bayram ko‘rinishi, tabiat manzarasi tasvirlanadi. Dekorativ naqshli applikatsiya xayoliy, noan’anaviy shakllardan iborat bo‘ladi.
Applikatsiyalar oddiy va murakkab turlarga bo‘linadi. Shuningdek, applikatsiyani bajarishda bir xildagi yoki bir necha turdagi gazlama bo‘laklaridan foydalanish mumkin.
Applikatsiya tayyorlash jarayoni ma’lum bir ketma-ketlikda bajariladi. Awalo applikatsiya mavzusi tanlanadi va shunga asosan eskiz chiziladi, so‘ngra rang tanlanadi, shakl kesiladi, asosga joylashtiriladi va kashta tikib mahkamlanadi.