Mavzu: auditorlik faoliyatining huquqiy asoslari


jadval. O’zbekiston



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə3/6
tarix24.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#192324
1   2   3   4   5   6
2 мавзу Аудитнинг хукукий асослари

jadval.

O’zbekiston Respublikasi “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonun5i moddalari
sharhi



Moddalari

Moddalari mazmuni

1.

1-modda.

Auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlari

2.

2-modda.

Auditorlik faoliyati

3.

21-modda.

Auditorlik faoliyatining asosiy printsiplari

4.

22-modda.

Auditorlik faoliyati standartlari

5.

3-modda.

Auditor

6.

31-modda.

Auditorning malaka sertifikati

7.

4-modda.

Auditorning yordamchisi

8.

5-modda.

Auditorlik tashkiloti

9.

6-modda.

Auditorlik tashkilotining huquqlari

10.

7-modda.

Auditorlik tashkilotining majburiyatlari

11.

8-modda.

Auditorlik tashkilotining javobgarligi

12.

9-modda.

Auditorlik tekshiruvi

13.

10-modda.

Majburiy auditorlik tekshiruvi

14.

11-modda.

Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi

15.

12-modda.

Xo’jalik yurituvchi sub’ektning auditorlik tekshiruvi o’tkazilayotgandagi huquq va
majburiyatlari

16.

13-modda.

Auditor tekshiruvining buyurtmachisi

17.

14-modda.

Auditorlik faoliyatiga aralashishga yo’l qo’ymaslik

18.

15-modda.

Nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish organlarining tashabbusiga ko’ra
auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish

19.

16-modda.

Auditorlik tekshiruvi o’tkazishdagi cheklovlar

20.

17-modda.

Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari

21.

18-modda.

Auditorlik hisoboti

22.

19-modda.

Auditorlik xulosasi

23.

20-modda.

Qasddan soxta tuzilgan auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi

24.

21-modda.

Auditorlik faoliyatini litsenziyalash

25.

22-modda.

Litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turish

26.

23-modda.

Litsenziyaning amal qilishini tugatish

27.

24-modda.

Litsenziyani bekor qilish

28.

25-modda.

Auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish

29.

26-modda.

Auditor malaka sertifikatini bekor qilish

30.

27-modda.

Auditorlarning respublika jamoat birlashmasi

31.

28-modda.

Hizolarni hal etish

32.

29-modda.

Auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Yuqoridagi jadvaldan kelib chiqib aytish mumkinki, mazkur qonunda jami 32ta moddaga tavsif berilgan.

  1. Auditorlik tashkilotlari faoliyatini tashkil etish tartibi

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2018 yil 1 yanvargacha amalda faoliyat ko’rsatayotgan auditorlik tashkilotlari va auditorlar soni haqidagi ochiq va shaffof bo’lgan ma’lumotlar veb sahifada yangilangan holda berib borilmoqda.
Odatda auditorlik tashkilotlari ikkita farqlanuvchi guruh toifasiga bulinadi:

  1. Transmilliy auditorlik tashkilotlar (katta turtlik firmalari);

  2. Mahalliy auditorlik tashkilotlari.

Ushbu birinchi guruh auditorlik tashkilotlari 1980 yilning oxirida tashkil topgan va Deloyt end Tush, Ernest end Yang, KPMJ va Praysvoterxaus Kuperslardan iborat. Ushbu auditorlik tashkilotlarning global tarmoqlari mavjud. Ushbu firmalarning ko’pchiligi xalqaro tekshiruvlarda ishtirok etadi va xalqaro global texnologiyalar, protseduralar va direktivalar ishlab chiqilgan asosiy





5 Ўзбекистон Республикасининг “Аудиторлик фаолияти тўғрисида”ги Қонуни, 2017 йил 18 апрелдаги ЎРҚ-429-сонли Қонуни билан қўшимча ва ўзгартиришлар киритилган. http://www.lex.uz/pages/GetAct.aspx?lact_id=64290.
ofisda ishtirok etadi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan auditorlik faoliyati bilan shug’ullanishga amaldagi tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga asosan yuqori talablar o’rnatilgan. Auditorlik kasbining mahorat darajasiga qo’yiladigan asosiy talablar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 sentyabridagi 365-sonli «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to’g’risida»gi qarorida belgilangan.
Auditorlik malaka sertifikatiga ega bo’lish uchun da’vogarlar O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan 2000 yil 28 avgustda 17-17/534-sonli buyruq bilan tasdiqlangan
«Auditorlarni tayyorlash va sertifikatsiyalash dasturi» va 2000 yil 25 sentyabrda 68-sonli buyruq bilan tasdiqlangan «Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to’g’risidagi Nizom»ga muvofiq belgilangan bilim va tajribaga ega ekanliklarini ko’rsatuvchi xujjatlarni taqdim etishi va imtihon topshirishlari kerak.
Auditorlik faoliyatini litsenziyalash – bu audit sohasidagi qonunchilikka rioya qilinishi ustidan davlat nazorati o’rnatish uslubidir. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining nomi yuqorida qayd etilgan 365-sonli qaroriga muvofiq «Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish to’g’risida NIZOM»tasdiqlangan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.04.2007 yildagi № PF-615-sonli farmoniga asosan auditorlik tashkilotlariga qo’shimcha qo’yidagi litsenzion talab va shartlar belgilandi:

  • litsenziyani olishda qonunda belgilangan miqdorda ustav kapitalning shakllangan bo’lishligi;

  • auditor o’z auditorlik faoliyatini faqat bir auditorlik tashkilotida amalga oshiradi;

  • litsenziya turiga qarab auditorlik tashkilotida auditorlar (kamida 2, 4, 6 ta) bo’lishi kerak;

  • shtatdagi auditorlarda xalqaro buxgalterlik sertifikatlari(kamida 1-2) bo’lishligi;

  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan auditorlik tashkilotlari rahbarlari har uch yilda attestatsiyadan o’tishligi;

  • auditorlik tashkilotlarida ichki ish sifati standartlarining mavjud bo’lishligi

  • har yarim yilda Moliya vazirligiga tegishli shaklda auditorlik faoliyati haqida ma’lumotlarning berilishi.

Ushbu Nizomga muvofiq O’zbekiston Respublikasi hududida auditorlik faoliyati bilan auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) mavjud bo’lgan taqdirdagina amalga oshiriladi. Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari esa bundan mustasno. Auditorlik faoliyatini litsenziyalash Moliya Vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish, litsenziya berishni rad etish, litsenziyaning amal qilish muddatini to’xtatish, bekor qilish, to’xtatib turish yoki amal qilishini tiklash to’g’risidagi qaror Moliya Vazirligining buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi.
Auditorlik tashkilotlari litsenziya olish uchun Moliya Vazirligiga taqdim qiladigan arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qiladilar:

  1. Ta’sis hujjatlarining (ustav, ta’sis shartnomasi) notarial idora tomonidan tasdiqlangan nusxalari va O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risida guvohnoma;

  2. Kamida ikki auditor malaka sertifikatlarining tasdiqlangan nusxalari;

  3. Soliq to’lovchining identifikatsiya raqami (STIR-INN) berilganligi to’g’risida Soliq organi tomonidan berilgan ma’lumotnoma;

  4. Arizani ko’rib chiqish uchun yig’im to’langanligini tasdiqlovchi bankning to’lov hujjati.

Ushbu hujjatlar bir nusxada taqdim etiladi va bulardan boshqa hujjatlarni talab etilishiga yo’l qo’yilmaydi.
Auditorlik faoliyatini amalga oshirishda auditorlik tashkilotiga nisbatan quyidagi litsenziya talablari va shartlari qo’yiladi:

    • «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga, auditorlik faoliyatining milliy standartlari, shuningdek, boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

    • shtatida kamida ikki nafar auditor bo’lishi;

    • auditorlik tekshiruvi o’tkazish chog’ida olingan axborotning maxfiyligini ta’minlash;

    • auditorlik tekshiruvlari o’tkazish bo’yicha shartnoma majburiyatlarini o’z vaqtida va sifatli bajarish;

    • auditorlik tashkiloti rahbari lavozimiga faqat auditorni tayinlash;

    • auditorlik faoliyatini amalga oshirish chog’ida mustaqillikni ta’minlash;

    • ishonchli auditorlik hisoboti tuzish va auditorlik xulosasi berish;

    • faqat auditorlik faoliyatini amalga oshirish;

    • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ustav kapitaliga ega bo’lish;

    • fuqarolik mas’uliyatini sug’urta qilish polisiga ega bo’lish;

    • o’z pochta manzil o’zgartirilganligi to’g’risida 10 kun muddatda litsenziyalovchi organga bildirish xati yuborish;

    • auditorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan boshqa axborotni litsenziyalovchi organ talabiga ko’ra taqdim etish.

Litsenziyalovchi organ auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.




  1. Yüklə 0,87 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin