O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
«SAN’ATSHUNOSLIK» fakulteti
«TSMG» yo’nalishi
2-kurs 202-guruh talabasi
Dadajonova Zulayxoning
«TASVIRIY SAN’AT TARIXI» fanidan
Mavzu:
Tasviriy san’at darslarida qush va hayvonlarning qalamtasviri
Bajardi:
Dadajonova Zulayxo
Ish rahbari:
Isaqov Jasurbek
Andijon 2021 yil
Mavzu: Tasviriy sanat darslarida qush va hayvonlarning qalamtasviri
Reja:
I. Kirish.
II. Asosiy qism
1.
Animalistik janr va uni tasviriy san'atda tutgan o'rni.
2.
Boshlang'ich sinflarda qush va hayvonlarni tasvirini ishlash.
3.
V-VII sinflarda qush va hayvonlar tasvirini ishlashga o'rgatish.
4.
O'rta umumta'lim maktablarida qush va hayvonlar tasvirini ishlash bo'yicha
III. Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar
Ilovalar.
KIRISH.
Keyingi vaqtda, barcha sohalarda bo'lgani kabi o'rta maxsus, kasb- hunar
ta'limi tizimida ham ko'pgina ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yangi
turdagi tasviriy san'at yo'nalishidagi pedagogika kasb-hunar kollejlarida olib
boriladigan mutaxassislik fanlar va yosh pedagog-rassomlar tayyorlash bo'yicha
Davlat Ta'lim standartlari, yangi o'quv rejalari, dasturlari tuzilib, o'quv
qo'llanmalar, darsliklar va uslubiy tavsiyalar yaratilyapti.
Respublikaning tayanch oliy o'quv yurtlari va ilmiy tekshirish institutlarida
yoshlarga milliy san'at namunalarini o'qitishning ilmiy asoslangan yangi shakl,
usullari ishlab chiqilmoqda hamda yoshlarni badiiy va estetik jihatdan tarbiyalab,
voyaga etkazish borasida ko'plab ilmiy tadqiqotlar olib borilayotir.
Yoshlarni jahon andozalariga javob beradigan barkamol etib tarbiyalashda
tasviriy san'at, xususan, qalamtasvir fani alohida ahamiyat kasb etadi. Bu esa, o'z
navbatida, oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar o'quv yurtlarida o'qitilayotgan maxsus
fanlarning chuqur va asosli bo'lishini taqozo etib, pedagoglar, olimlar va rassomlar
zimmasiga yuksak mas'uliyat yuklaydi.
Yoshlarga yuqori darajada ta'lim-tarbiya berish — bo'lajak rassom-
pedagogdan tasviriy san'at sohasida amaliy malakalarini yuqori darajada egallagan
bo'lishdan tashqari, psixologiya sohasida ham etarli ma'lumotga ega bo'lishni
taqozo etadi. Albatta, o'quvchi ta'lim-tarbiya berish borasidagi asosiy bilimlar —
pedagogika va psixologiyani chuqur o'zlashtirishi lozim. Lekin umumtadim
maktablari, kasb-hunar kollejlarida o' tkazilgan tajriba, kuzatish va xulosalar shuni
ko'rsatadiki,
yosh
o'qituvchi
o'zining
pedagogik
faoliyatida,
nafaqat,
psixologiyaning umumiy tomonlariga e'tibor berishi (yoshlar psixologiyasini
o'rganib, to'g'ri ta'lim-tarbiya berishi, ularing individual xususiyatlarini o'rganishi,
o' quvchiga muvofiq keladigan tarbiya usullarini izlab topishi), balki, turli amaliy
mashg'ulotlar jarayonida, xususan, tasviriy faoliyat va yoshlar tarbiyasida uni
amalda qo'llashi joizdir. Bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilariga mutaxassislik
fanlarini keng ko'lamda o'qitish, xususan, o'quv-amaliy hamda nazariy
mashg'ulotlari orqali ularning ijodiy tasavvurlarini o'stirish va shakllantirish katta
ahamiyat kasb etadi. Bu esa, barcha mutaxassislik fanlaridan yaratilgan o'quv
adabiyotlarining chuqur va mazmunli bo'lishini taqozo etadi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan kunlaridanoq barkamol insonni
tarbiyalash ijtimoiy hayotimizning tub masalalaridan bo'lib qoldi. Chunki,
barkamol insonni tarbiyalash, eng avvalo, yuksak ma'naviyat yaratish bilan bog'liq
bo'lib, bu ma'naviyat jamiyatning, millatning yoki shaxsning ichki dunyosi, ruxiy
kechinmalari, ilmiy tafakkuri, aqliy qobiliyati va idroki mujassamlashgan kishilar
va ularning yashaydigan joyini ifoda etadi. SHu boisdan hozirgi zamon
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining, ayniqsa, adabiyot va san'atning asosiy
harakatga keltiruvchi omilida tasviriy san' atning ahamiyati kattadir. Yoshlarni
tarbiya
qilish,
komil
inson
haqidagi
ideal
tafakkur
yo'nalishi,
zamondoshlarimizning turmush tarzini yaxshilash, ularning haqqoniy siymosini
yaratish san' atqorlar, rassomlar oldida turgan asosiy g'oyaviy-badiiy vazifa bo'lib
qolmoqda. Qalamtasvir predmeti pedagogika yo'nalishidagi o'rta maxsus
kasb-hunar kollejlarida o'qitiladigan barcha maxsus fanlarning asosi hisoblanadi
va ular o'rtasida bevosita bog' liqlikni ta'minlaydi.
Qalamtasvir borasida etarli bilim va malakalarni egallamay turib, talaba
kompozitsiya, rangtasvir, haykaltaroshlik, xalq amaliy san'ati va shu kabi boshqa
mutaxassislik fanlarini yuqori darajada o'zlashtira olmaydi. Hozirgi vaqtda o'rta
maxsus, kasb-hunar o'quv yurtlarida — Qalamtasvir” fanini o' qitishning nazariy
va metodik asoslarini ishlab chiqish va ilmiy jihatdan asoslangan yangi yo'li,
shakli, mazmuni hamda usullarini takomillashtirish dolzarb masalalardan
hisoblanadi.
Tasviriy san'atning nazariyasini muntazam o'rganish, ushbu ta'limni
muvaffaqiyatli o'zlashtirishning asosi hisoblanadi. Rus rassomi va pedagogi D.N.
Kardovskiy aytib o'tganidek: "San'atni o'rganayotganlar tasvirlashning yo'llari va
usullari, ya'ni narsalarning shakli, nisbatlari, rangi, yorug'ligi, xususiyati va
harakat qonuniyatlariga bo'ysunishga majburdirlar".
Tasviriy san'at mashg'ulotlari Oliy ta'lim muassasalarida, o'rta maxsus
kasb-hunar o'quv dargohlaridagi barcha o'quv fanlari, ayniqsa, psixologiya bilan
keng aloqadadir. Buyumlarni o'ziga qarab tasvirlash, mavzuli kompozitsiya
ishlash yoki tasviriy faoliyatning boshqa yo'nalishlarida o'quvchilarning ijodiy
tasavvurini shakllantirish psixologik jarayonlar bilan uzviy bog'liq holda bo'ladi.
O'zbekistonda yangi manaviy-g'oyaviy yo'nalishlarning shakllanishi o'z
navbatida, zamonaviy san'atning barcha sohalariga samarali ta'sir etib, ijodiy
izlanishlar doirasini kengaytirib, badiiy tafakkur rivojini yanada jadallashtirdi.
Tarixiy, madaniy va ma'naviy-ahloqiy qadriyatlarning keng qatlamlarini qayta
idrok etish g'oyalari, yangilanish tamoyillari me'morlik, tasviriy va amaliy bezak
sohalarida, musiqa va tomosha san'atlari tizimida yaqqol namoyon bo'lmoqda.
Tasviriy san'at inson ongiga tezda ta'sir etib, unda ezgu-xislar uyg'otadigan,
ma'naviy olamini boyitadigan san'at turlaridan biridir. SHu bilan birga, tasviriy
san'at inson shaxsining shakllanishi va kamolga etishiga yordam beradigan
tarbiyachi hamdir. Shuning uchun ham tasviriy sanat o' qituvchisi o'quvchilarga
ta'lim-tarbiya berish uchun o'z ustida tinimsiz izlanishi, o'qitishning yangi
texnologiyalaridan, axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishi lozim
bo'ladi. Insonni, uning didini, extiyojini, milliy o'ziga xosligini hisobga olish,
axlokiy kamol toptirish xalq hayotining ham moddiy, ham ma'naviy jihatini
qamrab oluvchi badiiy tizim, tasviriy san'at uchun zarur bo'lgan badiiy maktab,
uslub tushunchasi bilan belgilanadi. Xalk didini, uning hayotiy qadriyatlar,
go'zallik togrisidagi tasavvurlarini ifodalovchi va mustahkamlovchi usullarning
muyyan tizimi ishlab chiqildi.
Jumladan o'rta umumta'lim maktablarida tasviriy san'at o'quv predmeti
o'qituvchisi o'quvchi -yoshlarni san'atga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish
ustida tinimsiz izlanishlari olib borishi talab qilinadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev
tomonidan 2019 yil 19 mart kuni o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida yoshlar
ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish
bo'yicha 5 ta muhim tashabbus e'lon qilindi. Ushbu tashabbusning birinchi bandi
—Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga
qiziqishlarini oshirish, iste'dodini yuzaga chiqarish”ga qaratilgan.
Ushbu tasabbusga labbay deb javob bergan har bir tasviriy san'at
o'qituvchisi nafaqat tasviriy san'at darslari samaradorligini oshirish, balki
qo'shimcha to'garak mashg'ulotlari tashkil qilib o' quvchi-yoshlarni tasviriy va
amaliy san'atga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirishi shart. Tasviriy san'at orqali
o' quvchilarni Ona Vatanga, tabiatga, borliqqa bo'lgan muhabbatini oshirish,
kattalar mehnatini qadrlash, bo'sh vaqtlarini unumli tashkil qilish muxim
masalalardan hisoblanadi.
Umum o'rtata'lim maktablari tasviriy san'at mashg'ulotlarida o'quvchilarga
naqqoshlik, kulolchilik kabi amaliy san'at turlaridan ko'plab ishlar amalga
oshirilmoqda. O'quvchilar tabiat manzaralarini, natyurmortni ishlash bo'yicha ham
ko'plpb yutuqlarga erishib kelmoqdalar. Buni respublikamizda tashkil qilib
kelinayotgan o'quvchi-yoshlar ijodiy ishlari ko'rgazmalaridan ham ko'rishimiz
mumkin. Biroq, portret va animalistik janrdagi ishlar juda ham oz bo'lib, bu o'z
ustida ishlashni talab qiladigan muammolar sirasiga kiradi.
O'quvchilar uchun inson yoxud qush va hayvonlar tasvirini ishlash
birmuncha murakkab bo'lgan vazifalardan hisoblanadi. Ushbu vazifani hal qilish
maqsadida turli uslub, yo'llarni qidirish va ular orqali o' quvchilarni san'atga
bo'lgan qiziqishlarini oshirish lozim. Jumladan, doimiy harakatda bo'lgan
hayvonlar va samoda parvoz qilib yurgan qushlarni ishlash o'quvchilar uchun
ancha murakkablik qililadi. O'qituvchi qush va hayvonlar tasvirini ishlashning
o'ziga xos tomonlarini o' quvchilarga tushuntirib, sodda uslublarini ishlab chiqishi
talab qilinadi. Bu borada ko'plab ishlar amalga oshirilgan, biroq ular hali yetarli
darajada deb bo'lmaydi.
Dostları ilə paylaş: |