Мавзу: Бадиий асар тахлили ва унга қўйилган талаблар


  O'rta umumta'lim maktablarida qush va hayvonlar tasvirini ishlash



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix12.04.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#55232
1   2   3   4   5   6   7   8
Dadajonova Zulayxo

4.  O'rta umumta'lim maktablarida qush va hayvonlar tasvirini ishlash 

bo'yicha tajriba-sinov darslarini tashkil qilish. 

Umumta'lim  maktablarida  tasviriy  san'at  darslarini  takomillashtirish  yuzasidan 

olib  boriladigan  tajriba-sinovlarimizni  boshlashdan  avval  oldimizga  bir  qator 

maqsadlarni qo'yib oldik: 

-  tajriba  sinov  darslarini  olib  borishda  maktablardagi  tasviriy  san'at  darsida 

o'zlashtirish past bo'lgan o'quvchilar va uning sababini aniqlash; 

-  umumta'lim  maktablari  5-7  sinf  o'quvchilarini  estetik  qarashlari,  badiiy  va 

ijodiy qobiliyatlari darajasini aniqlash

-  O'quvchilarni  tasviriy  san'at  darslariga  qiziqishlarini  aniqlash  hamda 

Tajriba-sinov davomida darsga chuqurroq olib kirish; 

-  Mavzu  asosida  rasm  chizishda  tasvirni  aniq  ifodalashda  qiyinchilik 

tug'dirayotgan shakllarni (hayvonlar, qushlar v.b) aniqlash; 

-  Tajriba-sinovlarimizdan oldin mavzu bo'yicha ko'rgazmali qurollar tayyorlash

Barchamizga ma'lumki o'quvchilar odatdagi dars soatlarida erkin harakat qiladilar. 

Agar ularga imtihon, yakuniy yoki bellashuv munosabati bilan topshiriqlar berilsa ular 

bunga  jiddiy yondashadilar  va  yaxshi  natijaga erishadilar.  Sababi  o'quvchi bu  vaqtda 

iqtidorini astoydil ishga soladi. 

Umumta'lim  maktablarimizda  har  bir  chorak  so'ngida  va  yakuniy  qilib  bitta 

nazorat ishi olinadi. Shu sababli o'quv yili davomida bir soatlik dars uchun sinf bo'yicha 

qiziqarli va masuliyatli —yakun” topishimiz kerak. Masalan: Sinf bo'yicha eng yahshi 

uchlik (5-6 ta ham bo'lishi mumkin) tanlovi. Bu tanlovda eng yaxshi chizilgan va mavzu 

togri  ochib  berilgan  ishlar  tanlab  olinadi.  Ajratib  olingan  ishlar  egalari  barcha 

o'quvchilar  oldida  taqdirlanib  rag'batlantiriladi.  Natijada  o'quvchilar  orasida  faollik, 

raqobat  va  intilish  hosil  bo'ladi.  Raqobat  bor  joyda  o'sish  bo'ladi.  Yuqoridagilardan 

kelib  chiqqan  holda  biz  Tajriba-sinovlarimizni  o'quvchilarga  qanchali  ahamiyatli 

ekanligini uqtirgan holda amalga oshirdik. 

Tajriba-sinov darslari asosan Chust tumani Olmos qishlog'ida joylashgan o'rta 

umumta'lim maktablarida olib borildi. Mazkur maktablarda, avval tasviriy san'at 




 

darslarini olib borishdagi mavjud amaliy ahvolni o'rganib chiqildi, kamchilik va 

yutuqlaridan kelib chiqib tajriba uchun mavzular tanlab olindi. 

Tajriba - sinovlari olib borilgan maktablar 

xaqida ma'lumot 

1-jadval 

№ 

Maktab 


sinf 

dars turi 

o'qituvchisi 

Manzili 


56 


5,6 

amaliy 


Solijonova Umida 

CHust tumani 

Olmos qishlog'i 

63 



5, 6 

amaliy 


Po'latova Feruza 

CHust tumani Olmos 

qishlog'i 

 

Yuqorida  keltirilgan  maktablarning  tasviriy  san'at  o'qituvchilari  bilan  suhbat 



o'tkazildi.  O'quvchilar  uchun  yaratilgan  shart-sharoitlar,  kabinetlar  va  o'quvchilarni 

o'zlashtirish darajalari, qiziqishlarini aniqlab oldik. Jumladan, CHust tumanidagi 56, 63 

umumta'lim  maktablari  tasviriy  san'at  o'qituvchilari  yosh  bo'lishiga  qaramasdan 

o'quvchilar ko'rgazmalarini tashkil qilib kelishadi va fan olimpiadalarida faol qatnashib 

kelishganliklari ma'lum bo'ldi. 

Tajriba-sinovlarimizni  bekamiko'st  o'tishi  va  kamchiliklarni  taxlil  qilish 

maqsadida  Namagan  davlat  universiteti  Tasviriy  va  ama'liy  san'at  kafedrasi 

professor-o'qituvchilarini  ham  taklif  etganmiz.  Tajriba-sinovlarimizning  birinchi 

bosqichini o'tkazish togrisidagi ma'lumot 2-jadvalda keltirilgan. Rejaga binoan sinflar 

va tegishli mavzular belgilab olindi.




 

 


Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin