Mavzu: asosiy vositalar hisobining normativ-huquqiy asoslari va kirimini hisobga olish



Yüklə 54 Kb.
səhifə2/3
tarix05.12.2023
ölçüsü54 Kb.
#173933
1   2   3
5.2-Amaliy mashgulot-MH

Talab qilinadi:
1. Uskunaning tannarxini (boshlang‘ich qiymati) aniqlang.
2. Korxonaning hisob-kitob baholariga ko‘ra:
- foydali xizmat muddati - 7 yil
- tugatish qiymati – 5000,0 ming so‘m sifatida taxmin qilindi.
Mazkur holatda uskunaga eskirish hisoblang (qoldiqli kamayish usulida) va hisobga oling.

4. Korxona mahsulot ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanadi. Korxonada mahsulot ishlab chiqarish faoliyatida foydalanayotgan uskunaning boshlang‘ich qiymati 180 000,0 ming so‘m. Jamg‘arilgan eskirishi esa – 90 000,0 ming so‘mni tashkil qiladi. Hisobot davrida foydalanishdagi uskunaning elektron chipi yaroqsiz holga kelgan. Mazkur elektron chip Xitoyda ishlab chiqariladi. Korxona Xitoy bilan shartnoma tuzish va elektron chipni olib kelib o‘rnatish ko‘p vaqtni talab qiladi. Shu sababli, korxona mazkur elektron chipni mahalliy tadbirkordan olishga qaror qildi. Afsuski, mahalliy tadbirkor mazkur elektron chipni 15 000,0 ming so‘mga naqd pulga sotishini ma’lum qildi. Korxona uskunaga elektron chipni o‘rnatgan holda mahsulot ishlab chiqarishni tezroq yo‘lga quyish maqsadida 15000,0 ming so‘m naqd pulga elektron chipni sotib oldi va o‘rnatish uchun 5000,0 ming so‘m “ASILBYeK-SERVIS” MChJga to‘lovni amalga oshirdi.


Talab qilinadi:
1. Elektron chip va uni o‘rnatish bilan bog‘liq xarajatlar uskunaning boshlang‘ich qiymatiga qo‘shiladimi?.
1.1. Agar qo‘shilsa uskunaning boshlang‘ich qiymatini aniqlang.
1.2. Agar qo‘shilmasa, nima sababdan qo‘shilmasligini izohlab bering.
2. Elektron chipni sotib olish va o‘rnatish bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga oling.

5. Korxona mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, mahsulotlarni sotish nuqtalariga o‘z vaqtida yetkazib berish maqsadida “DAMAS” rusumidagi avtomobil sotib olgan. Avtomobilning boshlang‘ich qiymati 78500,0 ming so‘m. Jamg‘arilgan eskirishi 47100,0 ming so‘mni tashkil etadi. Korxonaning avtomobilining ayrim qismlari ta’mirga muhtoj holatga kelib qolganligi sababli quyidagi xarajatlar amalga oshirildi:


- avtomobil balonlarini almashtirish uchun – 1040,0 ming so‘m;
- avtomobil benzonasosini almashtirish uchun – 300,0 ming so‘m;
- moy almashtirish xarajatlari – 175,0 ming so‘m;
- akkumulyatorni almashtirish xarajatlari – 580,0 ming so‘m;
- “MUSTANG-SERVIS” MChJ uchun tomonidan ko‘rsatilgan texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlari – 600,0 ming so‘m.
Talab qilinadi:
1. Avtomobilni ta’mirlash xarajatlari uning boshlang‘ich qiymatiga qo‘shiladimi?.
1.1. Agar qo‘shilsa avtomobilning boshlang‘ich qiymatini aniqlang.
1.2. Agar qo‘shilmasa, nima sababdan qo‘shilmasligini izohlab bering.
2. Avtomobilni ta’mirlash bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga oling.


Yüklə 54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin