6-
amaliy mashg’ulot
Mavzu:
Analog modulyatsiya, raqamli kodlash va analog signallarni diskret
modulyatsiyalash.
Ishdan maqsad:
Analog modulyatsiya, raqamli kodlash va analog signallarni
diskret modulyatsiyalash
haqida tushunchalarga ega bo’lish.
Kerakli jihozlar: Kompyuter, Cisco Packet Tracer.
Uzluksiz signalning vaqt bo’yicha diskretizatsiyasida (1.1
-rasm) signalning
xamma qiymatlari emas, balki uning diskretizatsiya davri Td deb ataladigan mahlum
vaqt oralig’
idagi amplituda qiymatlari uzatiladi. Mahlum diskretizatsiya davri
tanlanganda, diskret vaqt qiymatlarida uzatilayotgan uzluksiz signal amalda
buzilmasdan to’g’rilanishi mumkin. Xosil bo’lgan signal vaqt bo’yicha diskret
bo’lib, amplituda bo’yicha esa uzlu
ksiz, chunki uzluksiz signalning dinamik
diapazoni chegarasida uning amplituda bo’yicha vaqt qiymatlari bir
-birlariga juda
yaqin bo’lishi mumkin.
Uzluksiz signalning amplituda bo’yicha diskretizatsiyasida (1.2
-rasm) uning
faqat oldindan tanlangan amplituda qiymatlari beriladi, ular bir-birlaridan mahlum
o’zgarmas qiymat bilan farqlanadi, u satx bo’yicha kvantlash qadami deb ataladi va
A bilan belgilanadi. Amplituda bo’yicha kvantlangan signal berilgan uzluksiz
signaldan farq qiladi, bu esa boshlang’ich va satx bo’yicha kvantlangan signallar
orasidagi ayirma bilan aniqlanadigan kvantlash xatoligiga olib keladi.
Vaqt va amplituda bo’yicha diskret bo’lgan signalda (1.3
-
rasm) vaqt bo’yicha
diskret bo’lgan signalni satx bo’yicha kvantlash orqali olish mumkin.
Olingan
signalning amplituda qiymatlari diskret xisobotning xaqiqiy qiymatlaridan farq
qiladi, bu esa satx bo’yicha kvantlash xatoligiga olib keladi.
Vaqt va amplituda bo’yicha diskret bo’lgan raqamli signalda (1.4
- rasmda)
amplituda bo’yicha kvantlash sat
xining xar biriga uning raqami beriladi, uning
qiymati esa o’nlik sistemasidan ikkilik sistemasiga aylantiriladi. Shuning uchun
signalning o’lchamlarini amplitudasi bilan bermasdan ikkilik sistemasida
ifodalangan tegishli kvantlash satxida raqamlangan gurux impulslarini, yahni
raqamli signalni uzatish mumkin. U impulslar ketma-ketligini tashkil qiladi, yahni
impuls bo’lsa bir uzatilganligmi, impuls bo’lmasa nol ulalilnanligini ko’rsatadi.
Raqamli signallar analoglisignallarga nisbatan xalaqitga chidamliligi yuqori, chunki
shovqin fonida ularni aniqlash impulsning borligiga yoki uning yo’qligiga bog’liq.
Shunday qilib, signallarning aylantirilishi nuqtai nazaridan raqamli uzatish
sistemasining tarkibiy sxemasi 1.5-
rasmdagi ko’rinishda bo’lishi munikin.
Uzluksiz
analog signali axborot manbai (AM) dan diskretizator (D) ga keladi, unda signal
vaqt bo’yicha diskretli o’lchamlarga aylantiriladi. Kvantlash qurilmasi (KQ) da
amplituda bo’yicha signalning vaqt o’lchamlari kvantlanadi. Analog —
raqam
aylantirgich
i (ARA) da vaqt va amplituda bo’yicha analogli signal raqamli signalga
aylantiriladi.
Qabulda, raqam-analog aylantirgichi (RAA) da, aksincha, raqamli signal vaqt
va amplituda bo’yicha diskret bo’lgan analogli signalga aylantiriladi, to’g’rilovchi
qurilma (TQ) esa axborot priyomnigi (AP) ga keladigan uzluksiz signalni qayta
to’g’rilaydi.
Uzluksiz signallarni raqamli shaklga va raqamli signallarni uzluksiz signalga
aylantirishda uzatilayotgan xabarlarda signal buzilishlari xosil bo’ladi, ular KQ da
diskretizatsiya natijasida kvantlash xatoligi va TQ da uzluksiz signallarning buzilishi
natijasida kelib chiqadi.
1.2. IMPULS MODULYATSIYASI
Kotelnikov teoremasi. Diskret o’lchamli uzluksiz signalni uzatish imkoni
1933-yilda V.A.Kotelnikov tomonidan asoslab berilgan. lining teoremasiga asosan,
yuqori chastotali Fyu spektri bilan chegaralangan liar qanday uzluksiz signal
o’zining ketma
-
ket keladigan diskret o’lchamlari Td < 1/2 Fyu ga teng bo’lgan vaqt
oralig’i orqali aniqlanadi.
SHunday qilib, agar chegaralangan U(t) spektrli uzluksiz signalini uzatish talab
qilinsa, signalning xammasini uzatish sh
art emas, balki vaqt oralig’i Td bilan
o’lchangan signalning tasodifiy qiymatini uzatish kifoyadir (1.1
-rasmga qarang).
SHunga muvofiq signalning diskret o’lchamli chastota qaytarilishi, yahni chastota
diskretizatsiyasi Fd>2Fyu ga teng.
Qabul punktida uzluksiz signalni ketma-
ket diskret o’lchamlardan qayta
to’g’rilash uchun chastota kesimi Fyu ga teng bo’lgan past chastotali filtr (PCHF)
ishlatiladi.
Mahlumki, Fyu chastota kesimi bilan chegaralangan ideal PCHF ning
chaqirig’i uning kirishiga berilgan juda kichik to’g’ri burchakli impuls 1.6
-rasmda
ko’rsatilgan ko’rinishda bo’ladi.
Agar bunday filtrning kirishiga uzluksiz signalning diskret o’lchamlariga mos
bo’lgan, ketma
-ket qisqa impulslar berilsa (1.7- rasm), unda filtrning chiqishida
uzati
lgan uzluksiz signal aloxida chaqiriqlarning qo’shilishi natijasida yana qayta
to’g’rilanadi.
Dostları ilə paylaş: |