3.Auditorlik hisoboti va uni tuzish tartibi.
Auditning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, umumlashtirilgan va
baholangan tekshiruv natijalarini kamida ikkita hujjat bilan rasmiylashtirish
maqsadga muvofiqdir:
1) audit haqidagi shartnomada ko’zda tutilgan davr ichidagi korxonaning
moliya-xo’jalik faoliyatini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish to’g’risida hisobot;
2) buxgalteriya balansi va moliyaviy hisobot bo’yicha auditorlik xulosasi.
O’zbekistan Respublikasining «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunida
belgilanishicha: auditorlik hisoboti auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya
hisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar,
moliyaviy hisobotdagi qoyida-buzarliklar to’g’risidagi mufassal ma’lumotlardan,
shuningdek auditorlik tekshiruvi o’tkazish natijasida olingan boshqa axborotdan
iborat bo’lgan va xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariga, mulkdorga, katnashchilari
(aktsiyadorlari)ning umumiy yig’ilishiga yo’llangan hujjat (18-modda).
Auditorlik hisobotining tarkibi quyidagicha:
a)
nomi («Auditorlik hisobot» yoki «Auditorlik tashkilotining hisoboti»
degan har ikkala nom bir xil ma’noga ega);
b)
adresat nomi;
v)
kirish qismi;
g)
ta’kidlash qismi;
d)
yakuniy qism.
Auditorlik hisoboti moliyaviy hisobotni auditorlik tekshiruvidan o’tkazgan
auditor (lar) tomonidan betma-bet imzolanishi lozim. Auditorlik hisoboti auditorlik
tekshiruvining buyurtmachisiga, buyurtmachining barcha zarur rekvizitlari
ko’rsatilgan holda jo’natiladi.
Auditorlik hisobotidagi axborotlar maxfiy hisoblanadi va uni oshkor etish
mumkin emas.
Auditorlik tekshiruvining natijalari asosida tuzilgan hisobotda korxona
moliya-xo’jalik faoliyati va uning natijalarining umumiy ahvoli, shuningdek,
buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzishnipg holati, tahlil ishlarining
10
darajasi hamda korxonadagi hisob-tahlil xodimlarining tavsifi aks ettiriladi.
Auditorlik
hisoboti
ma’lumotlari korxona bozor sharoitlariga qanday
moslashayotganligi va muvaffaqiyatli rivojlanishi hamda foydasini ko’paytira
olishga qodirligini yoki aksinchaligini bildirishi lozim. Albatta, tekshirilayotgan
korxonadagi ahvol bezab ko’rsatilmasdan, auditorga taqdim qilingan axborot
haqiqiy bo’lgandagina ehtiroslarga berilmagan va real auditorlik hisoboti hamda
xulosa shakllanadi.
Auditor hisobotda keltirilgan kamchiliklar bo’yicha ularni bartaraf qilishga
karatilgan o’z takliflarini ham ko’rsatib o’tishi lozim. Lekin tekshirilayotgan
korxona xodimlariga «yaxshilik» qilish maqsadida auditor shaxsan o’zi dastlabki
hujjatlar, hisob registrlari va buxgalteriya hisobotlaridagi xatolarni to’g’rilashi
mutlaqo mumkin emas.
Auditor aniqlangan xato yoki kamchiliklar to’g’risida korxona rahbariyatiga
bildiradi va ularni tuzatish bo’yicha aniq tavsiyalar beradi.
Agar buxgalterlik (moliyaviy) hisobni yuritish, tegishli hisobotlarni tuzish va
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilish bo’yicha ko’rsatilgan
kamchiliklar audit o’tkazish chog’ida buyurtmachi korxona tomonidan tuzatilmasa,
buxgalterlik (moliyaviy) hisobotning ishonchliligini tasdiqlash mumkin emasligi
to’g’risida auditorlik tekshiruvining xulosasida yoziladi.
|