Mavzu Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari. Reja-fayllar.org
Kislotalarning metallarga ta'siri. Kislotalarning eng muhim kimyoviy xossalaridan biri metallar bilan o'zaro ta'siriashishidir.Bunga bir necha misollarni ko'rib chiqamiz.8 ta probirka olib, shtativga ulami 4 tadan ikki qator qilib joylashtiramiz; Ikkala qatordagi probirkalaming birinchisiga magniy, ikkinchisiga mx, uchinchisiga temir, to'rtinchisiga esa mis bo'lagidan solamiz. Birinchi qatordagi probirkalarga xlorid kislotaning suyultirilgan eritmasidan 1 ml dan quyamiz. Bunda har ikkala qatordagi dastlabki uchta probirkada reaksiya sodir bo'lganligini, to'rtinchi probirkada esa o'zgarish bo'lmaganligini ko'ramiz.
Reaksiyalar to'xtagandan keyin hosil bo'lgan eritmalardan bir necha tomchisini shisha plastinka ustiga tomizib, ularni bug'latamiz. Shisha plastinka ustida quruq moddalar (tuzlar) qoladi. Siz kuzatgan tajribalarda sodir bo'lgan kimyoviy reaksiyalar quyidagi tenglamalar bilan ifodalanadi:
2HCl+Mg=MgCl2+H2 (gaz ajraladi) H2S04+Zn=ZnS04+H2 (gaz sekinroq ajraladi)
2HCl+Fe==FeCl2+H2 (gaz sekin ajraladi) 2HCl+Cu (vodorod ajralmaydi) •
Kislotalar bilan metallar orasidagi kimyoviy reaksiyalarf ancha mukammal o'rgangan rus olimi N. N. Beketov metallami™ kislotalar molekulasidan vodorodni va birikmalardan bir-birie siqib chiqarish qatorini tuzdi:
Cu. Hg, Ag, Pt. Au K.Na,Mg,Al,Zn.Fe,Ni,Sn,Pb,H kislotalardan vodorodni siqib chiqarmaydi kislotalardan vodorodni, birikmalardan bir-birini siqib chiqaradi
Vodorod o'zidan keyin (o'ng tomonda) joylashgan metag larni birikmalaridan siqib chiqaradi. Kimyoviy reaksiyalarniqg tenglamalarini tuzishda shu qatorga asoslanish lozim bo'ladi. Lekif metallar nitrat kislota bilan reaksiyaga kirishganda vodorod ajralmaydi:
4HN03+Zn=Zn(N03) 2+2N02+2H20 kons.
Kislotalarning metallar oksidlari bilan o'zaro ta'siri. Qurui probirkaga makkajo'xori doni kattaligida mis (II)-oksid CuO daf soling. Uning ustiga sulfat kislotaning o'rtacha suyultirilga2 eritmasidan 2 ml quyib chayqating. Reaksiya uchun olingan qurug modda va reaksiya natijasida hosil bo'lgan modda eritmasinineS rangiga ahamiyat bering. Reaksiya quyidagi tenglamaga muvofie boradi:
Boshqa kislotalar ham ko'pchilik metallaming oksidlari bilaq o'zaro ta'sir etadi. Reaksiya natijasida tuz va suv hosil bo'ladi Kislotalarning asoslar va tuzlar bilan o'zaro ta'siri: