DTni loyihalashda va ishlab chiqishda barcha dasturiy ta'minot sohalari ishtirok etadi: - texnologik loyihalashtirilgan dasturlami loyihalash (masalan, boshlang'ich loyihalash, ob'ektga mo'ljallangan loyihalash va h.,k); - dasturlami testlashtirish usullari; - dasturlar to'g'riligini isbotlovchi usullar; - dasturlar ishlarining sifati analizi; - dasturiy muhit ishlatilishini va ishlab chiqilishini, dasturiy ta'minot loyihalash jarayonini yengillashtirish va hokozolar. Axborot tizimlarining DTi deganda hisoblash texnikasi vositalari bilan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va ulardan foydalanish uchun dasturiy va hujjatli vositalarni jamlash tushiniladi.
Kompyuterning apparat va dasturiy ta’minoti orasida bog‘lanish qanday amalga oshiriladi? Avvalo ular orasidagi bog’lanish interfeys deb atalishini bilib olishimiz lozim. Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi o‘zaro bog’lanish — bu, apparat interfeysi, dasturlar orasidagi o‘zaro bog’lanish esa — dasturiy interfeys, apparat qismlari va dasturlar orasidagi o‘zaro bog’lanish — apparat — dasturiy interfeys deyiladi. Shaxsiy kompyuterlar haqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda uchinchi ishtirokchini, ya’ni insonni (foydalanuvchini) ham nazarda tutish lozim. Inson kompyuterning ham apparat, ham dasturiy vositalari bilan muloqotda bo‘ladi. Insonning dastur bilan va dasturni inson bilan o‘zaro mulokoti — foydalanuvchi interfeysi deyiladi.
Barcha dasturiy ta’minotlarni uchta kategoriya bo’yicha tasniflash mumkin:
Dasturiy ta'minot Tizimli dasturiy ta'minot
Amaliy dasturiy ta'minot
Dasturlash texnologiyasiga asoslangan vositalar
Tizimli dasturiy ta’minot (Sistem software)— kompyuterning va kompyuter tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir. Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program paskage) — bu aniq bir predmet sohasi bo‘yicha ma’lum bir masalalar sinfini yechishga mo‘ljallangan dasturlar majmuasidir. Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari— yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qo‘llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo‘lib xizmat qiladi, ya’ni ular dasturlarni ishlab chiqish (shu jumladan, avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy etishga mo‘ljallangan.