Aylanmadan olinadigan soliqni qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari Vositachilik, topshiriq shartnomasi va vositachilik xizmatlari ko’rsatishga oid boshqa shartnomalar bo’yicha vositachilik xizmatlari ko’rsatuvchi soliq to’lovchilar, shu jumladan telekommunikatsiyalar operatorlari va (yoki) provayderlariga vositachilik xizmatlarini ko’rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadni realizatsiya qilish bo’yicha umumiy aylanmadan (bitim summalaridan) kelib chiqqan holda aniqlaydi.
Aylanmadan olinadigan soliqni qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari Moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobidan ob’ektlar qurilishini (bundan joriy va kapital ta’mirlash mustasno) bajaruvchi yuridik shaxslar bunday qurilishga doir shartnoma rasmiylashtirilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan e’tiboran qo’shilgan qiymat solig’i va foyda solig’ini to’lashga o’tadi.
Soliqni to’lash soliq to’lovchini quyidagilardan ozod etmaydi:
-Soliq kodeksi bilan uning zimmasiga yuklatilgan soliq agentining majburiyatlarini bajarishdan;
-agar Soliq kodeksida boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, hisobvaraq-faktura taqdim etish, xaridlarni hisobga olish kitobini va sotishlarni hisobga olish kitobini yuritish majburiyatidan.
Aylanmadan olinadigan soliqni qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari Soliq kodeksining 463-moddasiga muvofiq jami daromad soliq solish ob’ektidir, bundan o’ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda soliq solish chog’ida inobatga olinmaydigan daromadlar (Soliq kodeksi 304-moddasi “Soliq solishda hisobga olinmaydigan daromadlar”) mustasno.
Soliq solish maqsadida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromad deganda quyidagilar tushuniladi:
Soliq solish ob’ekti va soliq bazasi - qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun - o’z kuchlari bilan bajarilgan, tegishincha qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarini realizatsiya qilishdan olingan daromadlar. Bunda, agar yuqorida qayd etilgan xizmatlarni materiallar bilan ta’minlash majburiyati shartnomaga binoan buyurtmachining zimmasida bo’lsa, ushbu materiallarga bo’lgan mulk huquqi buyurtmachining o’zida saqlanib qolgan taqdirda, o’z kuchlari bilan bajarilgan xizmatlarni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar bajarilgan hamda tasdiqlangan xizmatlarning buyurtmachi materiallarining qiymati kiritilmagan holdagi daromadi sifatida belgilanadi;