Мавзу: Бадиий асар тахлили ва унга қўйилган талаблар



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix12.04.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#55232
  1   2   3   4   5   6   7   8
Dadajonova Zulayxo



 

 

 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI 

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI 

«SAN’ATSHUNOSLIK» fakulteti 

«TSMG» yo’nalishi 

2-kurs 202-guruh talabasi 

Dadajonova Zulayxoning 

«TASVIRIY SAN’AT TARIXI» fanidan 

 

 

 

 

 

 

 

 

Mavzu: 

Tasviriy san’at darslarida qush va hayvonlarning qalamtasviri 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

Bajardi: 

Dadajonova Zulayxo 

 

Ish rahbari: 

Isaqov Jasurbek 

 

 

Andijon 2021 yil 


 

Mavzu: Tasviriy sanat darslarida qush va hayvonlarning qalamtasviri 

Reja: 

I.  Kirish. 

II.  Asosiy qism 

 

1. 



Animalistik janr va uni tasviriy san'atda tutgan o'rni. 

2. 


Boshlang'ich sinflarda qush va hayvonlarni tasvirini ishlash. 

3. 


V-VII sinflarda qush va hayvonlar tasvirini ishlashga o'rgatish. 

4. 


 O'rta umumta'lim maktablarida qush va hayvonlar tasvirini ishlash bo'yicha  

III.  Xulosa. 

IV.  Foydalanilgan adabiyotlar  

Ilovalar. 

 

 

 

 

 

 

 



 

 

 



 


 

KIRISH. 

Keyingi  vaqtda,  barcha  sohalarda  bo'lgani  kabi  o'rta  maxsus,  kasb-  hunar 

ta'limi tizimida ham ko'pgina ijobiy  ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yangi 

turdagi  tasviriy  san'at  yo'nalishidagi  pedagogika  kasb-hunar  kollejlarida  olib 

boriladigan  mutaxassislik  fanlar  va  yosh  pedagog-rassomlar  tayyorlash  bo'yicha 

Davlat  Ta'lim  standartlari,  yangi  o'quv  rejalari,  dasturlari  tuzilib,  o'quv 

qo'llanmalar, darsliklar va uslubiy tavsiyalar yaratilyapti. 

Respublikaning tayanch oliy o'quv yurtlari va ilmiy tekshirish institutlarida 

yoshlarga  milliy  san'at  namunalarini  o'qitishning  ilmiy  asoslangan  yangi  shakl, 

usullari ishlab chiqilmoqda hamda yoshlarni badiiy va estetik jihatdan tarbiyalab, 

voyaga etkazish borasida ko'plab ilmiy tadqiqotlar olib borilayotir. 

Yoshlarni jahon andozalariga javob beradigan barkamol etib tarbiyalashda 

tasviriy san'at, xususan, qalamtasvir fani alohida ahamiyat kasb etadi. Bu esa, o'z 

navbatida, oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar o'quv yurtlarida o'qitilayotgan maxsus 

fanlarning chuqur va asosli bo'lishini taqozo etib, pedagoglar, olimlar va rassomlar 

zimmasiga yuksak mas'uliyat yuklaydi. 

Yoshlarga  yuqori  darajada  ta'lim-tarbiya  berish  —  bo'lajak  rassom- 

pedagogdan tasviriy san'at sohasida amaliy malakalarini yuqori darajada egallagan 

bo'lishdan  tashqari,  psixologiya  sohasida  ham  etarli  ma'lumotga  ega  bo'lishni 

taqozo etadi. Albatta, o'quvchi ta'lim-tarbiya berish borasidagi asosiy bilimlar — 

pedagogika  va  psixologiyani  chuqur  o'zlashtirishi  lozim.  Lekin  umumtadim 

maktablari, kasb-hunar kollejlarida o' tkazilgan tajriba, kuzatish va xulosalar shuni 

ko'rsatadiki, 

yosh 


o'qituvchi 

o'zining 

pedagogik 

faoliyatida, 

nafaqat, 

psixologiyaning  umumiy  tomonlariga  e'tibor  berishi  (yoshlar  psixologiyasini 

o'rganib, to'g'ri ta'lim-tarbiya berishi, ularing individual xususiyatlarini o'rganishi, 

o' quvchiga muvofiq keladigan tarbiya usullarini izlab topishi), balki, turli amaliy 

mashg'ulotlar  jarayonida,  xususan,  tasviriy  faoliyat  va  yoshlar  tarbiyasida  uni 

amalda  qo'llashi  joizdir.  Bo'lajak  tasviriy  san'at  o'qituvchilariga  mutaxassislik 

fanlarini  keng  ko'lamda  o'qitish,  xususan,  o'quv-amaliy  hamda  nazariy 

mashg'ulotlari orqali ularning ijodiy tasavvurlarini o'stirish va shakllantirish katta 




 

ahamiyat  kasb  etadi.  Bu  esa,  barcha  mutaxassislik  fanlaridan  yaratilgan  o'quv 

adabiyotlarining chuqur va mazmunli bo'lishini taqozo etadi. 

Mamlakatimiz  mustaqillikka  erishgan  kunlaridanoq  barkamol  insonni 

tarbiyalash  ijtimoiy  hayotimizning  tub  masalalaridan  bo'lib  qoldi.  Chunki, 

barkamol insonni tarbiyalash, eng avvalo, yuksak ma'naviyat yaratish bilan bog'liq 

bo'lib, bu ma'naviyat jamiyatning, millatning yoki shaxsning ichki dunyosi, ruxiy 

kechinmalari, ilmiy tafakkuri, aqliy qobiliyati va idroki mujassamlashgan kishilar 

va  ularning  yashaydigan  joyini  ifoda  etadi.  SHu  boisdan  hozirgi  zamon 

ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyotining,  ayniqsa,  adabiyot  va  san'atning  asosiy 

harakatga  keltiruvchi  omilida  tasviriy  san'  atning  ahamiyati  kattadir.  Yoshlarni 

tarbiya 


qilish, 

komil 


inson 

haqidagi 

ideal 

tafakkur 



yo'nalishi, 

zamondoshlarimizning  turmush  tarzini  yaxshilash,  ularning  haqqoniy  siymosini 

yaratish san' atqorlar, rassomlar oldida turgan asosiy g'oyaviy-badiiy vazifa bo'lib 

qolmoqda.  Qalamtasvir  predmeti  pedagogika  yo'nalishidagi  o'rta  maxsus 

kasb-hunar  kollejlarida  o'qitiladigan  barcha  maxsus  fanlarning  asosi  hisoblanadi 

va ular o'rtasida bevosita bog' liqlikni ta'minlaydi. 

Qalamtasvir  borasida  etarli  bilim  va  malakalarni  egallamay  turib,  talaba 

kompozitsiya, rangtasvir, haykaltaroshlik, xalq amaliy san'ati va shu kabi boshqa 

mutaxassislik  fanlarini  yuqori  darajada  o'zlashtira  olmaydi.  Hozirgi  vaqtda  o'rta 

maxsus, kasb-hunar o'quv yurtlarida — Qalamtasvir” fanini o' qitishning nazariy 

va  metodik  asoslarini  ishlab  chiqish  va  ilmiy  jihatdan  asoslangan  yangi  yo'li, 

shakli,  mazmuni  hamda  usullarini  takomillashtirish  dolzarb  masalalardan 

hisoblanadi. 

Tasviriy  san'atning  nazariyasini  muntazam  o'rganish,  ushbu  ta'limni 

muvaffaqiyatli o'zlashtirishning asosi hisoblanadi. Rus rassomi va pedagogi D.N. 

Kardovskiy aytib o'tganidek: "San'atni o'rganayotganlar tasvirlashning yo'llari va 

usullari,  ya'ni  narsalarning  shakli,  nisbatlari,  rangi,  yorug'ligi,  xususiyati  va 

harakat qonuniyatlariga bo'ysunishga majburdirlar". 

Tasviriy  san'at  mashg'ulotlari  Oliy  ta'lim  muassasalarida,  o'rta  maxsus 

kasb-hunar o'quv dargohlaridagi barcha o'quv fanlari, ayniqsa, psixologiya bilan 




 

keng  aloqadadir.  Buyumlarni  o'ziga  qarab  tasvirlash,  mavzuli  kompozitsiya 

ishlash  yoki  tasviriy  faoliyatning  boshqa  yo'nalishlarida  o'quvchilarning  ijodiy 

tasavvurini shakllantirish psixologik jarayonlar bilan uzviy bog'liq holda bo'ladi. 

O'zbekistonda  yangi  manaviy-g'oyaviy  yo'nalishlarning  shakllanishi  o'z 

navbatida,  zamonaviy  san'atning  barcha  sohalariga  samarali  ta'sir  etib,  ijodiy 

izlanishlar  doirasini  kengaytirib,  badiiy  tafakkur  rivojini  yanada  jadallashtirdi. 

Tarixiy,  madaniy  va  ma'naviy-ahloqiy  qadriyatlarning  keng  qatlamlarini  qayta 

idrok etish g'oyalari, yangilanish tamoyillari me'morlik, tasviriy va amaliy bezak 

sohalarida, musiqa va tomosha san'atlari tizimida yaqqol namoyon bo'lmoqda. 

Tasviriy san'at inson ongiga tezda ta'sir etib, unda ezgu-xislar uyg'otadigan, 

ma'naviy  olamini  boyitadigan  san'at  turlaridan  biridir.  SHu  bilan  birga,  tasviriy 

san'at  inson  shaxsining  shakllanishi  va  kamolga  etishiga  yordam  beradigan 

tarbiyachi  hamdir.  Shuning  uchun  ham  tasviriy  sanat  o'  qituvchisi  o'quvchilarga 

ta'lim-tarbiya  berish  uchun  o'z  ustida  tinimsiz  izlanishi,  o'qitishning  yangi 

texnologiyalaridan,  axborot  texnologiyalaridan  samarali  foydalanishi  lozim 

bo'ladi.  Insonni,  uning  didini,  extiyojini,  milliy  o'ziga  xosligini  hisobga  olish, 

axlokiy  kamol  toptirish  xalq  hayotining  ham  moddiy,  ham  ma'naviy  jihatini 

qamrab  oluvchi  badiiy  tizim,  tasviriy  san'at  uchun  zarur  bo'lgan  badiiy  maktab, 

uslub  tushunchasi  bilan  belgilanadi.  Xalk  didini,  uning  hayotiy  qadriyatlar, 

go'zallik  togrisidagi  tasavvurlarini  ifodalovchi  va  mustahkamlovchi  usullarning 

muyyan tizimi ishlab chiqildi. 

Jumladan  o'rta  umumta'lim  maktablarida  tasviriy  san'at  o'quv  predmeti 

o'qituvchisi  o'quvchi  -yoshlarni  san'atga  bo'lgan  qiziqishlarini  yanada  oshirish 

ustida tinimsiz izlanishlari olib borishi talab qilinadi. 

O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat  Miromonovich  Mirziyoev 

tomonidan  2019  yil  19  mart  kuni  o'tkazilgan  videoselektor  yig'ilishida  yoshlar 

ma'naviyatini  yuksaltirish  va  ularning  bo'sh  vaqtlarini  mazmunli  tashkil  etish 

bo'yicha 5 ta muhim tashabbus e'lon qilindi. Ushbu tashabbusning birinchi bandi 

—Yoshlarning  musiqa,  rassomlik,  adabiyot,  teatr  va  san'atning  boshqa  turlariga 

qiziqishlarini oshirish, iste'dodini yuzaga chiqarish”ga qaratilgan. 



 

Ushbu  tasabbusga  labbay  deb  javob  bergan  har  bir  tasviriy  san'at 

o'qituvchisi  nafaqat  tasviriy  san'at  darslari  samaradorligini  oshirish,  balki 

qo'shimcha  to'garak  mashg'ulotlari  tashkil  qilib  o'  quvchi-yoshlarni  tasviriy  va 

amaliy san'atga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirishi shart. Tasviriy san'at orqali 

o'  quvchilarni  Ona  Vatanga,  tabiatga,  borliqqa  bo'lgan  muhabbatini  oshirish, 

kattalar  mehnatini  qadrlash,  bo'sh  vaqtlarini  unumli  tashkil  qilish  muxim 

masalalardan hisoblanadi. 

Umum o'rtata'lim maktablari tasviriy san'at mashg'ulotlarida o'quvchilarga 

naqqoshlik,  kulolchilik  kabi  amaliy  san'at  turlaridan  ko'plab  ishlar  amalga 

oshirilmoqda. O'quvchilar tabiat manzaralarini, natyurmortni ishlash bo'yicha ham 

ko'plpb  yutuqlarga  erishib  kelmoqdalar.  Buni  respublikamizda  tashkil  qilib 

kelinayotgan  o'quvchi-yoshlar  ijodiy  ishlari  ko'rgazmalaridan  ham  ko'rishimiz 

mumkin.  Biroq,  portret  va  animalistik  janrdagi  ishlar  juda  ham  oz  bo'lib,  bu  o'z 

ustida ishlashni talab qiladigan muammolar sirasiga kiradi. 

O'quvchilar  uchun  inson  yoxud  qush  va  hayvonlar  tasvirini  ishlash 

birmuncha murakkab bo'lgan vazifalardan hisoblanadi. Ushbu vazifani hal qilish 

maqsadida  turli  uslub,  yo'llarni  qidirish  va  ular  orqali  o'  quvchilarni  san'atga 

bo'lgan  qiziqishlarini  oshirish  lozim.  Jumladan,  doimiy  harakatda  bo'lgan 

hayvonlar  va  samoda  parvoz  qilib  yurgan  qushlarni  ishlash  o'quvchilar  uchun 

ancha  murakkablik  qililadi.  O'qituvchi  qush  va  hayvonlar  tasvirini  ishlashning 

o'ziga xos tomonlarini o' quvchilarga tushuntirib, sodda uslublarini ishlab chiqishi 

talab qilinadi. Bu borada ko'plab ishlar amalga oshirilgan, biroq ular hali  yetarli 

darajada deb bo'lmaydi. 

 

 

 



 

 



 


Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin