Balansda muhim o‘rin tutadigan moddalarning jiddiylik
darajasini aniqlash (balans umumiy summasining 1% dan
yuqori bo‘lgan moddalar muhim deb olingan)
Balans moddalari
|
Summa, ming so‘m
|
Moddaning balans jamidagi ulushi%
|
Jiddiylik darajasi, ming so‘m
|
Aktiv moddalari
|
Asosiy vositalar
|
654472,0
|
80,4
|
8040,0
|
Ishlab chiqarish zahiralari
|
39957,0
|
5,0
|
500,0
|
Tayyor mahsulotlar
|
49211,0
|
6,0
|
600,0
|
Xaridor va buyurtmachilar
|
69938, 0
|
8,6
|
860,0
|
BALANS
|
813578,0
|
100,0
|
10000,0
|
Passiv moddalari
|
Ustav kapitali
|
19741,0
|
2,4
|
240,0
|
Rezerv kapitali
|
616135,0
|
75,7
|
7570,0
|
Taqsimlanmagan foyda
|
23819,0
|
2,9
|
290,0
|
Kelgusi davr sarflari va to‘lovlari uchun rezervlar
|
24134,0
|
3,0
|
300,0
|
Ќisqa muddatli qarzlar
|
30000,0
|
3,7
|
370,0
|
Xaridor va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar
|
32120,0
|
3,9
|
390,0
|
Kreditorlar:
mol etkazib beruvchilar
byudjet bo‘yicha qarzlar
boshqa kreditorlar
|
8597, 0
23102, 0
35930, 0
|
1,1
3, 2
4, 1
|
110,0
320,0
410,0
|
BALANS
|
813578,0
|
100, 0
|
10000,0
|
Auditor aniqlangan xatolar bo‘yicha mijoz-korxona rah-bariyatiga joriy buxgalteriya davrida tuzatish yozuvlarini amalga oshirishni tavsiya qilishi lozim. Agarda taxmin qi-linayotgan xatolar va tafovutlar sezilarli darajada bo‘lsa, mijoz-korxona rahbariyatining tuzatish kiritishga rozi bo‘l-masligi auditor uchun salbiy auditorlik xulosasi tuzishga asos bo‘lishi mumkin.
Auditorlik tashkiloti tomonidan o‘rnatiladigan asosiy ko‘rsatkichlar tizimi va jiddiylik darajasi hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi hamda auditorlik tashkilotining ijro organi tomonidan tasdiqlanadi.
Auditorlik tekshiruvi jarayonida yuzaga kelgan vaziyatlar taqazosi bilan jiddiylik darajasi ko‘rsatkichi o‘zgartirili-shi (tuzatilishi) mumkin. Bunda jiddiylik darajasining o‘zgartirilish fakti, uning yangi ko‘rsatkichi, tegishli hisob-kitoblar va dalil-isbotlar tafsiloti auditorning ishchi hujjatlarida aks ettirilgan bo‘lishi lozim.
Ta’kidlash joizki, №9-AFMS da jiddiylik darajasining asosiy ko‘rsatkichlar tizimini va ushbu darajani aniq-lashning uslubiy asoslangan tartibini auditorlik tashkiloti tomonidan o‘zgartirish uchun asos bo‘luvchi omillar ham keltirilmagan. Bizning fikrimizcha, bunday omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:
moliyaviy hisobot asosiy ko‘rsatkichlarini yoki balans moddalarini aniqlash tartibiga ta’sir qiladigan, buxgalteriya hisobi va soliqqa tortishni isloh qilishga doir o‘zgarishlar;
jiddiylik darajasini aniqlash uslublari oldiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydigan, auditga doir qonunchilikdagi o‘zgarishlar;
auditorlik tashkiloti ixtisoslashuvining o‘zgarishi;
auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tarkibidagi o‘zgarishlar, ularning ishlab chiqarish turi yoki tarmog‘iga tegishliligining o‘zgarishi;
auditorlik tashkiloti rahbariyatining o‘zgarishi.
Jiddiylik darajasi buxgalteriya hisobi yuritiladigan va buxgalteriya hisoboti tuziladigan valyutada ifodalanishi lozim. Jiddiylik darajasi har bir auditorlik tekshiruvi uchun tekshiruvni rejalashtirish bosqichi yakunlanganidan so‘ng aniqlangan bo‘lishi lozim. Aniqlangan jiddiylik darajasining qiymati auditorlik tekshiruvining umumiy rejasida ham aks ettirilgan bo‘lishi kerak. Agar mijoz-korxona vakillari jiddiylik darajasining auditorlik tashkiloti tomonidan aniqlanish tartibi bilan qiziqib qolishsa, u holda auditorlar ularga ushbu axborotni taqdim etishlari zarur.
Dostları ilə paylaş: |