Aylanmadan olinadigan soliqni qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari Aylanmadan olinadigan soliqni to’lashga o’tish uchun soliq to’lovchilar aylanmadan olinadigan soliqni to’lashga o’tishi to’g’risida soliq hisobida turgan joyidagi soliq organini O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan belgilangan shaklda, biroq aylanmadan olinadigan soliqni to’lashga o’tilayotgan navbatdagi soliq davri boshlanishiga qadar o’n kundan kechiktirmay xabardor qiladi.
Aylanmadan olinadigan soliqni qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari Soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi yuz million so’mdan oshgan, lekin bir milliard so’mgacha bo’lgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi yuz million so’mdan oshganda, agar Soliq kodeksining 462-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, soliqning oshib ketgan summasidan aylanmadan olinadigan soliqni to’lashga o’tadi.
Aylanmadan olinadigan soliqni qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari Yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar davlat ro’yxatidan o’tkazilgan kundan e’tiboran tadbirkorlik faoliyati sub’ektini davlat ro’yxatidan o’tkazish chog’ida tanlangan soliq solish tartibini ko’rsatish orqali aylanmadan olinadigan soliqni to’lash tartibini tanlash huquqiga ega.
Yuridik shaxslar aylanmadan olinadigan soliqni qo’llashni Soliq kodeksining 237-moddasiga muvofiq qo’shilgan qiymat solig’ini to’lovchi sifatida ro’yxatdan o’tish uchun va bir vaqtning o’zida aylanmadan olinadigan soliqni to’lashni rad etishga doir ariza berilgan oydan keyingi oyning 1-sanasidan boshlab ixtiyoriy ravishda rad etishga haqli.
Aylanmadan olinadigan soliqni qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari Agar yangi tashkil etilgan yuridik shaxsda yoki yangi ro’yxatdan o’tgan yakka tartibdagi tadbirkorda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromad summasi ro’yxatdan o’tilgan sanadan to kalendar yil tugaguniga qadar, 365 ga bo’lingan va ro’yxatdan o’tilgan sanadan to kalendar yil tugaguniga qadar bo’lgan kunlar soniga ko’paytirilganda bir milliard so’mga teng summadan oshsa, u holda bunday shaxslar ro’yxatdan o’tilgan yildan keyingi yildan e’tiboran qo’shilgan qiymat solig’i va foyda solig’ini to’lashga o’tadi.