Mavzu: Baholovchi tashkilot tomonidan investitsiya loyihalarini ishlab chiqish Bajardi


Investitsiya loyihasini amalga oshirishning asosiy bosqichlari



Yüklə 72,07 Kb.
səhifə7/10
tarix27.02.2023
ölçüsü72,07 Kb.
#85834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish.Kurs ishi-1

3. Investitsiya loyihasini amalga oshirishning asosiy bosqichlari
Kapital qo’yilmalarni qaytarish asosida byudjet ajratmalari hisobidan ajratishda qarz mablag’larini qaytarish mexanizmi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, mablag’ bilan ta’minlovchi bank muassasasi va buyurtmachi o’rtasida tuzilgan shartnoma bilan tartibga solib boriladi. Obyekt qurilishiga shartnoma tanlov savdolari natijalari bo’yicha belgilangan qurilishning butun davriga yangi qurilishga, ishlab turgan korxonalarni kengaytirish, rekonstruktsiya qilish va texnika bilan qayta jihozlashga tuziladi. Shartnoma O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni hamda kapital qurilish sohasidagi boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq tuziladi.
Markazlashtirilgan manbalar hisobiga obyektlar qurilishiga shartnomalar tuzish huquqiga ega bo’lgan tashkilot buyurtmachi hisoblanadi. Markazlashtirilgan manbalar hisobiga obyektlar qurilishiga shartnoma bo’yicha pudratchilar tanlov savdolari shartlariga va tuzilgan shartnomaga muvofiq ishlar bajarilishini ta’minlashga qodir bo’lgan yuridik shaxslar bo’lishlari mumkin. Zarurat bo’lganda qo’shma faoliyat to’g’risidagi shartnomaga muvofiq ish ko’ruvchi yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan yuridik shaxslarning birlashmasi qurish shartnomasi bo’yicha pudratchilar bo’lishi mumkin. Buyurtmachi va pudratchi, bosh pudratchi va subpudratchilar, loyiha tashkilotlari va asbob-uskunalar, qurilish materiallari va konstruktsiyalarini yetkazib beruvchilar o’rtasidagi munosabatlar vositachi tashkilotlar va boshqa oraliq bo’g’inlarning ishtirokisiz faqat shartnoma asosida quriladi.
Pudrat shartnomasi tanlov savdolari natijalari bo’yicha aniqlangan shartnomaviy joriy narx bo’yicha belgilangan tartibda tanlov savdolari natijalari tasdiqlangandan keyin o’n kun muddatda tuziladi. Tanlov savdolari shartlariga muvofiq qurilish muddati bir kalendar yil doirasidan tashqariga chiqadigan obyektlar bo’yicha ikkinchi va keyingi yillarga ishlarning qoldiq hajmi qiymati belgilangan tartibda aniqlashtiriladi.
Shartnoma bekor qilingan taqdirda barcha xarajatlar va zararlar qonun hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan tartibda qoplanadi. Shartnoma tuzishda buyurtmachi va pudratchi alohida shartlar bilan qonun hujjatlariga muvofiq unda boshqa majburiyatlarni ham nazarda tutishga haqlidir. Subpudratchilar va yetkazib beruvchilar (ishlab chiqaruvchilar) ni tanlash bosh pudratchi tomonidan tanlov savdolari natijalari bo’yicha tuzilgan bosh shartnoma bo’yicha majburiyatlar saqlanib qolishi sharti bilan mustaqil amalga oshiriladi. Obyektlar qurilishiga shartnoma bo’yicha majburiyatlarning bajarilishi qonun hujjatlariga muvofiq kafillik, kafolat shaklida va boshqa shakllarda ta’minlanadi.
Buyurtmachi tomonidan quyidagilar ta’minlanadi: yer uchastkasini tanlash va ajratish, birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlarni va qurilish hududini tayyorlash, loyiha oldi ishlarini tashkil etish, loyihaning, ish hujjatlarining va tanlov hujjatlarining tasdiqlanadigan qismini kelishish, ekspertizadan o’tkazish va tasdiqlash; loyihalovchi va pudratchini (bosh pudratchini) tanlov savdolari orqali tanlash; ishlarni bajarish va moliyalashtirish jadvallari bilan birgalikda shartnomalar tuzish; qurilish obyektini davlat arxitektura qurilish nazorat organlarida ro’yxatdan o’tkazish; pudratchiga qurish uchun birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlarni berish; buziladigan, ko’chiriladigan yoki rekonstruktsiya qilinadigan binolarda, shuningdek, obyekt qurilishi hududida yashayotgan shaxslarni ko’chirish; moliyalashtirish, pudratchi tomonidan qabul qilingan shartnoma majburiyatlariga va shartnomada qayd etilgan boshqa funksiyalarga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish; texnik kuzatish va obyekt qurilishi ustidan texnik nazorat qilish; qurilishi tugallangan obyektni belgilangan tartibda foydalanish uchun qabul qilish; kafolatli davrda aniqlangan nuqsonlar bartaraf etilishi ustidan nazorat qilish.
Pudratchi tomonidan quyidagilar ta’minlanadi: ish hujjatlarini ishlab chiqish va uning texnologiya qismini buyurtmachi bilan kelishgan holda qurilish jarayonida (obyekt foydalanishga tayyor holda qurilganda) uni ekspert kuzatish; ish hujjatlarini (obyekt foydalanishga tayyor holda qurilganda) texnologik izchillik va obyekt qurilishining aniq shartlari bilan bog’liqlikda hajmlar va muddatlarda ishlab chiqarishga berish; ishlarni bajarish jadvaliga muvofiq hamda belgilangan standartlarga, qurilish normalari va qoidalariga rioya qilgan holda tasdiqlangan loyihada nazarda tutilgan ishlarni bajarish; shartnomaga muvofiq qurilishni asbob-uskunalar, konstruksiyalar va qurilish materiallari bilan butlash; loyiha yechimlariga hamda qurilish normalari va qoidalariga rioya qilgan holda qurilish-montaj, maxsus va ishga tushirish-sozlash ishlarini o’z vaqtida va sifatli bajarish; obyektning ijroiya hujjatlarini, shu jumladan sertifikatlanishi shart bo’lgan mahsulotga muvofiqlik sertifikatlarini, foydalanilgan qurilish materiallari va asbob-uskunalarga texnik pasportlarni tuzish va buyurtmachiga berish; tasdiqlangan loyihalarga, boshqa talablarga va shartnoma majburiyatlariga muvofiq obyektni buyurtmachiga topshirish.
Obyektni foydalanishga qabul qilib olish belgilangan sifat standartlari hisobga olingan holda “Davarxitektqurilish” qo’mitasi organlarining xulosasi asosida buyurtmachi tomonidan ta’minlanadi.
Ish pudratchi tomonidan pudrat shartnomasidan chetga chiqib yoki boshqa nuqsonlari bo’lgan holda bajarilgan hollarda buyurtmachi, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada o’zgacha hol belgilanmagan bo’lsa, o’z xohishiga ko’ra pudratchidan: nuqsonlar oqilona muddatda qoplashsiz bartaraf etilishini; ish uchun belgilangan narx mutanosib miqdorda kamaytirilishini; agar nuqsonlarni bartaraf etish yuzasidan buyurtmachining huquqi shartnomada nazarda tutilgan bo’lsa, nuqsonlarni bartaraf etish bilan bog’liq xarajatlar qoplanishini talab qilishga haqlidir. Agar pudratchi nuqsonlarni tomonlar tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etmasa, buyurtmachi yoki foydalanuvchi tashkilot nuqsonni bartaraf etish ishlari qiymatini undirib olgan va nuqson o’z vaqtida bartaraf etilmaganligi uchun ko’rilgan zarar qoplangan holda nuqsonni pudratchi hisobidan o’z kuchlari bilan bartaraf etishga haqlidir. Bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun o’z vaqtida haq to’lanmagan taqdirda shartnomaga muvofiq aybdor tomon boshqa tomonga qonun hujjatlarida va shartnomada belgilangan tartibda neustoyka (jarima, penya) to’laydi.
Buyurtmachi pudratchining aybi bilan shartnomani bekor qilishga majbur bo’lgan taqdirda pudratchining kafili (u mavjud bo’lgan taqdirda) buyurtmachi bilan pudratchi o’rtasida tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq obyekt qurilishini qurilish to’liq tamom bo’lgungacha davom ettirish majburiyatini o’z zimmasiga olishi yoki unga berilgan kafolatdan kelib chiquvchi moliyaviy majburiyatlarni bajarishi mumkin. Kafil ishni o’z kuchlari bilan tamomlashi yoki o’z xohishiga ko’ra istalgan pudratchini jalb etgan holda tamomlashi mumkin.
Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishda buyurtmachi va pudratchi qatnashchilar hisoblanadi. Obyektni foydalanishga tayyor holda qurish markazlashtirilgan manbalar hisobiga amalga oshiriladigan yangi qurilishda, ishlab turgan korxonani kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnika bilan jihozlashda majburiy hisoblanadi. Loyihalarni boshqa manbalar hisobiga amalga oshirishda obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurish tomonlarning kelishuvi bo’yicha yoki tanlov savdolari shartlariga qarab qo’llanilishi mumkin. Foydalanishga tayyor holda qurish shartnomasi bo’yicha majburiyatlarni bajarish uchun pudratchi subpudratchi tashkilotlarni jalb etishi mumkin, ularga nisbatan pudratchi bosh pudratchi hisoblanadi.
Qurilishni qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun zarur bo’lgan materiallar, konstruksiyalar va buyumlar bilan, shuningdek, barcha namunaviy asbob-uskunalar va apparatlar, nostandartlashtirilgan, texnologik va energetika asbob-uskunalari bilan, shu jumladan maxsus materiallar bilan ta’minlash pudratchining vazifasi hisoblanadi. Pudratchi shartnomada belgilangan kafolatli davrda obyektdan loyihada nazarda tutilgan parametrlarda foydalanilishi uchun buyurtmachi oldida mulkiy javob beradi. Foydalanishga tayyor holda qurishda obyektni mablag’ bilan ta’minlash jadvaliga muvofiq buyurtmachining avansi (30 foizgacha), joriy mablag’ bilan ta’minlash (avans berish hisobga olingan holda 50 foizgacha), pudratchining o’z mablag’lari va bankning kreditlari hisobiga amalga oshiriladi.
Pudratchi bilan uzil-kesil hisob-kitob qilish buyurtmachi tomonidan qurilish tamom bo’lgandan va obyekt foydalanishga topshirilganidan, shu jumladan kredit olish va ular bo’yicha pudrat qurilish tashkilotlari tomonidan foizlar to’lash bilan bog’liq xarajatlar qoplangandan keyin amalga oshiriladi. Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishda tugallanmagan ishlab chiqarish harajatlari obyekt foydalanishga topshirilgunga qadar pudratchining balansida bo’ladi va uning soliq solinadigan bazasiga kiritilmaydi.
Investitsiya loyihasini markazlashtirilgan manbalar hisobiga mablag’ bilan ta’minlash har qaysi obyekt bo’yicha ajratilgan kapital qo’yilmalar limitlari doirasiga qat’iy amal qilgan holda, O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan qurilishlarning aniq mo’ljalli ro’yxati va qurilishlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan titul ro’yxati asosida amalga oshiriladi.
Mablag’ bilan ta’minlashni ochish uchun buyurtmachi tomonidan xizmat ko’rsatuvchi bankka quyidagilar taqdim etiladi: qurilishlarning aniq mo’ljalli ro’yxati (loyiha - qidiruv ishlarining aniq ro’yxati); qurilishning titul ro’yxati; buyurtmachi bilan pudratchi o’rtasida tuzilgan shartnoma nusxasi; pudrat tashkilotining qurilish tavakkalchiliklarini sug’urtalash yuzasidan shartnomasi nusxasi: qurilish-montaj ishlarini bajarishga “Davarxitektqurilish” qo’mitasining ruxsati.
Tasdiqlangan investitsiya dasturi bo’yicha kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish limitining (avans to’langandan va 50 foizgacha miqdorda joriy moliyalashtirilgandan keyin) qolgan qismi tasdiqlangan limitlar doirasida markazlashtirilgan manbalar hisobiga aniq mo’ljalli qurilishlar ro’yxatlarga kiritilgan obyektlarda ishlaydigan pudrat tashkilotlarini kreditlash uchun kredit resurslari hosil qilish manbai sifatida vaqtinchalik asosida, oyma-oy xizmat qiluvchi banklarga beriladi.
Obyektni foydalanishga tayyor holda qurishda buyurtmachi tomonidan moliya organiga mablag’ bilan ta’minlash jadvaliga muvofiq qiymatining 50 foizi doirasida obyekt qurilishiga avans berish va joriy mablag’ bilan ta’minlash uchun mablag’ ajratishga buyurtmanoma taqdim etiladi. Quyida markazlashtirilgan manbalar hisobiga amalga oshirilayotgan kapital qurilishni mablag’ bilan ta’minlash va kreditlash jadvali keltirilgan.
4-jadval

Yüklə 72,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin