Korxona faoliyati natijalari va hisobot ishonchligiga ta’siri
summa
Balans moddasiga n-n %
Buxgalteriya hisoboti ma’lumotlarining buzib ko‘rsatilishi va balansning «Nomoddiy aktivlar» moddasi ishonchliligini tasdiqlash imkoni yo‘qligi quyidagi sabablardan kelib chiqadi:
0400 - «Nomoddiy aktivlarni hisobga oladigan schyotlar» (0410-0490) da asossiz ravishda nomoddiy aktivlar qatoriga olib borilganligi, ob’ektlar tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilmaganligi; nomoddiy aktivlarning inventar (balans) qiymatiga ularni sotib olish yoki yaratish bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlarning qo‘shilganligi; analitik hisob yuritilmasligi.
quyidagi faktlar korxonada ichki nazoratning past darajada ekanligidan dalolat beradi: yillik buxgalteriya hisobotini tuzishdan oldin nomoddiy aktivlar inventarizatsiya qilinmasligi, hisob siyosatida belgilangan inventarizatsiya o‘tkazish muddatlariga rioya qilinmasligi; inventarizatsiya natijalari tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilmaganligi; inventarizatsiya natijalari yillik buxgalteriya hisobotida o‘z vaqtida aks ettirilmasligi; nomoddiy aktivlarning foydali xizmat qilish muddatlarini noto‘g‘ri (noqonuniy) belgilash oqibatida korxona xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari buzib ko‘rsatishi; amortizatsiya hisoblanmaydigan toifaga kiruvchi nomoddiy aktivlarga ham amortizatsiya hisoblanishi; noishlab chiqarish sohasida ishlatiladigan nomoddiy aktivlar bo‘yicha hisoblangan amortizatsiya ajratmalarini mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga olib borish; nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarishga doir muomalalarni hisobda aks ettirish uslubiyotining buzilishi.