Mavzu: Baholash va kalkulyasiya. Reja


Mahsulot tannnarxini kalkulyasiya qilish usullari



Yüklə 25,34 Kb.
səhifə5/8
tarix09.07.2023
ölçüsü25,34 Kb.
#136193
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu Baholash va kalkulyasiya. Reja-fayllar.org

7. Mahsulot tannnarxini kalkulyasiya qilish usullari
Mahsulot (ish va xizmatlar) tannarxini aniqlash usullari ularning turlari, mahsulot ishlab chiqarish xili, uning murakkabligi, tugallanmagan ishlab chiqarish mavjudligi, ishlab chiqarish siklining davomiyligi, tovar-moddiy nomenklaturasiga bog‘liqdir. Mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxini aniqlashning asosiy usullari bo‘lib: oddiy, me’yoriy, buyurtmali, bosqichli usullar hisoblanadi, savdo tashkilotlarida esa xarajatlarni inventar baholash usullari ham qo‘llaniladi. Hisoblab borilgan zahira summalari ortib kolsa, korxona foydasiga o‘tkazadi.
SHubhali qarzlar yuzasidan zahiralar ham korxona zararini birdaniga oshishiga yul kuymaslik maqsadida tashkil etiladi. Hisobi esa, 4910 «Gumonli qarzlar yuzasidan zahira» passiv schetida yuritiladi. Bunda har oyda Debet 9430 KREDIT 4910 buxgalteriya provodkasi amalga oshiriladi. SHubhali qarzlar yuzasidan yig‘ilgan zahira hisobidan kreditorlik qarzlari qoplansa, quyidagi buxgalteriya provodkasi yoziladi:
Debet 4910 «Gumonli qarzlar yuzasidan zahira».
KREDIT 4010 «Olinadigan schetlar».
Savdo korxonalarida muomala xarajatlari bo‘lib, ular hisobi 9410 schetda yuritiladi. Muomala xarajatlarining 23 ta moddasi mavjuddir. Sotilgan tovarlar uchun muomala xarajatlarini kalkulyasiya qilinishi tovar uchun savdo ustamasini aniq belgilash imkoniyatini yaratadi.
Masalan: muzlatgich bilan bog‘liq xarajatlar (shu muzlatgich eskirish summasi, ta’mirlash xarajatlari, elektro energiya sarfi uchun to‘lov summalari)ni muzlatgichda saqlanadigan tovarlar miqdori o‘rtasida proporsional taqsimlash zarur, ya’ni muzlatgichda oy davomida saqlangan jami tovarlar miqdorida tovarni necha foizni tashkil etishi aniqlab olinadi, so‘ngra muzlatgich bilan bog‘liq barcha xarajatlarni shuncha foizi tegishli tovar bilan bog‘liq xarajatga qo‘shiladi.
Ammo savdo korxonalarida sotilgan tovarlarga tegishli transport xarajatlarining aniqlash amalietda qo‘llaniladi. Bu bilan oy davomida sarflangan transport xarajatlarini jami shu oydagi xarajatlarga qo‘shilishi oldi olinadi. Sababi qabul qilingan tovarlarni barchasi shu oyda sotilmaydi-ku, shuning uchun ham sotilmay qolgan tovarlarga tegishli transport xarajatlari aniqlanib, transport xarajatlari qoldig‘i sifatida qolishi kerak.
Sotilgan tovarlarga tegishli transport xarajatlari esa, joriy davr muomala xarajatlariga qo‘shiladi va foyda hisobidan qoplanadi.
Xulosa qilib, shuni aytish mumkinki, kalkulyasiya orqali mahsulot tannarxi aniqlanadi va foyda miqdori aniqlanishi uchun asos hisoblanadi.
Foyda (daromad)dan soliq summasi hisoblanishini e’tiborga olsak kalkulyasiya o‘rnini, ahamiyatini bilish qiyin emas.

Yüklə 25,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin