Mavzu: atm, isdn, xdsl texnologiyalari. Mobil tarmoqlar



Yüklə 86,56 Kb.
səhifə7/15
tarix24.12.2023
ölçüsü86,56 Kb.
#191010
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Mavzu atm, isdn, xdsl texnologiyalari. Mobil tarmoqlar

Mobil tarmoqlar.
Mobil qurilmasini istalgan joyga olib yurish mumkin Simsiz aloqa tushunchasi - bu jismoniy qurilma degan ma’noni anglatmaydi. Simsiz tarmoq degani mahalliy tarmoq (LAN), global tarmoq (WAN) yoki 4G / 3G uyali tarmoq kabi simsiz tarmoqqa kirish anglatiladi. Ushbu turdagi tarmoqlar aloqa qilish uchun elektr ta’minoti va tarmoq tugunlariga fizik ulanish uchun yaqin masofadagi ba’zi qurilmalarni talab qiladi. Simsiz tarmoq taqsimlangan tarmoqqa ulanish uchun stasionar yoki portativ oxirgi nuqtani ta’minlaydi. Boshqa tomondan, uyali tarmoq, taqsimlangan tarmoqlarga, yetarli qamrov mavjud bo’lganda, har qanday joyga ko’chib yurish (mobillilikni) imkoniyatini beradigan portativ qurilma orqali tarmoqqa ulanishni ta’minlaydi. Mobil tarmoqlari yoki uyali aloqa tarmog’i deganda butun dunyo bo’ylab katta quruqlik ustida tarqaladigan va uyalar yoki tayanch stantsiyalari deb nomlanuvchi uzatgich stansiyalar orqali simsiz ulanadigan va multimediali ma’lumotlarni uzatish/qabul qilishga moslashtirilgan aloqa tarmog’ini tushuniladi. Odatda, uzatuvchi/qabul qiluvchi stansiyalar simsiz aloqa orqali radio signallarini an’anaviy usulga asosan havo orqali uzatadi. Radio signallari yorug’lik va infraqizil to’lqinlarni o’z ichiga olgan elektromagnit xossaga ega. Ushbu signallar to’lqinlar chastotasi va to’lqin uzunligiga ega bo’lganligi sababli ko’ndalang to’lqinlar oilasiga mansubdir, ya’ni; Mobil tarmoqlarining avlodlari Shu kunga qadar mobil tarmoqlarining bir nechta avlodlari (generation) ishlab chiqildi - 1G, 2G, 3G, 4G, 5G va texnologiyaning rivojlanish evolutsiyasi davom etib kelmoqda. 1G, 2G, 3G, 4G va 5G mobil tarmoqlarning avlodlari bo’lib, ular hozirgi kunda faol ishlatilib kelinmoqda. 5G-besh avlodini anglatadi, bu erda G "avlod" so’zini anglatadi, 1, 2, 3, 4 va 5 raqamlari avlod raqamini anglatadi. 80- yillarning boshlaridan deyarli har 10 yilda mobil tarmoqlarning yangi avlodi paydo bo’ldi. Mobil tarmoqlarining avlodlari Aslida, avlodlar har doim muayyan vaqt oralig’ida joylashtirilishi mumkin bo’lgan standartlar guruhlariga asoslanadi. 5G bilan davom ettirish ehtimoli katta, shuning uchun 5G joylashtirilgan bitta nuqta bo’lmaydi, aksincha uning imkoniyatlari aniqlanib, rivojlantirilganidan so’ng bosqichma-bosqich joylashtiriladi.

Yüklə 86,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin