MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARI
«ASILBEK-ABS» mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ)ning aktivlari va passivlari hamda hisobot davrida sodir bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalari keltirilgan:
a) «ASILBEK-ABS» mas’uliyati cheklangan jamiyat ma’lumotlari (01.01.20... holatiga scho‘tlar saldolari):
Asosiy vositalar:
bino: boshlang‘ich qiymati – 978 400 000 so‘m; eskirish summasi – 97 840 000 so‘m;
ishlab chiqarish uskunasi: boshlang‘ich qiymati – 580 400 000 so‘m; eskirish summasi – 174 120 000 so‘m;
trasport vositalari: boshlang‘ich qiymati – 120 000 000 so‘m; eskirish summasi – 48 000 000 so‘m;
mebel va ofis jihozlari: boshlang‘ich qiymati – 38 500 000 so‘m; eskirish summasi – 7 700 000 so‘m.
Boshqa aktivlari va passivlari quyidagicha bo‘lgan: Ustav kapitali – 815 820 000 so‘m, Taqsimlanmagan foyda – 68 200 000 so‘m, Xaridor va buyurtmachilarning qarzi – 82 500 000 so‘m, Xaridorlardan olingan bo‘naklar – 45 000 000 so‘m, Materiallar – 22 000 000 so‘m, Budjetga soliqlar bo‘yicha qarzlar – 5 800 000 so‘m, Davlatning maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarz – 2 500 000 so‘m, Qisqa muddatli bank krediti – 500 000 000 so‘m, Mehnat haqi bo‘yicha qarz – 78 300 000 so‘m, Hisob-kitob scho‘ti – 67 000 000 so‘m, Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilardan qarzdorlik – 45 520 000 so‘m.
b) «ASILBEK-ABS» mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ)da hisobot davri davomida quyidagi xo‘jalik operatsiyalari bo‘lgan (shartli ravishda):
20xx yil 3-yanvarda Mol yetkazib beruvchilardan bo‘lgan qarzdorlik hisob-kitob scho‘tidan o‘tkazib berildi – 25 520 000 so‘m.
MChJni budjetga soliqlar bo‘yicha qarzlari 5 800 000 so‘m 20xx yil 6-yanvarda tuman soliq inspeksiyasiga o‘tkazib berildi. Shuningdek, davlatning maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarz 2 500 000 so‘m ham shu sanada o‘tkazib berildi.
20xx yil 5-yanvarda xaridorlardan sotilgan tayyor mahsulotlarning puli kelib tushdi 82 500 000 so‘m.
Hisob-kitob scho‘tidan 20xx yil 17-yanvarda ish haqi uchun 78 300 000 so‘m naqd pul olindi. Kassadan to‘lov qaytnomasiga asosan 20xx yil 18-yanvarda 78 300 000 so‘m ish haqi tarqatildi.
20xx yil 5-yanvarda mol yetkazib beruvchilarga 18 000 000 so‘m miqdorida bo‘nak berildi. 20xx yil 7-yanvarda mol yetkazib beruvchilardan 120 000 000 so‘mlik materiallar olindi. 20xx yil 10-yanvarda ishlab chiqarishga 125 000 000 so‘mlik materiallar berildi.
MChJning qisqa muddatli bank kreditining bir qismi 41 700 000 so‘m 20xx yil 8-yanvarda hisob-kitob scho‘tidan to‘landi.
MChJ 20xx yil 10-yanvarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida so‘ngi rusumdagi uskunani sotib olish uchun “ASILBEK-SERVIS” MChJ bilan 120 000 000 so‘mlik shartnoma imzoladi. 20xx yil 15-yanvarda uskuna uchun shartnoma qiymatining 20 foizi miqdorida bo‘nak “ASILBEK-SERVIS” MChJga o‘tkazib berilgan. 20xx yil 20-yanvar kuni mol yetkazib beruvchidan uskuna qabul qilib olindi. Shuningdek, uskunani sotib olish bilan bog‘liq quyidagi qo‘shimcha xarajatlar qilingan: Uskunani o‘rnatish xarajatlari uchun “A’lo-Servis” korxonasiga 1 250 000 so‘m to‘landi.
“Tuman neft ta’minot” unitar korxonasidan moliya-xo‘jalik faoliyatida foydalanish uchun 20xx yil 17-yanvarda 3 000 000 so‘mlik yoqilg‘i olindi. MChJ tomonidan yanvar oyida sarflangan yoqilg‘i miqdori 2 500 000 so‘mni tashkil etadi. Sarflangan yoqilg‘ining 60 foizi sotish maqsadlarida va qolgan 40 foizi ma’muriy maqsadlarda foydalanilgan. MChJda yanvar oyida sarflangan yoqilg‘i 20xx yil 30-yanvarda hisobga olindi.
Xaridor va buyurtmachilardan 2021 yil 17-yanvarda 37 500 000 so‘m miqdorida bo‘nak olindi.
Ish haqi hisoblandi (28.01.20xx yil):
ma’muriy xodimlarga – 20 000 000 so‘m;
asosiy ishlab chiqarish xodimlariga – 80 000 000 so‘m;
hisoblangan ish haqiga nisbatan ijtimoiy soliq (12 %) hisoblandi:
ma’muriy xodimlarga hisoblangan ish haqiga nisbatan (mustaqil hisoblang);
asosiy ishlab chiqarish xodimlariga hisoblangan ish haqiga nisbatan (mustaqil hisoblang)
to‘lov manbaida hisoblangan ish haqidan daromad solig‘i ushlandi (mustaqil hisoblang);
to‘lov manbaida hisoblangan ish haqidan kasaba uyushmasiga ajratma ushlandi (mustaqil hisoblang);
hisoblangan ish haqiga nisbatan shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisob raqamiga ajratma (0,1%) hisoblandi (mustaqil hisoblang).
Asosiy ishlab chiqarishda foydalanilayotgan asosiy vositalarga 2021 yil 29 yanvarda eskirish hisoblandi – 5 614 000 so‘m.
20xx yil 30-yanvarda tuman elektr ta’minoti korxonasidan schyot-faktura taqdim etildi. Unga ko‘ra is’temol qilingan energiya miqdori 5 500 000 so‘mni tashkil etadi. Elektr energiya xarajatlari 80 %i ishlab chiqarish va 20 %i ma’muriy xarajatlar sifatida tan olindi.
20xx yil 30-yanvarda qisqa muddatli bank krediti bo‘yicha 9 166 000 so‘m foiz hisoblandi.
MChJ hisobot davrida ishlab chiqarish faoliyatidan olingan tayyor mahsulotlarni haqiqiy tannarxida omborga qabul qildi. MChJ ishlab chiqarilgan mahsulotlarni haqiqiy tannarxda sotishga chiqardi va xaridorlarga shartnoma asosida tayyor mahsulotlar 280 000 000 so‘mga sotildi.
20xx yil 30-yanvarda xaridorlarga tayyor mahsulotlarni yetkazib berishda “Asilbek-servis” xususiy korxonasi xizmatlaridan foydalanilganligi sababli, transport xizmat qiymati 5 500 000 so‘m sifatida hisobga olindi va shu kunning o‘zida to‘liq hisob-kitob schyotidan o‘tkazib berildi.
MChJ aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchisi hisoblanadi. Belgilangan soliq stavkasi – 4 %.
Talab qilinadi:
1. «ASILBEK-ABS» MChJning aktivlari va passivlarini turkumlang va hisobot davri boshiga buxgalteriya balansini tuzing.
2. Hisobot oyida sodir bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalariga buxgalteriya provodkalarini tuzing va guruhlashtiring.
3. Hisobot davri uchun oborot vedomostini tuzing
4. Bosh daftarda tegishli schyotlarni oching, boshlang‘ich qoldiqlarni o‘tkazing, schyotlar bo‘yicha oborotlarni va oxirgi qoldiqlarni aniqlang.
5. «ASILBEK-ABS» MChJning hisobot davri oxiriga buxgalteriya balansini tuzing.
Dostları ilə paylaş: |