Mavzu: Axborot uzatish muxiti. Reja: Kabellar Aloqa yo’llarining texnologik ko’rsatkichlarini moslash



Yüklə 205,59 Kb.
səhifə4/6
tarix26.06.2023
ölçüsü205,59 Kb.
#135306
1   2   3   4   5   6
Aloviddin Kurs ishi

2.3. SHisha tolali kabellar SHisha tolali kabel ­ bu yuqorida ko’rib chiqilgan ikki kabel turlaridan tubdan farqlanuvchi kabel. Bu kabel turida axborot elektr signali ko’rinishda emas, yorig’lik ko’rinishida uzatiladi. Bu turdagi kabelning asosiy elementi ­ shaffof shisha tola bo’lib, u orqali yorug’lik juda katta masofalarga (o’nlab kilometrgacha) kam (sezilarsiz) so’nish bilan uzatiladi.
kerakli turdagi razyom o’rnatilgan holda savdoga chiqariladi.
SHishatolali kabellarda signalni ikkinchi yo’nalishga ham ayirish imkoni bo’lsa ham (buning uchun maxsus 2—8 kanallarga taqsimlovchi moslamalar ishlab chiqariladi), odatda, bu kabellarni bir tomonga axborot uzatish uchun ishlatiladi. Yaьni bitta uzatuvchi va bitta qabul qiluvchi qurilma oralig’ida. Har qanday taqsimlanish, oqibatda yorug’lik signalini ilojsiz so’nishga olib keladi va agarda, ko’p kanalga taqsimlanilsa, u holda yorug’lik tarrnoq oxirigacha yetib bormasligi ham mumkin.
Elektr kabeliga qaraganda, shisha tolali kabelning mustahkamligi va egiluvchanligi kam (ruxsat etilgan egilish radiusi 10—20 sm atrofini tashkil etadi). Ionlashgan nurlanish harn unga tez taьsir qiladi, chunki shisha tola shaffofligi kamayib, signalning so’nishi oshib boradi.
Haroratning keskin o’zgarishiga ham sezgir, sababi, bunday o’zgarish taьsirida shisha tola darz ketishi mumkin. Hozirgi vaqtda radiatsiyaga chidamli shishadan optik kabellar ishlab chiqarilmoqda, tabiiyki, ularningnarxi qimmatdir. SHisha tolali kabellar, shuningdek, mexanik taьsirga ham sezgir (urilish, ultratovush) bu holatni mikrofon effekti, deb ham yuritiladi. Bu taьsirni kamaytiiish uchun yumshoq tovush yutuvchi qobiqdan foydalaniladi.
SHisha tolali kabellarni faqat «Yulduz» va «Halqa» topologiyalarda qo’llaniladi. Bu holda hech qanday moslash va yerga ulash muammosi mavjucl emas. Kabel tarmoq kompyuterlarini ideal ravishda galvanik ayirish holatini taьminlaydi. ehtimol kelajakda kabellami bu turi elektr kabellarni siqib chiqaradi yoki ko’p qismini siqib chiqaradi.
Qitьamizda mis zaxiralari kamayib borayapti, lekin shisha ishlab chiqarish uchun xomashyo esa, zaruridan ortiq. SHisha tolali kabellarni ikki turi mavjud: ko’p modli yoki multimodli kabel, ancha arzon, lekin sifati past; bir modli kabel, narxi ancha qimmat, lekin yaxshi texnik ko’rsatgichlarga ega.
Bu tur kabellarni asosiy farqi shuki, ularda yorug’lik nuri turli tartibda o’tadi. Bir inodli kabellarda hamma nur bir xil yo’ldan o’tish natijasida ularning hammasi qabul qilish qurilmasiga bir vaqtda yetib keladi va signalning tuzilishi o’zgarmaydi. Bir modli kabelning markaziy tola diametri 1,3 mkm atrofida bo’lib, faqat 1,3 mkm to’lqin uzunligidagi yorug’likni uzatadi. SHuningdek, dispersiya va signalni so’nishi sezilarsiz darajadadir, bu esa, ko’p modli kabeldan ko’ra, ancha uzoq masofaga signal uzatish imkonini beradi. Bir modli kabellar uchun lazerli uzatish va qabul qilish qurilmalaridan foydalaniladi. Bu qurilmalar faqat talab qilinadigan to’lqin uzunligidagi yorug"lik ishlatiladi. Bunday uzatish va qabul qilish qurilmalari hozirda nisbatan qimmat va ko’p ishlatishga chidamsiz. Kelajakda b i r modli kabellar o’zining juda yaxshi ko’rsatgichlari uchun asosiy kabel bo’lib qolsa kerak.
Ko’p modli kabelda yorug’lik nurlarining yo’llari sezilarli darajada farq qilgani uchun kabelning qabul qilish tomonida signal ko’rinishi o’zgaradi. Markaziy tola diametri 62,5 mkm, tashqi qoplama diametri esa, 125 mkm (bu baьzida 62,5/125 ko’rinishda belgilanadi).
Uzatish uchun lazer emas, oddiy yorug’lik diodi (svetodiod) ishlatiladi, bu esa, uzatish va qabul qilish qurilmasini narxini arzonlashtiradi hamda xizmat vaqtini bir modli kabelga nisbatan oshiradi. Ko’p modli kabelda yorug’likni to’lqin uzunligi 0,85 mkrn. ga teng. Kabelni ruxsat etilgan uzunligi 2­5 km oralig’ida bo’ladi. Hozirgi vaqtda ko’p modli kabel turi shisha tolali kabellar turining asosiysi, chunki ular arzon va topish ham oson.
SHisha lolali kabellarda signal tarqalishining ushlanishi elektr kabellardagi ushlanishidan ko’p farq qilmaydi. Ko’p tarqalgan kabellarda ushlanish kattaligi 4—5 ns/m atrofldagi qjymatini tashkil qiladi.

Yüklə 205,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin