti odatda 30 dBdan oshmaydi. Kuchaytirishni kattalashtirish uchun ko‘p kaskadli kuchaytirgichdan foydalaniladi. U ketma-ket ulangan bir necha kaskaddan tashkil topgan bo‘ladi.
Kaskadlarni raqamlash kirishdan boshlanadi. Birinchi kaskad kirish kaskadi bo‘lib, u kuchaytirgichni kirish signali manbai bilan muvofiqlashtiradi. Kirish signalini minimal so‘ndirish uchun u katta kirish qarshilikka ega bo‘lmog‘i lozim. Oraliq kaskad kirish kaskadiga yuklama bo‘lib, kirish kaskadini chiqish kaskadi bilan muvofiqlashtirish uchun xizmat qiladi. Chiqish kaskadi aksariyat hollarda quvvat kuchaytirgichni tashkil etadi.