Mavzu: atm, isdn, xdsl texnologiyalari. Mobil tarmoqlar


Global kompyuter tarmoqlari



Yüklə 86,56 Kb.
səhifə6/15
tarix24.12.2023
ölçüsü86,56 Kb.
#191010
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Mavzu atm, isdn, xdsl texnologiyalari. Mobil tarmoqlar

Global kompyuter tarmoqlari
Global kompyuter tarmoqlari (Wide Area Networks, WAN) yoki territorial kompyuter tarmoqlar – tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlardan, katta-katta xududlarga yoyilib ketgan ko’p sonli abonentlar foydalanadilar. Bu xududlarning chegaralari – viloyat, region, mamlakat, kontinent chegaralaridan iborat bo’lishi yoki yer yuzi bo’ylab yoyilgan bolishi mumkin. Global kompyuter tarmog’ining keng tarqalgan umumiy tuzilish chizmasi 2- rasmda keltirilgan ko’rinishga ega. Bunda: S (switch) - kommutatorlar, K - kompyuterlar, R (router) - marshrutizatorlar, MUX (multiplexor) - multipleksor, UNI (User-Network Interface) – foydalanuvchi-tarmoq interfeysi va NNI (NetworkNetwork Interface) – tarmoq-tarmoq interfeysi, PBX - ofis ATSi va kichkina qora rangli to’rtburchakchalar esa DCE qurilmalari, ya’ni modemlardir. Bunday tarmoq alohida ajratilgan aloqa kanallari asosida quriladi. Aloqa kanallari kommutatorlar – S, yordamida birlashtiriladi. Bu kommutatorlar paketlarni kommutatsiyalash markazlari (PKM) deb ham ataladi, ya’ni ular aynan paketlarni kommutatsiyalashni amalga oshiradilar. 1-rasmda keltirilgan global kompyuter tarmog’i kompyuter trafigi uchun qulay hisoblangan, paketlarni kommutatsiyalash rejimida ishlaydi. Lokal kompyuter tarmoqlarini korporativ tarmoqqa birlashtirish uchun bu rejimning afzalligini vaqt birligida uzatilyotgan ma’lumotlarning hajmi, hamda bunda tarmoqda ko’rsatilayotgan xizmatlar narxining 2-3 marta arzon ekanligi ham isbotlaydi. Ko’p joylarda yuqoridagi rasmda keltirilgan ko’rinishdagi tarmoqlarni qurish imkoniyatlari mavjud bo’lavermaydi. Shuning uchun lokal tarmoqlarni o’zaro bog’lash uchun o’sha joyda bor bo’lgan aloqa kanallaridan ham foydalanishga to’g’ri keladi. Qanday aloqa kanallaridan foydalanilishiga qarab, global tarmoqlarning quyidagi xillarini ko’rsatish mumkin:
1. Alohida ajratilgan kanallardan foydalanuvchi global tarmoqlar.
2. Kanallarni kommutatsiyalash asosida ishlovchi global tarmoqlar.
3. Paketlarni kommutatsiyalash asosida ishlovchi global tarmoqlar.
Keltirilgan X.25, Frame Relay va SMDS global kompyuter tarmoqlari texnologiyalaridan, kompyuter tarmoqlari rivojlanish bosqichlarining ma’lum bir davrlarida samarali foydalanilgan. Hozirda esa, tarmoqlar orqali barcha xildagi trafikni uzatib bera olish imkoniyatiga ega bo’lgan ATM (Asynchronous Transfer Mode – uzatishning asinxron rejimi) va TCP/IP texnologiyalaridan foydalanilmoqda. ATM va undan avval ishlab chiqilgan X25 va Frame Relay texnologiyalarining tuzilishlari, 1-rasmda keltirilgan tuzilishga ega bo’lib, ular ma’lum bir xudud chegarasida joylashgan kompyuterlar va lokal kompyuter tarmoqlarini o’zaro birlashtirish uchun ishlab chiqilgan edi. Ushbu texnologiyalar ulargagina xos bo’lgan – adreslash tizimiga va ma’lumotlarni uzatish birliklariga ega bo’lgan. TCP/IP tarmoqlaridan boshlab IP-adreslash tizimi asosida ishlovchi va ma’lumotlarni uzatish birligi sifatida Ethernet texnologiyasi kadrlaridan foydalanuvchi tarmoqlar qo’llanilmoqda. Yuqoridagi jadvalda keltirilgan ma’lumotlarni uzatish tezliklari, ushbu texnologiyalarning dastlabki ishlab chiqarilgan variantlariga tegishlidir. ATM texnologiyasining keyingi ishlab chiqilgan variantlarida ma’lumotlarni uzatish tezligi 2-10 Gbit/sek-larga etkazilgan. Turli xildagi marshrutizatorlar va birlamchi tarmoqlar yordamida qurilgan, hozirda keng qo’llanilayotgan - IP texnologiyasi asosida ishlayotgan global tarmoqlarda ma’lumotlarni uzatish tezliklarini yanada oshirish imkoniyatlari paydo bo’lmoqda. Korporativ tarmoqlarni qurish uchun foydalaniladigan global tarmoqlar ikkita katta guruhga bo’linadi:
1. Magistral tarmoqlar.
2. Magistral tarmoqlarga ulanish imkonini beradigan tarmoqlar yoki qisqacha ulanish tarmoqlari.
Territorial magistral tarmoqlardan (backbone wide-area networks) korxonaning katta bo’limlariga tegishli bo’lgan yirik lokal tarmoqlarni bir maromda ishlashini ta’minlash maqsadida birlashtirish uchun foydalaniladi. Magistral tarmoqqa odatda, ko’p sonli tarmoq osti tarmoqlari (subnets) ulanganligi sababli, uning o’tkazish qobiliyati ancha yuqori bo’lishi kerak bo’ladi. Magistral tarmoqlarga ulanish imkonini beradigan tarmoqlar deganda, katta bo’lmagan lokal tarmoqlarni va alohida ishlaydigan kompyuterlarni, korxona markaziy tarmog’i bilan bog’laydigan territorial tarmoqlar tushuniladi. Bunda ishlatiladigan dasturiy va apparat vositalar uzoqdan turib ulanish vositalari deyiladi. Ulanuvchi, ya’ni mijoz tomonidan bunday vositalar sifatida modem va unga kerak bo’ladigan dasturiy vositalar qo’llaniladi. Ko’p sonli ulanuvchilar ishini, markaziy lokal tarmoq tomonidan uzoqdan turib ulanish serveri RAS (Remote Access Server) ta’minlab beradi. Bu server – marshrutizator, ko’prik va shlyuz vazifalarini bajaruvchi dasturiy-apparat kompleksdan iborat bo’ladi. Tarmoqlardan iborat bo’lgan tarmoqning, ya’ni Internetning arxitekturasi keltirilgan ko’rinishga ega bo’ladi. Tarmoqlar orasidagi bog’lanishlar marshrutizatorlar yordamida amalga oshiriladi. Tarmoqlardan iborat bo’lgan tarmoq arxitekturasi – ya’ni Internet tarmog’i

Yüklə 86,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin