3
siyohli va lazerli. Matritsali printerlar nuqtalar yordamida bosmaga chiqaradi. Shuning uchun ham
ularni nuqta-matritsali printerlar deb ham atashadi. Bunday printerlar nisbatan sekin ishlaydi, chop
qilish sifati uncha yaxshi emas va chop qilish tezligi ham katta emas. Ular keng (A3) va oddiy
(A4) chop etish formatiga ega. 24, 48 ignali (nuqtali) printerlar mavjud bo’lib, albatta ignalar soni
ko’pligi yaxshi ekanligi tushunarlidir.
Siyohli printerlar. Bunday printerlar maxsus (rangli va rangsiz) siyohlarni purkash yo’li
bilan ishlagani uchun ular siyohli deb ataladi. Bu printerlarning turli ranglarda chop qilish sifati
tiniq va ravshan bo’lib, ularning kamchiligi - siyohining tez tamom bo’lib qolishi va uning
nozikligidir. Bu printerlar
matnlarni nisbatan tez, grafik tasvirlarni esa sekinroq chop etadi.
Lazer printerlar. Lazer printerlar ham sifati, ham tezligi jihatidan
eng yaxshi printer
hisoblanadi. Ular rangli va rangsiz bo’ladi.
5-rasm. Lazerli printer
Modem.
Modem modulatsiya, demodulatsiya so’zlaridan olingan bo’lib, uzluksiz
signallarni raqamli (modulatsiya) va raqamli ma’lumotlarni uzluksiz (demodulatsiya)
signalga
almashtirib beradigan qurilmadir. Uning asosiy vazifasi kompyuterlararo aloqani o’rnatishdir. U
o’zining kommunikatsion programmalariga ega bo’lib, bu programmalar yordamida uzoq
masofalarga ma’lumotlarni uzatishi va qabul qilishi mumkin. Modem ichki va tashqi bo’lishi
mumkin. Hozirda ko’p kompyuterlar modem bilan birga sotilmoqda.
6-rasm. Tashqi modem 7-rasm. Ichki modem. 8-rasm.
USB modemlar
Skaner. Skaner-matn, grafika, tasvirlarni kompyuterga kiritishni avtomatlashtirish uchun
xizmat qiluvchi qurilma. U hozir asosan rangli ko’rinishda chiqarilayapti. Uning andozasi sifatida
HP (Hewlett Packard) firmasi ishlab chiqaradigan HP Scanjet rusumli skanerlar qabul qilingan.
9-rasm. Skanerning ko‘rinishi
Uning asosiy tavsifi ma’lumotlarni aniq, tiniq, lozim bo’lgan rangda (xususan qora rangli)
ko’rinishda chiqarish qobiliyatidir. Ushbu tasvirlash qobiliyati gorizontal va vertikal chiziqlardagi
nuqtalar (piksellar) soni orqali belgilanadi. Odatda bu xarakteristika misol uchun 300x600,
600x1200 ko’rinishda bo’ladi. Bu degani gorizontal chiziqlar bo’yicha nuqtalar (piksellar) soni
4
300 (600), vertikal bo’yicha piksellar soni 600 (1200)ta ekanligini bildiradi. Nuqtalar soni qancha
ko’p bo’lsa ma’lumotlar aniqroq tasvirga ega bo’ladi. Tabiiyki, skanerni HP dan boshqa firmalar
ham ko’plab ishlab chiqaradi.
Dostları ilə paylaş: