Mavzu: Baholash va kalkulyasiya. Reja


Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar mablag‘lari va ularni tashkil topish manbalarini baholash va uni amalga oshirish tamoyillari



Yüklə 25,34 Kb.
səhifə7/8
tarix09.07.2023
ölçüsü25,34 Kb.
#136193
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu Baholash va kalkulyasiya. Reja-fayllar.org

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar mablag‘lari va ularni tashkil topish manbalarini baholash va uni amalga oshirish tamoyillari.
Ma’lumki, korxona faoliyatida ishlatiladigan xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalari turli bo‘lib, o‘lchov birliklari, shakl hamda tuzilishlari, tashkil topishlari har xil ko‘rinishga egadir. Korxona xo‘jalik faoliyatida ro‘y beradigan xo‘jalik jarayonlari natijasida mablag‘ va ularning tashkil topish manbalari ham miqdor, ham hajm jihatdan o‘zgarishi ham tabiiy holdir.
Demak, ular hisobining yuritish uchun yagona o‘lchov birligi — puldan foydalanmaslikning iloji yo‘q. Korxona mulki hisobi yuritilayotganda baholanadi.
Baholash usullari.
Jahonda sarflangan materiallarning haqiqiy tannarxini aniqlashda baholashning quyidagi usullaridan foydalaniladi:
FIFO — o‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha, birinchi tushum — birinchi xarajat; LIFO — o‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha, oxirgi tushum — oxirgi xarajat; AVEKO — o‘rtacha tannarx. Boshlang‘ich qiymat.
Boshlang‘ich qiymat — asosiy vositalarni xarid qilish, keltirish, tashish, o‘rnatish va umuman foydalanish holatiga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar yig‘indisidan iborat. Qoldiq qiymat.
Qoldiq qiymat — bu asosiy vositalarning boshlang‘ich yoki joriy qiymat bilan jamg‘arilgan amortizatsiya summasining farqidir. Joriy qiymat.
Joriy qiymat — ma’lum bir muddatga amaldagi bozor baholariga moslashtirilgan asosiy vosita qiymati yoki manfaatdor tomonlar o‘rtasida almashiladigan asosiy vosita summasi. Joriy qiymat asosiy vositalarning qayta baholashishi natijasida vujudga keladi.
Sotish qiymati.
Tugatish qiymati — asosiy vositalarning foydalanish muddati tugashi natijasida vujudga kelishi mo‘ljallanayotgan qiymatdan, hisobdan chiqarish bo‘yicha kutilayotgan xarajatlar ayirmasidir.
Balans qiymat.
Korxona aktivlarining balans qiymati bu hisobot davri oxirida domiy schyotlarda aks ettriligan qiymat bo‘lib, bu qoldiq qiymatni anglatadi. Qoldiq qiymat — bu asosiy vositalarning boshlang‘ich yoki joriy qiymat bilan jamg‘arilgan amortizatsiya summasining farqidir. Kalkulyasiyaning maqsadi va vazifalari.
Kalkulatsiya — tannarxni aniqlash demakdir. Tannarx deganda mahsulot tayyorlash yoki xizmat ko‘rsatish uchun ketgan xarajatlarning puldagi ifodasi tushuniladi.
Ushbu usuldan korxona mulklaridan ba’zilarining hisobini yuritishda foydalaniladi. Masalan, ishlab chiqarilgan mahsulot, material tannarxini aniqlash.

Yüklə 25,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin