Mavzu: atm, isdn, xdsl texnologiyalari. Mobil tarmoqlar


Birinchi avlod mobil aloqa tarmoqlari



Yüklə 86,56 Kb.
səhifə8/15
tarix24.12.2023
ölçüsü86,56 Kb.
#191010
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Mavzu atm, isdn, xdsl texnologiyalari. Mobil tarmoqlar

Birinchi avlod mobil aloqa tarmoqlari
1980-1990 yillarda keng foydalanilgan ushbu mobil avlod standarti uchun 150MHz-900MHz chastota diapozonidan foydalanilgan. Polosa kengligi 30Khz ni tashkil etgan va batariya ta’minoti juda kuchsiz bo’lgan. 1G mobil telefoni faqat ovozli ko’rinishda bo’lib, ovozning sifat darajasi ancha past bo’lgan. Mobil qurilmasining o’lchami esa ancha katta va foydalanish qo’pol bo’lgan. Stansiya bilan mobil qurilmasi o’rtasida analog ko’rinishda signal formatidan foydalanib maksimum 2Kbit/s tezlikda ma’lumot almashinilgan. 1G mobil qurilmasi va stansiyasi Ushbu avlod mobil qurilmasida ko’plab kamchiliklar va xizmat ko’rsatish sifati past bo’lgan, axborot xavfsizligi masalari yechilmaganligi sababli, 2 avlod mobil tarmoqlarida ko’plab yangi imkoniyatlar ishlab chiqildi, xizmatlar joriy etildi global tarmoqda foydalanish imkoniyatli hal etildi. Ikkinchi avlod aloqa mobil tarmoqlari GSM (Global System for Mobiles) standartiga asoslangan 2 avlod mobil standarti 1991 yil birinchi marta Finlandiyada joriy etildi. Bu avlod aloqa jarayonlari uchun 1 avloddan farqli ravishda raqamli signallardan foydalanildi. 900MHz chastota polosa kengligida ishlovchi ushbu standartning ma’lumot uzatish tezligi 64 Kbit/s gacha oshirish imkoniyati ishlab chiqildi. 2G tarmoqlari foydalanuvchilarga ovozli, matnli, rasmli va MMS (multimedia message) xizmatlarini yuqori sifatda taqdim eta oldi. 2G tarmog’ida mobil telefonini ishlash uchun kuchli raqamli signal talab etiladi, aks holda tarmoqda uzilishlar yuzaka keladi va raqamli signal yoqoladi. 2G tarmoqlarida xech qanday video xizmatlari joriy etilmadi, ammo 3G tarmoqlariga moslab video xizmatlarni qo’shish va yana qo’shimcha xizmatlari taqdim etish masalalari ko’rib chiqilgan. 2G mobil tarmoqlari arxitekturasi 2 (G) avlod mobil tarmoqlari GSM/CDMA standartiga asoslangan bo’lib, tarmoq bir nechta elementlardan tashkil topgan arxitekturaga asoslanadi. GSM tarmog’ining arxitekturasi Stansiya quyi tizimi (BSS), tarmoq va kommutatsiya (NSS), operatsiya va qo’llab-quvvatlash quyi tizimi (OMS), shuningdek MSC, AuC, HLR, VLR va boshqalar iborat.
BSS (Base Station Subsystem) - an’anaviy uyali telefon tarmog’ining bo’limi bo’lib, u trafikni boshqarish va uyali telefon va tarmoqni kommutatsiya qilish o’rtasida signalizatsiya uchun javob beradi.
BTS (Base Transceiver Station) - mobil telefonning tarmoqqa kirish nuqtasidir. U tarmoq va mobil telefon o’rtasida radio aloqalarni amalga oshirish uchun javobgardir. U nutqni kodlash, shifrlash, multiplekslash (TDMA) va radio signallarining modulyatsiyasi / demodulyatsiyasi bilan shug’ullanadi.
BSC (Base Station Controller) - bir qator tayanch stantsiyalarni (BTS) boshqaradigan va ularning ustidan nazorat olib boradigan va tugunlar va mobil kommutatsiya markazi (MSC) o’rtasidagi interfeysni ta’minlaydigan tarmoq elementidir. Mobil kommutatsiya markazi (MSC/ Mobile Switching Center) - GSM / CDMA uchun ovozli qo’ng’iroqlar va SMS xabarlarini, shuningdek boshqa xizmatlarni (masalan, konferents-aloqalar, FAX va ulanish ma’lumotlari) marshturlash uchun javob beradigan asosiy xizmat ko’rsatish tuguni hisbolanadi. Barcha mobil telefonlardan mobil qo’ng’iroqlar va PSTN-dan mobil qo’ng’iroqlar G-MSC orqali marshturlanadi.
NSS (Network switching subsystem) – tarmoqlarni kommutatsiya qilish quyi tizimi (NSS) (yoki GSM yadro tarmog’i) asosiy stansiyalar tarmog’ida roumingda mobil telefonlar uchun qo’ng’iroqlarni amalga oshirish va harakatchanlikni boshqarish funktsiyalarini bajaruvchi GSM tizimining tarkibiy qismi.
AuC (Authentication Centre) - Autentifikatsiya markazi bu tarmoqqa ulanishni istagan uyali aloqa abonentini aniqlash uchun ishlatiladigan GSM tarmog’idagi yana bir muhim element. Autentifikatsiya SIM-kartani aniqlash va yaroqliligini tekshirish orqali amalga oshiriladi.
HLR (Home Location Register) - bu mobil tarmoqning barcha uyali aloqa abonentlari, masalan raqamlar boshqa tarmoqqa ulanganmi yoki yo’qmi, xizmatlar kabi turli xil ma’lumotlarni o’z ichiga olgan ma’lumotlar bazasi.
VLR (Visitor Location Register) – yangi hududga kirib boruvchi faoydalanuvchilarni (masalan Toshkentdan vodiyga boruvchilar) joyini ro’yxatga oladi. Bu HLR qamrov zonasidan tashqaridagi foydalanuvchilar uchun rouming funktsiyalarini qo’llab-quvvatlaydigan uyali tarmoqdagi server.
PSTN (Public switched telephone network) - umumiy foydalanishdagi telefon tarmog’i - bu milliy, mintaqaviy yoki mahalliy telefon aloqa operatorlari tomonidan boshqariladigan, umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya infratuzilmasi va xizmatlarini taqdim etadigan dunyo bo’ylab simli infratuzilma orqali ovozli ma’lumotlarni uzatadigan telefon tarmoqlarining majmuasidir.

Yüklə 86,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin