Mavzu: axborot komunikatsiya texnologiyalari bo’yicha meyoriy xujjatlar

Informatika va hisoblash texnikasi asoslari ta’limining maqsadi

Yüklə 29 Kb.
səhifə4/4
tarix16.06.2023
ölçüsü29 Kb.
#131209
1   2   3   4
18 mavzu

Informatika va hisoblash texnikasi asoslari ta’limining maqsadi
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida informatika va hisoblash texnikasi asoslari kursining ahamiyati uning texnika taraqqiyotida ishlab chiqarish sohasida va kundalik hayotda tutgan o’rni bilan beligilanadi. Maktabda informatika o’qitish ta’limining umumiy maqsadlarga hizmat qilishi, ya’ni o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, mantiqiy tafakkur qila olish qobiliyati, aqliy rivojlanishi, o’z-o’zini anglash salohiyatini shakllanishi va o’sishi, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib topishi hamda ijtimoiy hayotlari va ta’lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishi lozim.
Umumiy o’rta ta’limda «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» kursining maqsadi - o’quvchilarga axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari va ulardan foydalanish jarayonlari haqida puxta va ongli ravishda o’zlashtirish uchun bilim asoslari berishni ta’minlashdan, ularga o’quv va keyingi ish faoliyatlarida kompyuterlardan oqilona foydalanish ko’nikma va malakalarini berishdan, shular asosida yangi axborot texnologiyalarining mamlakatimiz taraqqiyotiga qo’shadigan hissasi to’g’risida tasavvur hosil qilishdan iborat.
Informatika va hisoblash texnikasi asoslari ta’limining asosiy vazifalari:
- axborotlarni qayta ishlash haqida ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish;
- zamonaviy kompyuter texnikasining tuzilishi, tarkibi, ishi va qo’llash imkoniyatlari bilan tanishtirish;
- kompyuterlar bilan amaliy ishlash ko’nikma va malakalarini shakllantirish;
- axborot texnologiyalari haqida bilimlar berish hamda ular bilan ishlash ko’nikma va malakalarini shakllantirish;
- kompyuterda masalalar echish texnologiyalari bilan tanishtirish, uning asosiy bosqichlari haqida aniq tasavvur hosil qilish va ko’nikmalarni shakllantirish;
- asosiy algoritmik tuzilmalarni bilish, algoritmlash va dasturlash asoslari bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirish; 
- kompyuterning dastur ta’minoti tarkibi, vazifalarini va ularni o’rnida qo’llash imkoniyatlarini aniqlay bilish;
- o’qish davomida ega bo’lingan bilim va ko’nikmalardan tipik o’quv masalalarini echishda foydalana olish;
- yangi axborot texnologiyalarining jamiyatimizning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotidagi muhim ahamiyati va inson faoliyatining turli jabhalariga ijobiy ta’siri haqida tasavvur hosil qilish.
Umumiy o’rta ta’lim maktabida informatika va hisoblash texnikasi asoslari ta’limi oldiga qo’yilgan vazifalarning bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish ushbu Davlat ta’lim standarti orqali amalga oshiriladi. U umumiy o’rta ta’lim maktabida beriladigan informatika va hisoblash texnikasi asoslari ta’limi mazmunining majburiy minimumi hamda o’quvchilarning informatika va hisoblash texnikasi asoslaridan tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan minimal talablar majmuasini ifodalaydi.
Informatika va hisoblash texnikasi asoslari ta’limi majburiy minimumi umumta’lim maktablarida o’quvchilarga informatika va hisoblash texnikasi asoslaridan berilishi zarur bo’lgan ta’lim mazmunining minimumini ifodalaydi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilarining informatikadan tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar uning asosiy mazmunining yo’nalishlari, axborot, kompyuter, axborot texnologiyalari, kompyuterda masalalar echish texnologiyalari, axborot texnologiyalarining istiqbollari bo’yicha belgilanadi.
Axborot. Axborot va axborot jarayonlari. Informatika va hisoblash texnikasi asoslari kursining maqsadi va vazifalari. Axborot turlari va xususiyatlari. Axborot bilan ishlash jarayonlari va vositalari. Axborot miqdori, uzatish tezligi, o’lchov birliklari. Axborot tarmoqlari. Axborotlarni tasvirlash yo’llari. Sanoq sistemalari. Axborotlarni ikkilik sanoq sistemasida ifodalash. Ikkilik sanoq sistemasida arifmetik amallar bajarish. Ma’lumotlarning kompyuterda tasvirlanishi. Axborotli jarayonlarning boshqarilishini o’rganish.
Kompyuter o’quvchilarning ijodiy va abstrakt fikrlash darajasini yaxshiroq tushunish, o’z navbatida keng va chuqur rivojlantirish imkonini beradi. Ma’lumki, bunday fikrlash uyg’unligi matematika va boshqa fanlarni o’zlashtirishga katta ta’sir ko’rsatadi.
Informatika fanining boshqa fanlarga o’xshamasligi o’quvchilarda yoqimli o’yin kabi tasavvur qoldirishi bilan birga, o’z ijodiy qobiliyatlarini ochishlariga turtki bo’lib xizmat qiladi.
O’quvchilar kompyuterda ishlab izlanuvchi va tadqiqotchiga aylanishadi. Bunda o’z tajribalariga tayangan holda ular hulosa chiqarish va umumlashtirishga o’rganadilar.
Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 11-12-son, 295-modda)qonunlariga hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi 203-son “O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’limni tashkil etish to’g’risida”gi qaroriga muvofiq umumiy o’rta ta’lim muassasalari 5–9-sinf o’quvchilarining bilimlarini baholash va ularning reytingini aniqlash tizimini belgilab berdi.
1. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida 5–9-sinf o’quvchilarining bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 16 avgustdagi 390-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartining tarkibiy qismi hisoblanadi.
2. Reyting tizimi barcha umumiy o’rta ta’lim maktablarida joriy etiladi va mazkur Nizom asosida amalga oshiriladi.
3. O’quvchilarning bilimini baholash quyidan yuqoriga qarab ijobiy baholash mezoni asosida amalga oshiriladi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
Mamlakatda zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etish yuzasidan izchil ish olib borilmoqda. Shu bilan birga, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini boshqarish va joriy etish sohasidagi bir qator tizimli muammo va kamchiliklar ushbu sohaning jadal rivojlanishiga, sifatli axborot xizmatlarini ko‘rsatishga to‘sqinlik qilmoqda.
Xususan: birinchidan, telekommunikatsiya infratuzilmasi yetarlicha rivojlanmagan, mamlakatning olis aholi punktlari telekommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlanmasdan qolmoqda, mobil aloqa va Internet tarmog‘ining sifati aholi ehtiyojlarini qondirmayapti; ikkinchidan, davlat boshqaruvi tizimiga axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy etishda yagona texnologik yondashuvning samarali amalga oshirilmaganligi sababli idoraviy axborot tizimlari va resurslari alohida-alohida joriy qilinmoqda, buning oqibatida ularni yagona axborot makoniga integratsiyalash jarayoni murakkablashmoqda; 
uchinchidan, elektron tijoratda integratsiyalashgan savdo va marketing platformalari, internet-do‘konlar, to‘lov tizimlarini, shuningdek, logistika tizimlarini joriy etishga yetarlicha e’tibor qaratilmayapti, bu iqtisodiyot va tadbirkorlik rivojlanishi, chet el investitsiyalari jalb qilinishi to‘xtatib turilishining sabablaridan biri bo‘lmoqda; to‘rtinchidan, davlat axborot tizimlari va resurslarida axborot xavfsizligini va axborotni muhofaza qilishni ta’minlash ishlarining zaif tashkil etilganligi axborotdan ruxsatsiz foydalana olish, ma’lumotlar bazalarining butunligi va maxfiyligini buzish imkoniyatini oshirmoqda; beshinchidan, ko‘plab davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari tomonidan aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifati va tezkorligini oshirish, byurokratik tartib-taomillarga barham berish, qog‘oz hujjat aylanishini kamaytirishga qaratilgan axborotlashtirish hamda zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish loyihalarini amalga oshirish masalalariga yetarlicha e’tibor berilmayapti; 

oltinchidan, pochta aloqa xizmatlari va logistika tizimini modernizatsiya qilish, pochta aloqasi milliy operatori faoliyatining sifat jihatdan yangi uslublarini joriy etish va bozorda uning faoliyati mavqeini oshirishga doir ta’sirchan choralar ko‘rilmayapti; yettinchidan, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning amaldagi tizimi IT-texnologiyalar rivojlanishining tezkor sur’atlarini hisobga olmayapti, shuningdek, ta’lim berishning ilg‘or uslublarini joriy etish uchun xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalari bilan samarali muloqotni tashkil qilish imkonini bermayapti; sakkizinchidan, elektron hukumat, elektron tijorat, elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi, ularning shaffofligi va ochiqligi, shuningdek, telekommunikatsiya infratuzilmasining rivojlanishida ancha ilgarilab ketgan mamlakatlarning tajribasini chuqur o‘rganish va joriy etish bo‘yicha tizimli ish olib borilmayapti. 

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, elektron davlat xizmatlari va telekommunikatsiya xizmatlari spektrini kengaytirish, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasiga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb yuritiladi) hamda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining: Respublika axborot-kutubxona markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlarini O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tasarrufiga o‘tkazish; 

“Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi” davlat muassasasini O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tuzilmasiga berish; “Matbuot tarqatuvchi” AKni belgilangan tartibda “O‘zbekiston pochtasi” AJga qo‘shish masalasini “Matbuot tarqatuvchi” AK va “O‘zbekiston pochtasi” AJ aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishlarida qo‘yish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. Vazirlik ikki hafta muddatda o‘tkazilayotgan tashkilotlarning shtat birliklari va binolari, shuningdek, ularga tegishli bo‘lgan tovar-moddiy boyliklar, shu jumladan pul mablag‘larining O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligiga berilishini ta’minlasin. 

Xulosa:
Xulosa qilib aytganda Xalq ta’limi vazirligining «Ta’lim muassasalarida ijodiy muhitni rivojlantirish o‘quv yili chora-tadbirlari dasturi»ning mazmun va mohiyati haqidagi nizomida kommunikatsiya texnologiyalari rivojlantirish to’g’risidagi qarorlari joriy etilgan bo’lib unda vazirlik rejalari bayon etilgan.
O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya va kompyuter texnologiyalarining taraqqiyoti va istiqboli. Ta’lim tizimiga yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining kirib kelish istiqbollari haqida ma’lumotlar. Xalq ta’limi tizimini rivojlantirishga yo‘naltirilgan xorijiy loyihalar, ularning maqsad va vazifalari haqida. Yangi axborot va pedagogik texnologiyalardan, o‘quvchilarning faoliyatini faollashtiruvchi usullardan xabardor bo‘lish va mashg‘ulotlarda ulardan foydalanish malakasini o‘zlashtirish.
Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar
1. http://www.lex.uz
2. http://mitc.uz
3. https://tuit.uz/meyoriy-huquqiy-xujjatlar
4. Kommunikatsiya texnologiyalari fanidan ma’ruza matnlari
Yüklə 29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin