Mavzu: Baholovchi tashkilot tomonidan investitsiya loyihalarini ishlab chiqish Bajardi


Investitsiya loyihalarini tahlil qilishda smeta qiymati va loyihaning umumiy xarajatlar tarkibi



Yüklə 72,07 Kb.
səhifə9/10
tarix27.02.2023
ölçüsü72,07 Kb.
#85834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish.Kurs ishi-1

4. Investitsiya loyihalarini tahlil qilishda smeta qiymati va loyihaning umumiy xarajatlar tarkibi
Loyiha oldi izlanishlarining muhim bosqichlaridan biri - bo’lg’usi investitsion loyihani amalga oshirish qiymatini baholash hisoblanadi. Loyiha qiymatini aniqlash uchun asos bo’lib loyihaning alohida qismlari (qurilish, texnologik va tashkiliy) bo’yicha va ularni amalga oshirish bo’yicha ishlanmalar xizmat qiladi. Bunday tarzda olingan ishlar va texnologik uskuna harid qilish qiymati loyihaning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini hisoblab chiqishga, ularni boshqa shunday turdagi loyihalar bilan taqqoslashga, loyihalashtirishdagi afzalliklar va kamchiliklarni aniqlashga, kapital qo’yilmalarning samaradorligini oshirish bo’yicha asosiy vazifalarni shakllantirishga imkon beradi. Loyiha smeta hujjatlari loyiha byudjetini shakllantirish va uni bajarilishi ustidan nazorat qilishga asos bo’lib xizmat qiladi.
Smeta asosida qurilish ishlari xarajatlari: texnologik, energetik, ko’tarma transport va boshqa uskunalar, korxona faoliyat ko’rsatishi uchun zarur bo’lgan boshqa asboblar va ishlab chiqarish inventarlari xaridi xarajatlari; ushbu uskunalarni o’rnatish ishlari xarajatlari; qurilish maydonini o’zlashtirish xarajatlari; texnik va mualliflik nazoratini amalga oshirish xarajatlari; loyiha hujjatlarini ishlab chiqish xarajatlarini o’z ichiga oluvchi kapital qo’yilmalar hajmi sifatida aniqlanadi.
Qurilish-montaj ishlarining smeta qiymati buyurtmachilar va pudratchilar, uskunalar yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzish va shartnoma bahosini aniqlash hamda ular o’rtasida hisoblashishni amalga oshirish uchun ishlatiladi.
Smeta qiymati ko’rsatkichlari ishlab chiqarish va noishlab chiqarish obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo’yicha loyihaviy yechimlar variantlarini baholash va ulardan iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqini tanlash uchun zarur bo’ladi. Bundan tashqari, smeta qiymati qurilishni tashkil etish va ishlarni bajarish variantlarini taqqoslash, konstruktiv va bajariladigan ishlar hajmini aniqlash hamda qurilish materiallar va uskunalarni tanlash uchun ishlatiladi.
Qurilishning smeta qiymatini haqqoniy belgilash loyihani o’z vaqtida amalga oshirilishiga xizmat qiladi. Qurilish qiymatini dastlabki hisob-kitobi yiriklashtirilgan me’yorlar bo’yicha loyiha oldi bosqichida texnik-iqtisodiy asosnomani ishlab chiqish davomida amalga oshiriladi.
Loyihalashtirilayotgan korxonalar, bino va inshootlar, obyektlar, ularning qismlari va ish shakllarining smeta qiymati loyihalar (eskiz loyihalar) va ishchi hujjatlar tarkibida ularni loyihalashtirish jarayonida aniqlanadi. Buning uchun loyihalash va izlanish ishlari smetalarini o’z ichiga oluvchi qurilishning yig’ma smetasi, obyekt va lokal smetalar tuziladi.
Yig’ma smeta hisob - korxona, bino va inshootlar qiymatini belgilab beruvchi asosiy hujjat hisoblanadi. U obyekt bo’yicha va lokal smetalar hamda ularda aniqlashtirilmagan qo’shimcha xarajatlar bo’yicha smeta hisobi asosida tuziladi.
Qurilishning yig’ma smeta hisobi 12 ta bobni o’z ichiga oladi:
- qurilish maydonini tayyorlash;
- asosiy qurilish obyektlari;
- xo’jalik ichidagi yordamchi ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish ahamiyatidagi obyektlar;
- energetika xo’jaligi obyektlari;
- transport xo’jaligi va aloqa obyektlari;
- suv ta’minoti, oqava suvlar va gaz ta’minoti tarmoqlari va inshootlari;
- hududni obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish;
- vaqtinchalik bino va inshootlar;
- boshqa ish va xarajatlar;
- kadrlarni tayyorlash;
- loyihalash va tadqiqot ishlari.
Qurilishning smeta qiymatini aniqlash uchun uchta usuldan foydalaniladi: bazis-kompensatsion, resursli va resurs-indeksli usullar.
Bazis-kompensatsion usulda smeta hujjatlari mavjud smeta me’yorlariga asosan tuziladi. Bu yerda obyekt qiymati haqiqatda qilingan xarajatlardan shakllanadi va faqat qurilish yakunlangandan keyin to’liq aniqlanishi mumkin.
Ushbu usul yordamida qiymat ikki bosqichda aniqlanadi:
- birinchi (loyihalashtirish) bosqichda – bazis darajada bazis qiymatning inflyatsiya munosabati bilan kutiladigan o’sishi ehtimoli bilan;
- ikkinchi (qurilish jarayoni) bosqichda – ishlar, xizmatlar, uskunalar va boshqalarga haq to’lashda birinchi bosqichda belgilangan narx va tariflarning real o’zgarishi natijasida qo’shimcha xarajatlar hisobga olinadi.
Qurilishning jami qiymati uning bazis darajasi va ishlatiladigan resurslar uchun narx va tariflarni o’sishi natijasidagi barcha boshqa qo’shimcha xarajatlar yig’indisidan iborat bo’ladi.
Resursli usul loyihani amalga oshirish uchun zarur bo’lgan xarajatlar (resurslar) elementlarini joriy (kutilayotgan) narxlar va tariflarda kalkulyatsiyalashdan iborat. Tannarx (ishlab chiqarishni kelgusi xarajatlari) kalkulayatsiyasi materiallar, buyum va konstruksiyalarga bo’lgan ehtiyojning natural birliklardagi ifodasi, qurilish maydoniga yetkazib berish va masofa, qurilish mashinalarini ekspluatatsiya qilish vaqti, ishchilarning ish haqi to’g’risidagi ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Resurslarga bo’lgan ehtiyojni aniqlash uchun:
- obyektlarni loyihalashtirishda tuziladigan materiallarga bo’lgan talab qaydnomasi;
- loyihalashtirish hujjatlarining “Qurilishni tashkil etish” bo’limida keltiriladigan ishchilarning mehnat sarfi va qurilish mashinalarining ishlatish vaqti haqidagi ma’lumotlar;
- materiallar sarfining ishlab chiqarish me’yorlari;
- resurs bo’yicha smeta me’yorlari yig’indisidan foydalaniladi.
Tegishli ishlar qiymatini aniqlashda ishlatiladigan resurslar odatda, bino (inshoot)ning butun yoki bir qismi bo’yicha, yig’indi ko’rinishida hisoblanadi. Bunda jami resurs ko’rsatkichlari baholanishi lozim. Resurslar sarfi bo’yicha yig’ma ko’rsatkichlarni hisoblash uchun dastlab, obyektda bajariladigan har bir ish bo’yicha resurslar hajmi ajratib ko’rsatilgan lokal resurs qaydnomasini tuzib olish zarur bo’ladi. Investor uchun resurslar qiymatini aniqlashda narxlarning ham bazis, ham joriy (kutilayotgan) darajasida amalga oshirish maqsadga muvofiq.
Mehnat resurslari bo’yicha jami ma’lumotlar quyidagicha baholanadi:
- bazis darajada - me’yorlarda ko’zda tutilgan o’rtacha smeta ish haqi asosida;
- joriy (kutilayotgan) darajada - qurilish-montaj ishlarida va yordamchi xo’jaliklarda band bo’lgan ishchilarning haqiqatdagi o’rtacha mehnat haqi asosida, ammo me’yorda belgilangan mahsulot tannarxiga kiritiladigan o’rtacha ish haqi miqdoridan oshmagan holda.
Qurilish mashinalari bo’yicha jami ma’lumotlar quyidagicha baholanadi:
- bazis darajada - qurilish mashinalari ekspluatatsiyasi smeta me’yorlari va narxlari bo’yicha;
- joriy (kutilayotgan) darajada - qurilish mashinalarini ekspluatatsiya qilish bo’yicha joriy narxlar haqidagi ma’lumotlar asosida.
Material resurslar quyidagicha baholanadi:
- bazis darajada - materiallar, buyumlar va konstruksiyalarni smeta narxlari bo’yicha;
- joriy darajada - materiallar, buyumlar va konstruksiyalarning transport va tayyorlov-saqlash xarajatlarining haqiqatdagi narxlari bo’yicha.
Ustama xarajatlar quyidagicha aniqlanadi:
- xarajat moddalari bo’yicha kalkulyatsiyalash orqali ma’lum bir qurilish tashkiloti uchun individual ustama xarajatlar me’yorlari asosida;
- qurilish va montaj ishi turlari bo’yicha ustama xarajatlar ko’rsatkichlari tizimi asosida;
- ustama xarajatlarga oid amaldagi me’yorlar asosida.
Ustama xarajatlarni hisoblash variantini buyurtmachi (investor) va pudratchi tashkilot qabul qiladi. Ustama xarajatlarni aniqlash asosi bo’lib to’g’ri xarajatlarning smeta qiymati yoki haqiqatdagi quruvchi-ishchilar va mexanizatorlarning mehnat haqiga ajratilgan mablag’ miqdori xizmat qiladi.
Ish haqining haqiqiy miqdorini quyidagi usullar orqali aniqlash mumkin:
- ishchilarning smetadagi ish haqini, qo’shimcha ish haqini hisobga olgan holda, uning statistik o’zgarish indeksiga ko’paytirish orqali;
- statistik hisobotlar yoki buxgalteriya hisobining haqiqiy ish haqi haqidagi ma’lumotlari asosida.
Lokal resurs smetasi hisobidagi smeta foydasi quyidagicha aniqlanadi:
- ma’lum tashkilot uchun smeta foydasida ko’zda tutiladigan xarajatlar moddalarini kalkulyatsiyalash orqali olingan individual me’yor bo’yicha;
- umumtarmoq me’yor bo’yicha.
Smeta foydasi miqdorini hisoblash variantini tanlash to’g’risida yakuniy qaror buyurtmachi va pudratchi tashkilot tomonidan qabul qilinadi. Smeta foydasini aniqlash asosi bo’lib quruvchi ishchilar va tashkilotchilar ish haqining haqiqiy miqdori yoki pudrat ishlarining tannarxi xizmat qiladi.
Resurs-indeksli usul - bu resurs mexanizmini resurslar (material, texnik, mehnat, uskuna, xizmat) indekslari tizimi bilan uyg’unligidir.
Indekslar mahsulotlar qiymati, narxi yoki resurslarning joriy (kutiladigan) darajadagi qiymatini narxlarning bazis darajasiga nisbatidir. Ular miqdoriy ko’rsatkichlarda bo’lmaydi va odatda, o’nli kasrda ikki xonadan ko’p bo’lmagan xonada ifodalanadi.
Investitsion jarayonning turli bosqichlarida qurilish qiymatini aniqlash uchun joriy va kutilayotgan indekslar tizimidan foydalanish tavsiya etiladi. Joriy indekslarni aniqlash uchun informatsion asos bo’lib statistik hisobotlar, birlamchi buxgalteriya hisobi ma’lumotlari, hamda narx shakllanishi hududiy markazlari tomonidan tashkil etilgan maxsus statistik kuzatuvlar natijalari xizmat qiladi.
Kutiladigan indekslar quyidagilar orqali topiladi:
- o’tgan kvartal yoki oylarda narxlar dinamikasi ko’rsatkichlarini statistik qayta ishlash orqali;
- inflyatsiya va energiya tashuvchilarga bo’lgan narxlarning o’sish omillari va ularning tahlili;
- investorlar va pudrat tashkilotlari tomonidan olib boriladigan inflyatsiyaga qarshi tadbirlar va narxni muvofiqlashtirish bo’yicha tadbirlarning narxlar darajasiga ta’sirining miqdoriy tahlili.
Bazis davrda aniqlangan smeta qiymatini har bir qatori (bo’limi) ni tegishli joriy (kutiladigan) indeksga ko’paytirish, keyinchalik smeta bo’yicha jami natijani qo’shish orqali joriy (kutiladigan) narxlar darajasiga keltiriladi.
Resursli va resurs-indeksli usullardan, ularning mulkiy va tashkiliy shaklidan qat’i nazar, investitsion jarayonning barcha ishtirokchilari – buyurtmachi (investor), loyiha va pudrat tashkilotlari foydalanishi mumkin. Ushbu usullarning qo’llanilishi texnik-iqtisodiy asoslashni hisobga olgan holda, texnik hujjatlarni ishlab chiqishning barcha bosqichlarida amal qiladi.
Kapital qurilishda shartnomaviy narxlash O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12 sentyabr 2003 yildagi 395-sonli “Kapital qurilishda xo’jalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga asosan amalga oshiriladi. Mazkur qarorga asosan O’zbekistonda kapital qurilishdagi shartnomaviy narxlar yagona uslubiyati barcha mulk shakllari uchun qabul qilingan.
Shartnomaviy narxlar - bozordagi mavjud sharoitlarni hisobga olgan material qiymatning konyukturasi, ishlatiladigan mashina va mexanizmlar qiymati hamda pudrat tashkilotlarini foydasini anglatadi.
Shartnoma O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy - huquqiy bazasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni hamda kapital qurilish sohasidagi boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq tuziladi.
Xulosa qilib aytganda, investitsiya loyihalarini tahlil qilishda smeta qiymati buyurtmachilar va pudratchilar bilan shartnomalar tuzish va shartnoma bahosini aniqlash uchun ishlatiladi.
Smeta qiymati ko’rsatkichlari ishlab chiqarish va noishlab chiqarish obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo’yicha loyihaviy yechimlar variantlarini baholash va tanlash uchun zarur bo’ladi. Qurilishning smeta qiymatini haqqoniy belgilash loyihani o’z vaqtida amalga oshirilishiga xizmat qiladi.

Xulosa
“Baholovchi tashkilot tomonidan investitsiya loyihalarini ishlab chiqish” mavzusi bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni o‘rganish, turli investitsiya faoliyatida investitsion loyihalarning mazmun mohiyati, investitsiya loyihalarini joriy etish bosqichlari, investitsiya loyihalari asosida yangi ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishni tashkil etishning tahliliy natijalariga bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy mexanizmlarning mazmun-mohiyati, xususiyatlari va jihatlarini mustaqil ravishda o’rganish asosida quyidagi xulosalar shakllantirildi:

  • “Investitsiya loyihasi” – iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa manfaat ko‘rish maqsadida investitsiyalar kiritgan holda oldindan belgilangan muddat mobaynida amalga oshiriladigan o‘zaro bog‘liq tadbirlar va ishlar kompleksi” sifatida tavsiflanadi.

  • Investitsiya loyihasi investitsion tadbirkorlik va tashabbusning natijasi sifatida yaratilgan investitsion hujjat bo‘lib, investitsiyalar bilan ta’minlangan har qanday tadbirlar majmuasi hisoblanadi, ya’ni u cheklangan muddat davomida foyda olish yoki ijtimoiy samaraga erishish yo‘lidagi bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq tadbirlar yig‘indisidir.

  • Investitsion faoliyatning samaradorligini baholash texnik, texnologik, moliyaviy, tarmoq yoki hududiylik xususiyatlariga bog‘liq bo‘lgan holda yagona tamoyillar asosida amalga oshiriladi.

  • Investitsion loyiha investor nuqtai nazaridan samarali deb baholanishi uchun, birinchidan, uni amalga oshirish ijobiy bo‘lishi, ikkinchidan, alternativ loyihalarni solishtirish chog‘ida yuqoriroq samaraga ega bo‘lgan loyihani ma’qul ko‘rish lozim.

  • Investitsiya loyihasining boshqa hujjat va loyihalardan asosiy farqi shundaki, u haqiqiy hujjat sifatida qaror topishi uchun uning barcha tomonlari maxsus usullar yordamida keng va aniq hisob-kitoblar bilan baholanadi. Shu bilan birga uning amalga oshirilishi muayyan miqdordagi mablag‘larni safarbar etishga asoslanadi.

Investitsiya loyihalari 3 bosqida amalga oshiriladi:

  • texnik iqtisodiy asoslash;

  • texnik loyiha (asosiy loyihaviy qarorlar), qurilishning umumiy smeta qiymati, bo‘lg‘usi korxonaning texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari;

  • texnik loyihalar asosida amalga oshiriladigan ishchi chizmalar.

Investitsiya loyihalarining amalga oshirilish jarayoni uch fazadan iborat bo‘ladi:

  • investitsiya oldi fazasi;

  • investitsiya fazasi;

  • ekspluatatsiya fazasi.

Shunday qilib, umumiy xulosa sifatida aytish mumkinki, investitsiya loyihalarini tahlil qilish asosida yangi ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishni tashkil etishni ochib berishda investitsiya loyihalari to‘g‘risidagi turli xil fikrlarni tahliliy tavsiflash va ularga oid nazariy va amaliy bilimlarni o‘rganish negizida investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish qonun hujjatlari va huquqiy mexanizmlar asosida tahliliy ochib berildi va tizimlashtrildi. Bularning asosida esa zaruriy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan holda, yuqorida berilgan muhim xulosaviy natijalar hamda nazariy va amaliy takliflar shakllantirilishi natijasida kurs ishida qo‘yilgan maqsadga erishildi.

Yüklə 72,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin