Bosqichlar
|
Tadbirlar
|
Muddatlar
|
Mas’ullar
|
1-bosqich
|
Tasdiqlangan Investitsiya dasturiga muvofiq buyurtmachilar qurilishlarning aniq va titul ro‘yxatlarini, kelgusi yillar loyihalash ishlarining aniq ro‘yxatlarini belgilab tartibda kelishib oladilar va tasdiqlaydilar
|
10 yanvargacha
|
Buyurtmachilar, pudratchilar
|
2-bosqich
|
Xizmat ko‘rsatuvchi bankda moliyalashtirish boshlanadi
|
Yanvar
|
Buyurtmachilar, xizmat ko‘rsatuvchi banklar
|
3-bosqich
|
Yilning dastlabki ikki oyida teng ulushlarda ishlar qiymatining 30 foizigacha miqdorda avans ajratiladi
|
Yanvar-fevral
|
Moliyalashtiruvchi organlar, buyurtmachilar, xizmat ko‘rsatuvchi banklar
|
4-bosqich
|
Obyekt moliyalashtirish va ishlarni bajarish jadvallariga muvofiq berilgan avans hisobga olingan holda obyekt qiymatining 50 foizi miqdorda joriy moliyalashtiriladi
|
Moliyalashtirish va ishlarni bajarish jadvallariga muvofiq
|
Moliyalashtiruvchi organlar, buyurtmachilar, xizmat ko‘rsatuvchi banklar
|
5-bosqich
|
Pudratchi tomonidan qurilish obyekti qiymatining qolgan 50 foizini moliyalashtirish uchun xzimat ko‘rsatuvchi bankda kredit rasmiylashtiriladi
|
Moliyalashtirish va ishlarni bajarish jadvallariga muvofiq
|
Pudratchilar, xizmat ko‘rsatuvchi banklar
|
6-bosqich
|
Qurilish obyekti qiymatining 45 foizi miqdorida haq to‘lanadi
|
Obyekt qabul qilingan kundan boshlab bir oy mobaynida
|
Moliyalashtiruvchi organlar, buyurtmachilar, xizmat ko‘rsatuvchi banklar
|
7-bosqich
|
Qurilish obyekti qiymatining 5 foizi miqdorida haq to‘lanadi.
|
Kafolatli muddat tugagandan keyin
|
Moliyalashtiruvchi organlar, buyurtmachilar, banklar
|