1. Animalistik janr va uni tasviriy san'atda tutgan o'rni.
Odamlar tomonidan biror-bir ish, narsa, buyum va hokazolar mohirlik bilan
bajarilishi va maromiga etkazilib ishlanishi insonning san'atkorlik darajasini
bildiradi. Shu boisdan ham rassom, haykaltarosh, me'mor, kulol, bastakor,
yozuvchi va boshqa ijodkorlar yaratgan asarlarni san'at asari deymiz. San'at qaysi
ko'rinishda bo'lmasin kishilarning his-tuyg'usiga, ruhiyatiga ta'sir etuvchi vosita
sifatida namoyon bo'ladi. Har bir ijodkor o'z-o'zicha izlanadi, o'z - o'zicha mehnat
qiladi. Ana shuning uchun ham san'at o'ziga xos turlariga va uslublariga,
yo'nalishlariga ega.
Adabiyot, musiqa, teatr, kino, tsirk, me'morchilik, tasviriy va amaliy bezak
va shu kabi boshqa san'at turlari ham mavjud bo'lib, tasviriy san'at ularni orasida
eng qadimigi va keng tarqalgan san'at turlaridan biri hisoblanadi. Uyg'onish
davrining buyuk rassomi Leonardo da Vinchi —Tabiat yaratgan shakllarning
barcha sifatlariga o'z san'ating bilan taqlid qilishda ustasi farang bo'lmasang,
yaxshi musavvir bo'lmog'ing dargumon”, deb ta'kidlash barobarida tasviriy
san'atni egallash tabiatni o'rganish, uni sevish bilan naqadar bog'liqligini ko'rsatib,
bu sohaning o'ta murakkab soha ekanligini uqtirgan edi.
Omma orasidan etishib chiqqan iste'dodli ijodkorlar mehnatkash xalq
ommasining orzu-istaklarini, ularning go'zallik va xudbinlik, razolat va qabohat,
oliyjanoblik va insonparvarlik haqidagi tushunchalarini ifoda etuvchi asarlar
yaratdilar. Xalqning turmushi, odatlari, yutuq va mag'lubiyatlari ularning san'at
asarlarida o'z ifodasini topadi. Har bir davrda mavjud bo'lgan ana shunday san'at
hayot go'zalliklarini tasvirlab, odamlarda yuksak hislat va fazilatlarni kamol
toptirdi, ularni tenglik, ozodlik, birodarlik, yorqin kelajakka intilishga da'vat etdi.
Haqiqatdan ham insoniyat yaratib qoldirgan madaniy qadriyatlar oddiy
boyliklargina bo'lib qolmay, balki o'zida inson aql-zakovati, xis-tuyg'ulari,
turmush tarzi togrisidagi fikr-g'oyalarini o'zida aks ettiruvchi ko'zgu sanaladi.
Ibtidoiy jamoa tuzumidan bizgacha ashyoviy dalillar - mehnat va ov
qurollari, uy-anjomlari, bezak buyumlari, odamlar yashagan manzil qoldiqlari etib
kelgan. Shular ibtidoiy jamoa kishisining estetik va diniy qarashlarini bilishga,
ibtidoiy jamoaning madaniyati haqida tasavvur hosil qilishga yordam beradi.
Tuproq ostida qolib ketgan moddiy yodgorliklar, odam va hayvonlar jasadining
qoldiqlari, qoya toshlar, g'orlarga chizilgan surat va bo'rtma tasvirlar ibtidoiy
jamoa davri tarixini o'rganishning muhim manbai hisoblanadi.
San'at qadim-qadimda kishilarning mehnati jarayonida yuzaga keldi va
rivojlandi. Inson madaniyati taraqqiyot olamiga qadam qo'yadi. San'atning yuzaga
kelishi insonning ob'ektiv voqelik to'g'risidagi bilimlarining chuqurlashishiga, o'z
avlodi tajribalaridan bahramand bo'lishga olib keldi. Bu uni tabiat kuchlariga
qarshi kurashishga da'vat etdi, uning aqliy kamoloti, estetik qarashlari rivojini
jadallashtirdi.
Sharqiy Ispaniya, Kavkaz, O'rta Osiyodan topilgan sur'atlar diqqatga
sazovvordir. —Kiyiklarni ovlash" (Ispaniya) sur'atlarida obrazlar shartli (kamon
otayotgan ovchilarda bu shartlilik yaqqol seziladi), sxematik, o'ta soddalashtirilgan
holda tasvirlangan. Lekin bu shartlilik rassom aytmoqchi bo'lgan fikrni
tushunishga xalaqit bermaydi. Ov manzarasidagi holat - kiyiklarning jon talvasada
qochishi, ovchilarning epchillik bilan olib borayotgan hujumlari, ov paytidagi
shijoat, hayajon ibtidoiy jamoa rassomi tomonidan ifodali talqin etilgan. O'rta
Osiyo (Surxondaryo, Farg'ona), Ozarbayjondan topilgan suratlarda ham shu xolni
ko'ramiz. Zaravutsoy (Surxondaryo), Seymalitosh (Farg'ona) suratlari mashhurdir.
Bu suratlarda ovchilarning hayvonlarga hujumi aks ettirilgan. Zaravutsoydagi
niqob kiyib, o'ljasiga yaqinlashayotgan ovchilarni aks ettirgan surat o'tmish
hayotning ma'naviy dunyosini bilishga xizmat qiladi.
Ushbu tasvirlar zamonaviy animaslistik janrning boshlanishiga asos
bo'lganligini barcha juda yaxshi biladi.
Insoniyat qadim-qadim zamonlardan hayvonot olami bilan chambarchas
bog'liq holda turmush kechirib keladi. Shuning uchun ham musavvirlar azal-
azaldan tabiat go'zalliklarini, hayvonot olamini jonli bo'yoqlarda tasvirlab,
kishilarga ma'naviy ozuqa berishga harakat qilganlar.
Shunday musavvirlar borki, ular ko'proq insonlar bilan hamisha yonma- yon
yashovchi hayvonot olamini o'z asarlarida tasvirlaydilar. Ana shunday rassomlarni
animalist rassomlar deb ataydilar. Animalist -lotincha —animal” so'zidan olingan
bo'lib, —hayvonot dunyosi” ma'nosini anglatadi.
|