2. Yakka avtokatodlar elektron zondli sistemalarda keng qo’llanilmoqda: atomni ajrata olish qobiliyatiga ega, sizib o’tuvchi va rastrli elektron mikroskoplar, elektron litografiyasi tizimlari va oje-spektroskopiya. Bunday o’ta yuqori ajrata olish qobiliyatiga ega bo’lgan yangi sinf asboblarining yaratilganligi, tig’li avtokatod juda tor energetik spektrli va katta ravshanlikli deyarli ideal elektronlarning nuqtaviy manbai ekanligi sharofati bilandir.

Eng oxirgi yutuqlardan biri elektron golografiyasi g’oyasining amalga oshirilganidir. Elektron golografiyasida atom obyektlarining hajmiy tasvirini olish imkoniyati bor. Tig’li avtoemitter bir vaqtning o’zida katta ravshanlikka va yuqori fazoviy hamda vaqt bo’yicha kogerentlikka ega ekanligi tufayli, bunday natijalarni olishga erishildi
Avtoelektron emisiyani tadqiq qilishning muhim bosqichi 1936 yilda E.Myuller tomonidan avtoemission mikroskop-proyektorning ixtiro qilinishi bo’ldi. Bu asbob yordamida avtoelektron emissiyani beqaror keltirib chiqaruvchi jarayonlarning sabablari oydinlashtirildi, maydon, temperatura, begona atomlarning adsorbsiyasi, elektron va ion bombardirovkasi ta’sirida avtoemitterning shakli o’zgarishini tadqiq qilishga imkon yaratildi.