8
darajada bo’lsa, auditorlar hisobga olishning to’g’riligi va aniqligini tekshirishi,
shuningdek,
hisob
ma’lumotlari
bo’yicha
majburiyatlarning
oshirib
ko’rsatilmaganligini aniqlashlari lozim. Bu holda dastlabki hujjatlar ma’lumotlari
analitik hisob registrlari (jurnallar, oborot yoki saldo qaydnomalari) da aks
ettirilgan
axborotlar bilan, oldin eng katta qoldiqlilaridan boshlab (chunki ular
bo’yicha oshirib ko’rsatish ehtimoli ko’proq) solishtiriladi. Olingan ma’lumotlar
bo’yicha hisob yozuvlarida (masalan, bitta schyotni hisob registrida ikki marta aks
ettirish va shunga o’xshash) majburiyatlar (debitor va kreditor qarzlar) oshirib
ko’rsatilish holatlarining katta-kichikligini baholash zarur;
mol yetkazib beruvchilar va boshqa kontragentlar bilan hisob-kitoblarni
tasdiqlash. Audit o’tkazish chog’ida bunday tasdiqni olish majburiy emas.