1.Audit natijalarini umumlashtirish.
Auditorlik hisobotini va xulosasini shakllantirish audit rejasi va dasturining
barcha bo’limlari bo’yicha o’tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalarini
umumlashtirish va baholash jarayonida vujudga keladi.
Audit natijalarini umumlashtirish ishlari asosan quyidagilarni o’z ichiga oladi:
ishchi hujjatlarni sharhlash va yakuniy ishchi hujjatlarni tayyorlash;
aniqlangan kamchiliklarning jiddiylik darajasini baholash;
auditorlik dalillarning yetarliligini baholash;
faoliyat ko’rsatayotgan korxona printsipi bilan bog’liq omillarni baholash;
buxgalteriya hisobotidagi axborotlarni taqdim qilish va bayon qilish;
hisobot tuzilganidan so’ng sodir bo’lgan hodisalarni baholash;
tekshiruv natijalari bo’yicha auditorning mijoz-korxona rahbariyatiga taqdim
qiladigan yozma axborotini tuzish;
auditorlik hisoboti va xulosasini tuzish.
Auditorlik tekshiruvi o’tkazish chog’ida asosan tekshirilayotgan xo’jalik
yurituvchi sub’ektning dastlabki hujjatlari, hisob registrlari va hisobotlarida aks
ettirilgan haqiqiy axborotlar tahlil qilinadi va baholanadi. Faqat ayrim hollardagina
auditorlar taxmin va hisob-kitoblarga asoslangan moliyaviy axborotlarni
baholaydilar.
Ta’kidlash joizki, tekshiruv natijalari va xo’jalyk yurituvchi sub’ekt
mutaxassislarining hisob-kitoblarini baholashda auditorlar ma’lum darajada
professional ehtiyotkorlikka rioya qilishlari zarur.
Auditor quyidagi hollardagi kabi, katta nomuvofiqliklar mavjudligini
ko’rsatuvchi holatlarni ob’ektiv baholashi zarur:
xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlariga ma’lum bo’lgan, ammo auditor
tomonidan ochilmagan xatolarni aniqlash faktlari;
tekshiruv uchun zarur bo’lgan, auditorga o’z vaqtida taqdim qilinmagan
dastlabki hujjatlar yoki ma’lumotlarga doir xo’jalyk muomalalari;
mutaxassislarning hisob-kitoblaridagi nomuvofiqliklar;
6
inventarizatsiya natijasida aniqlanib, dalolatnoma va taqqoslash qaydnomalari
bilan rasmiylashtirilgan, lekin yetarli darajada tahlil qilinmagan va tuzatilmagan
katta tafovutlar;
katta tafovutlarning tasdiqlanmaganligi va auditor so’rovlariga kutilgan
javoblar olinmaganligi;
tekshiruv uchun tanlab olingan, zarur dastlabki hujjatlar yoki tegishli ruxsat
etuvchi ko’rsatmalar taqdim qilinmagan xo’jalyk muomalalari.
Auditor to’plangan dalillar yetarliligini baholashda ushbu holatlar aniqlangan
bosqichni (rejalashtirish, audit o’tkazish) hisobga olishi kerak.
|