Applikatsiya ishlarini mashinada yoki qo‘lda bajarish mumkin. Qo‘lda applikatsiya ishlarini bajarish uchun juda oddiy asboblar kerak bo‘ladi. Bular: igna, angishvona, qaychi, santimetr lentasi, gardish, bundan tashqari, millimetrlangan qog‘oz, kalka, ko‘chirish rangli qog‘ozi.
Applikatsiyani bajarishda ignalar to‘plami bilan ishlagan ma’qul. Yupqa gazlamalarni tikishda 3- va 5- raqamli ignalardan, qalin gazlamalarni tikishda esa birmuncha kattaroq bo'lgan 4- va
raqamli ignalardan foydalanish kerak. Ignalaming ko‘zi katta bo'lsa, bir necha qavat ipni o‘tkazish oson bo‘ladi.
Applikatsiyani bajarishda turli xil rangdagi va sifatdagi iplardan, ya’ni 40- va 50- raqamli g'altak ipdan tortib to jun va muline iplarigacha foydalaniladi. Bunday ip turlaridan ko‘p miqdorda to‘plab qo'yilgani ma’qul, chunki bajarilayotgan bitta applikatsiya uchun bir necha xil rangdagi ipdan bir vaqtning o‘zida kerak bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, applikatsiyani tikish jarayonida ikki-uch xil o‘lchamdagi o‘tkir qaychilar yupqa gazlamalar va qiytimlarni bichish uchun, og‘ir qaychilar esa qalin va zich gazlamalarni bichish uchun kerak bo‘ladi.
Ayrim hollarda (agar applikatsiya yopishtiriladi^an bo‘lsa) zig-zag qaychilardan ham foydalaniladi. Applikatsiya nusxalarini tayyorlashda ishlatiladigan qog‘ozlar uchun alohida qaychi ishlatilgani ma’qul, aks holda gazlama uchun ishlatilayotgan qaychi tezda o'tmas bo‘lib qoladi. Applikatsiya bilan ishlash jarayonida charm va zamsh materiallari bilan ham ishlanadi, shuning uchun bu ishlar uchun poyafzalchilar qaychisidan foydalanish kerak.
Applikatsiyani yupqa chit, satin, shoyi va boshqa gazlamalardan tikishdan oldin gazlamalarni kraxmallab, yaxshilab dazmollanadi. Gazlamani kraxmallash quyidagicha bajariladi: bir osh qoshiqdagi kraxmalni uncha ko‘p bo‘lmagan sovuq suvda eritiladi. Hosil qilingan massaga 1 litr qaynagan suv asta-sekin qo‘shiladi, bunda massa bir tekis bo‘tqa (yelim) shakliga kelishi kerak. Olingan yelim tiniq, shaffof va yopishqoq bo‘lishi kerak. Agarda yelim loyqa va yopishqoq bo‘lsa, bo‘tqa (yelim)ni 3 daqiqa davomida past olovda qaynatish zarur.
Shundan so‘ng yelimni oz miqdordagi sovuq suvga qo‘shib aralashtiriladi va unga kraxmallanadigan hamda oldindan yuvib olingan nam gazlama bo‘lagi solinadi. Gazlamani siqiladi va quritiladi. Qurigan gazlamani bir oz namlab dazmollash kerak. Kraxmallangan gazlamalar baland bo‘lmagan haroratda dazmol- langani ma’qul.