Ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimi
(MBBT
) – ma`lumotlar strukturasi ko’rinishida
tashkil qilingan informatsion baza bilan ishlashni ta`minlaydigan dasturiy-metodik kompleksdir.
MBBT quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
−
ma`lumotlar bazasini aniqlab olish, ya`ni shemalarning kontseptual tashqi va ichki
darajalarini bayon qilish;
−
ma`lumotlarni bazaga yozish;
−
ma`lumotlarga o’zgartish va qo’shimchalar
kiritish, ularni qayta tashkil qilishni
bajargan holda ularning saqlanishini tashkil qilish;
−
ma`lumotlarga kira olishni t`minlash (qidirish va chiqarib olish).
Ma`lumotlarni tanib olish va ularga kirish uchun MBBTda til vositalari mavjud. Masalan,
ma`lumotlar strukturasi bayonidan tashkil topgan ma`lumotlarni tanib olish tili yordamida
t`minlanadi. Ma`lumotlarga kirish funksiyasi ma`lumotlarni manipulyatsiya qilish tili va so’rov
qilish tili yordamida amalga oshadi. qullab (tutib) turiladigan strukturalar bo’yicha MBBTning
ierarhik, tarmoqli va nisbiy (relyatiz) turlari bo’ladi.
Mashina grafikasining dasturiy-metodik komplekslari
(DMK)
foydalanuvchining EHM
bilan muloqotida grafik
informatsiya almashinuzini, geometrik masalalarni yyechishni,
tasvirlarni shakllantirishni va grafik informatsiyani avtomatik ravishda tayyorlashni ta`minlaydi.
Foydalanuvchining EHM bilan grafik muloqoti («kirishning grafik metodi») kirish-chiqish
nimdasturlariga asoslanadi; bu nimdasturlar kiritish-chiqarish qurilmalaridan olinadigan
komandalarning qabul qilinishini va ularga ishlov berilishini
hamda ushbu qurilmalarga
boshqaruv ta`sirlarining chiqarilishini ta`minlaydi.
Geometrik masalalar yechimi (grafik modellash) grafik informatsiyani qayta
o’zgartirishga keltiriladi; bu o’zgartirish qurish, burish, masshtablash va sh.k. turlardagi
elementar grafik operatsiyalarni u yoki bu ketma-ketlikda bajarilishida ifodalanadi. Grafik
modellash
uchun DMKlardan foydalaniladi; ularda alohida elementar grafik operatsiyalardan
tashqari uch o’lchamli tasvirlarni grafik qayta o’zgartirishlar, proektsiya, kesim va h.k.larni
ko’rish protseduralari amalga oshirilishi mumkin.
Grafik o’zgartirishlar DMKsida ba’zi tez-tez foydalaniladigan tasvirlarni shakllantirish,
grafik ma’lumotlar bazasini boshqarish, Grafikaviy nimdasturlarni
sozlash uchun vositalar
odatda nazarda tutiladi.
Dialogli rejim grafik va (yoki) belgi (simzol)li informatsiyalarni kiritish, nazorat,
redaktorlash, qayta o’zgartirish va chiqarishni amalga oshiradigan dasturiy-metodik komplekslar
yordamida amalga oshiriladi. Topshiriqlarni bajarilishini paket rejimida va uzoqdagi
terminallarga natijalarni chiqarishni aloqa kanallari orqali ta`minlaydi. ALTda vazifasi umumiy
bo’lgan dialogli DMKlar bilan bir qatorda ihtisoslashgan DMKlardan ham foydalanish mumkin.
Vazifasi umumiy bo’lgan DMKlarni ALTni yaratish va ekspluatatsiya qilishning
boshlang’ich bosqichlarida qo’llash maqsadga muvofiq;
bu DMKdan loyihalash
metodologiyasini, ma`lumotlar va amaliy dasturlarga ishlov berish tehnologiyasini ishlab chiqish
va tekshirish uchun foydalaniladi.
Muammoli yunalgan DMKlar o’z ichiga boshlang’ich ma`lumotlarni, butun loyihalash
ob`ektiga yoki uning yig’ma birliklariga bo’lgan talablar va cheklanishlarni avtomatlashtirilgan
ravishda tartibga solish uchun mo’ljallangan dasturiy vositalarni; loyihalash ob`ektining
fizikaviy ishlash printsipini tanlashni; tehnikaviy yyechimlarni va loyihalash ob`ekti strukturasini
tanlashni; konstruktsiyalarning sifat ko’rsatkichlari (tehnologikligi)ni
baholashni, detallarga
ishlov berish marshrutini loyihalashni olishi mumkin.
Ob`ektli-yo’nalgan DMKlar loyihalash ob`ektlari hususiyatlarini predmet sohasi majmui
sifatida aks ettiradi. Bunday DMKlarga, masalan, yig’ma birliklarni; standart yoki qabul qilingan
yyyechimlar asosida detallarni; shakl elementlaridan sintez asosida detallarni;
detallarga ishlov
berish turlari bo’yicha tehnologik jarayonlarni va h.k.larni loyihalashni avtomatlashtirishni
qo’llab-quvvatlaydigan DMKlar kiradi.
Nazorat savollari
1.
ALTni yaratish printsiplarini bayon qiling.
2.
ALTni yaratishdagi asosiy holatlarni bayon qiling.
3.
ALT strukturasini tasvirlab bering.
4.
ALT kompleks vositalari va komponentlarining hamma turlarini aytib bering.