Mavzu: Axborot uzatish muxiti. Reja: Kabellar Aloqa yo’llarining texnologik ko’rsatkichlarini moslash


O’ralgan juftlik asosidagi kabellar



Yüklə 205,59 Kb.
səhifə2/6
tarix26.06.2023
ölçüsü205,59 Kb.
#135306
1   2   3   4   5   6
Aloviddin Kurs ishi

2.1. O’ralgan juftlik asosidagi kabellar o’ralgan juft simlar hozirgi kunda eng arzon va eng ko’p tarqalgan kabellarda ishlatiladi. o’ralgan juftlik asosidagi kabel tuzilishi ikkita mis sim dielektrik material bilan har biri alohida qoplanib, ular o’zaro bir­biriga o’ralgan, bunday juftliklarning bir nechtasi umumiy dielektrik (plastikli) g’ilofga olingan bo’ladi. U ancha egiluvchan va uni aloqa kanaliga yotqizish qulaydir.
Odatda o’ralgan juftlik kabel tarkibida 2 ta yoki 4 ta juftlikdan iborat bo’ladi (2.1­rasm).

Himoyalanmagan o’ralgan juftliklar tashqi elektromagnit xalaldan (pomexa) sust himoyalangan va shuningdek, sanoat ayg’oqchiligi maqsadida axborotlarni eshitishdan ham himoya­lanmagan. Axborot o’g’irlashning ikki turi maьlum: ulanish (kontaktnыe) va ulanmasdan masofadan turib (beskontaktnыy). Ulanish orqali axborotni o’g’irlash ikkita ignani kabelga sanchish orqali amalga oshirilsa, ulanmasdan axborotni o’g’irlash esa, kabel tarqatadigan elektromagnit maydonni radio orqali egallash usulidan foydalanib amalga oshiriladi. Bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun kabel himoyalanadi (ekranlanadi).
To’qilgan juftlikni (STP) e kranlashtirish vaqtida har bir juftlikni ochiq to’qilgan metall simli qobiq (ekran)ning ichiga joylashliriladi. Bunday konstruksiya kabelni nurlanishini kamaytiradi, tashqi elektromagnit maydon xalaqitlardan va juft simlarning bir­biriga taьsirini ham kamaytiradi (crossialk, perekrestnыe novodki, chorraha yo’nalishlar).
Tabiiyki, ekranlashtirilgan o’ralgan juftlik, ekranlashtirilmagan juftlikka nisbatan narxi ancha qimmat bo’ladi, ulardan foydala­nilganda maxsus ekranlashtirilgan ulovchi moslamalardan (razyom) foydalanish zarur. SHuning uchun ekranlashtirilmagan o’ralgan juftlikka nisbatan ekranlashtirilgan o’ralgan juftlik kam uchraydi.
Ekranlashtirilmagan o’ralgan juftlikning asosiy afzalligi kabel uchlariga razyomlarni ulashning osonligi va shuningdek har qanday shikastlanishlarni taьmirlashning boshqa turdagi kabelga qaraganda qulayligidir. Qolgan hamma texnik ko’rsatgichlari boshqa turdagi kabellarga nisbatan yomon. Masalan, signalni uzatishda berilgan so’nish tezligi (kabeldan signal o’tgan sari uning amplitudasini kamayishi) bu kabellarda koaksial kabel ko’rsatgichiga nisbatan katta. Agarda, kam himoyalanganligini ham hisobga olsak, nima uchun o’ralgan juftlik kabellarining uzunligi kam bo’lishi (100 metr atrofida) tushunarlidir.
Hozirgi vaqtda o’ralgan juftliklardan 100 Mbit/s tezlikda axborot uzatish uchun ishlatilmoqda va uzatish tezligini 1000 Mbit/s.ga yetkazish ustida ish olib borilmoqda. ekranlashtirilmagan o’ralgan juftli kabellaming (UPT) EIA/TIA 568 standartiga ko’ra yetti toifasi mavjud: • 1­toifadagi kabel — bu oddiy telefon kabeli (o’ralmagan juft sim) bo’lib, u orqali faqat tovushni uzatish mumkin, axborotni emas. Bu turdagi kabel texnik ko’rsatgichlari katta chekinishlaridan iborat (to’liq qarshiligi, o’tkazish yo’lagi, chorraha yo’nalishi); • 2­toifadagi kabel—bu o’ralgan juftlikdan iborat kabel bo’lib, axborotni 1MGts. gacha chastota oralig’ida uzatish uchun mo’ljallangan. Kabel chorraha yo’nalishlar darajasiga testlanmaydi. Hozirgi vaqtda juda kam ishlatiladi. EIA/TIA 568 standarti 1 va 2­toifadagi kabellarni ajratmagan; • 3­toifadagi kabel — bu kabel axborotlarni 16 MGts.gacha chastota oraliqda uzatishga mo’ljallangan, o’ralgan juftlikdan tashkil topgan bo’lib, 1 metr uzunlikda ikki sim
bir­biriga 9 marotaba o’ralgan, kabel hamma ko’rsatgichlar bo’yicha testlanadi va 100 Om to’lqin qarshilikka egadir. Mahalliy tarmoqlarga standart tomonidan tavsiya qilingan eng oddiy kabel turi bo’lib, hozirgi vaqtda ko’p tarqalgan; • 4­toifadagi kabel — bu kabel axborotlarni 20 MGts.gacha chastota oraliqda uzatishga mo’ljallangan. Kam ishlatiladi, chunki ko’rsatgichlari bo’yicha 3­toifadagi kabel ko’rsatgichlaridan kam farqlanadi. Standart 3­toifadagi kabel o’rniga 5­toifadagi kabeldan foydalanishni tavsiya etadi. 4­toifadagi kabelni hamma texnik ko’rsatgichi bo’yicha testlash mumkin va 100 Om to’lqin qarshilikka ega. IEEE 802.5 standartli tarmoqda foydalanish uchun yaratilgan kabeldir; • 5­toifadagi kabel — bu hozirgi vaqtda eng mukammal kabel bo’lib, 100 MGts chastota oralig’ida axborot uzatishga mo’ljallangan. O’ralgan juftliklardan tashkil topgan, 1 metr uzunlikda 27 ta o’ramdan kam emas (1 futga 8 ta o’ram). Kabelning hamma ko’rsatgichlari testlanadi va 100 Om to’lqin qarshilikka ega. Hozirgi zamon yuqori tezlikda ishlovchi tarmoqlarda, yaьni Fast Ethernet va TPFDDT foydalanish tavsiya etiladi. 5­toifadagi kabel 3­toifadagi kabelga nisbatan taxminan 30—40 % qimmat; • 6­toifadagi kabel — bu kabelni kelajagi yaxshi bo’lib, 200 MGts.gacha chastota oralig’ida axborot uzatadi; • 7­toifadagi kabel — bu kabelni kelajagi porloq va 600 MGts. gacha chastota oralig’da axborot uzatishi mumkin.

Yüklə 205,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin