2.5. Aloqa yo’llarining texnologik ko’rsatgichlarini moslash Har qanday elektr aloqa yo’llari maxsus chora ko’rilishini talab qiladi, bu choralarsiz axborotlarni bexato uzatib bo’lmasligidan tashqari, butunlay tarmoq o’z vazifasini bajara olmaydi. SHisha tolali kabellar bu kabi muammolarni o’zo’zidan hal qiladi.
Moslash — bu elektr aloqa yo’li signallarni uzun masofaga meьyorida, aks sadosiz va o’zgartirmasdan yetkazash uchun ishlatiladigan tadbir. Moslash prinsipi ancha sodda: kabel uchlariga moslovchi qarshilik (terminator) o’rnatish kerak, bu qaishilikning kattaligi ishlatilayotgan kabelning to’lqin qarshiligiga leng bo’lishi shart.
To’lqin qarshilik — bu kabel tunning ko’rsatgiehlaridan biri bo’lib, faqat uning tuzilish ko’rsatgichlari, yaьni kesim yuzasi, o’tkazgich shakli va soni, qalinligi hamda himoyalovchi dielektrik materialga bogiiq. Kabelni to’lqin qarshiligining qiymati kabel huijatlarida keltirilgan bo’ladi va u, odatda, 50—100 Om koaksial kabel uchun, 100—150 Om To’qilgan juftlik yoki ko’p simli yassi kabel uchun tashkil qiladi. To’liq qarshilikni aniq ko’rsatgichini kabel orqali o’tkazilayotgan impuls ko’rinishining o’zgarishiga qarab ossillograf va impuls generatorlari yordamida oson o’lchash mumkun. Odatda, moslovchi qarshilikning qiymati u yoki bu tomonga 5— 10 % dan ko’p o’zgarmasligi talab qilinadi. 2.6. Axborotlarni kodlashtirishTarmoqdan uzatilayotgan axborotni kodlash, axborot uzatishning maksimal ruxsat etilgan tezligiga va ishlatilgan uzatish muhitining o’tkazish qobiliyatiga to’g’ridan to’g’ri taьsiri bor. Masalan, bir kabeldan o’tayotgan turli kodlarda uzatilayotgan axborotning ruxsat etilgan chegara tezligi ikki barobar farq qilishi mumkin. Tanlangan koddan, tarmoq qurilmalarining murakkabligi va axborot uzatish ishonchliligiga bog’liq. Mahalliy tarmoqlarda foydalaniladigan baьzi kodlar 2.10rasmda keltirilgan. Bu kodlarni afzalliklari va kamchiliklarini ko’rib chiqamiz.
2. Wrasm. Axborot uzatishda ko’p ishlaiiladigan kodlar.
NRZ kodi (Non Return to Zero ) — nol holatga qaytmaslik — bu oddiy kod odatdagi raqamii signaldan iborat (qutblari teskari o’zgargan yoki bir va nolga teng qiymatlar o’zgargan bo’lishi mumkin). NRZ kodining muhim afzaliiklariga uning oddiy hosil qilinishi (boshlang’ich signalni uzatish tomonda kodlash va qabul qilishda dedektorlash kerak emas), shuningdek, boshqa kodlar orasida aloqa yo’lidan eng kam tezlikda o’tislii kiradi.
Misol uchun tarmoqda signalni eng ko’p o’zgarish holati, bu 1 bilan 0 ga 010 o’zgarib turish holati, yaьni 1010101.010.... ketmaketlik, shuning uchun 10 Mbit/s (bir bit davri 100 ns) tezlikda uzatilishi amalga oshirilganda, signalni chastotasi va shuningdek, aloqa yo’lining talab etilgan o’tkazish imkoniyati 1/200 ns = 5 MGts tashkil etadi (2.11rasm).
NAZORAT SAVOLLARI
Axborot uzalish muhiti tushunchasining taьrifi.
Kabel turlarini sanab bering.
O’ralgan juftlik kabeli qanday tuzilgan?
O’raigan juftlik kabel afzalliklari va qo’llanilishi.
Kabellar qanday tashqi g’ilofda ishlab chiqariladi?
Koaksial kabel tuzilishini bayon eting.
Koaksial kabelning afzalliklari va kamchiliklari nimalardan iborat?
Koaksial kabelning texnik ko’rsatgichlari va qo’llanilishini izohlang.