Mavzu: Attestatsiya — menejerlarning shaxsiy va ishbilarmonlik faoliyatini baholash usuli sifatida


Menejerni tayyorlash va qayta tayyorlash



Yüklə 26,84 Kb.
səhifə3/4
tarix12.08.2023
ölçüsü26,84 Kb.
#139214
1   2   3   4
Attestatsiya — menejerlarning shaxsiy va ishbilarmonlik faoliyatini baholash usuli sifatida

Menejerni tayyorlash va qayta tayyorlash
Attestatsiya menejerlarning ishbilarmonlik va shaxsiy xususiyatlarini baholash usuli bo’lishi bilan birga ularni qayta tayyorlashga yo’naltiriladi. Menejerni tayyorlash va qayta tayyorlash — bu ta‘limning ilmiy asoslangan tizimi bo’lib, ma‘lum sohada faoliyat ko’rsatish uchun bilim, tajriba va yo’l- yo’riq o’rgatadi. Menejerlarni qayta tayyorlash va tayyorlashdan asosiy maqsad ularning nazariy bilimlarini oshirish, fan va texnika sohasida erishilgan yutuqlarini to’la-to’kis qamrab olish, boshqarish va ishlab chiqarishni tashkil etishdan iborat. Bozor iqtisodiyoti kadrlar tayyorlash tizimiga yangi talablar qo’yadi, bu tizimda universitet va institutlar alohida o’rin egallashi lozim, Oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida yangi tipdagi, iqtisodiyotni yaxshi biluvchi, boshqaruvning iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik usullari va texnika vositalarini qo’llay oluvchi menejerlar tayyorlanishi lozim. Boshqaruvni islohat qilish sharoitida o’quv jarayoni mazmuni va uni tashkil etishga qonunda ta‘kidlab o’tilganidek: korxona kadrlar kasbiy mahorati va madaniy darajasi uzluksiz o’sib borishi haqida doimo g’amxo’rlik qiladi, xodimlar malakasi va ishlab chiqarish manfaatlarini hisobga olgan holda ular lavozimini o’zgartirib boradi. Bu maqsadda korxona kadrlar tayyorlashni amalga oshiradi va bevosita ishlab chiqarishda o’quv yurtlarida xodimlar malakasini oshirishga imkon yaratadi, o’quv-uslubiy bazani kengaytiradi, biznes maktablari, kurslar, markazlar tashkil etadi. Korxona o’quv jarayonini ish bilan qo’shib olib borish uchun zarur sharoit yaratadi va qonunda ko’zda tutilgan imtiyozlar beradi. Ishchilar o’z xohishlariga ko’ra o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlariga, shuningdek stipendiya to’lash sharti bilan aspiranturaga yuborishlari mumkin. Korxona yoshlarni mehnatga tayyorlash, kasbga qiziqishlarini shakllantirishda o’quv yurtlariga yordam ko’rsatadi. Mutaxassis egallagan bilimlar tez eskirgani sababli, uni doimo takomillashtirib borish lozim. Agar rahbar o’z bilimini takomillashtirib bormasa, eski bilimlariga tayanib qolishi, ishlab chiqarish bundan zarar ko’rishi mumkinligini tajribada ko’rish mumkin. Olingan maxsus bilimga doimo to’ldirilib borilishi lozim bo’lgan asos sifatida qarash kerak. Bozor munosabatlari sharoitida texnik ma‘lumotga ega bo’lgan ishlab chiqarish rahbarlari ayniqsa iqtisodiyot, marketing, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish masalalarini chuqur o’rganishlari kerak. O’z dunyoqarashini kengaytirish bo’yicha mustaqil ishlash ham katta ahamiyatga egadir.
Xulosa
Menejer mehnati o’zining harakatlarida, operatsiyalarda, ya‘ni insonlar boshqaruv jarayonida bajarganda jipslashadi. U yopiq siklik shaklga egadir. Boshqaruv jarayoni qo’yilgan maqsaddan boshlanib, vazifa va vazifaning yechilishi bilan yakunlanib, maqsadga erishish bilan tugaydi. Masala yechilgandan keyin, maqsadga erishishda, yana boshqa vazifa qo’yiladi, yangi maqsad va yana boshqaruv jarayoni boshlanadi. Maqsad  harakat  natija  maqsad — uzilmas boshqaruv siklining sxematik ko’rinishi shunday. Lekin, bunda boshqaruv jarayoni nazariy jihatdan to’g’ri bo’ladi, amaliyotda boshqaruv ko’pgina, bir-biridan farqlanadigan jarayonlarda namoyon bo’lishi mumkin. Korxonalarda menejer mehnati ko’pgina masalalarni hal qilishga qaratilgan bo’ladi: texnik, ya‘ni uskunalardan foydalanishi, ishlab chiqarish maydonlari bilan bog’liq ishlab chiqarishni tashkillashtirish va hokazo; texnologik, ya‘ni loyihalashtirish va texnologik jarayonlarni takomillashtirish bilan bog’liq; iqtisodiy, ya‘ni korxona ichki va tashqi muhitida iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirishdir; tashkiliy, ya‘ni ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishda boshqaruv strukturasini takomillashtirish bilan bog’liq; ijtimoiy, ya‘ni ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirish bilan bog’liq va hokazo. Menejer mehnati qo’yilgan maqsadga erishishdagi jamoa a‘zolarining harakatini koordinatsiya qilishga qaratilgan. U korxona rivojida asosiy o’rin tutadi.


Yüklə 26,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin