Kompilyator dasturlash tilidagi dasturni mashina kodidagi dasturga aylantirib beradi. Kompilyator - inglizcha so'z bo'lib, (komponovshik, sostavitel) so'zidan olingan bo'lib, boshlang'ich dasturlar asosida ob'yektning dasturlarini tashkil qiladi, ya'ni boshlang'ich dastumi unga ekvivalent bo'lgan ob'yekt dasturini mashina tiliga tatjima qiladi. . Kompilyator boshlang'ich dasturlar asosida dastur ob'yektlaridan iborat bo'lishi mumkin. Kompilyator dasturining natijasi "dasturiy ob'yekt" yoki "ob'yekt kodi" deyiladi. Natijaviy dastur yozilgan fayl "ob'yekt faylidir." Dastuming natijasi, mashina buyruqlari tilida yozilgan bo'lishiga qaramay ob'yekt fayli va bajariluvchi (.exe), (.com) fayl o'rtasida ma'lum farq bor. Kompilyator tuzgan ob'yekt fayli (dasturi) o'zo'zidan bajarilmaydi, chunki bu dastuming kodi va ma'lumotlari xotiraning aniq bir sohasiga bog'lanmagan bo'ladi. Demak, kompilyatorlar kirishida yuqori daraja tilida yozilgan dastur matni, chiqishida mashina kodlaridagi aloqa muharririga yoki yuklovchiga uzatiladigan dastur hisoblanar ekan.
Yuklovchi - tizimni qayta ishlovchi dastur bo'lib, aloqaJi muharrir funksiyalari asoslarini bog'laydi va dasturlami yagona topshiriq punktiga joylaydi. Dasturlardagi Interpretator yuqori darajadagi dasturlash tilida yozilgan dasturning bevosita bajarilishini ham ta’minlaydi. Dasturlar kutubxonasi oldindan tayyorlangan dasturlar to‘plamidan iborat. Dasturlar yaratish vositalariga Makroassembler MASM, Visual Cutt for Windows Professional Edition kompilyatori, Visual Basic for Windows va boshqalar kiradi. CASE-texnologiyasi informatikaning xozirgi paytda eng tezkor rivojlanayotgan sohalaridan biridir.
CASE — Computer Aided Sistem Engineering — axborotlar tizimini avtomatlashtirilgan usulda loyihalash degani bo‘lib, CASE-texnologiyasi turli mutaxassislar, jumladan, tizimli taxlilchilar, loyixachilar va dasturchilar ishtirok etadigan ko‘pchilikning qatnashishi talab etiladigan axborot tizimlarini yaratishda qo‘llaniladi. Case-texnologiyalari vositalari nisbatan yangi, 80- yillar oxirida shakllangan yo‘nalishdir. Ulardan keng ko‘lamda foydalanish qimmatligi tufayli chegaralangandir. Case-texnologiyasi — murakkab dasturiy tizimlarni tahlil etish, loyihalash, ishlab chiqarish va kuzatib turish texnologik jarayonini avtomatlashtiruvchi dasturiy ta’minotdir. Case-texnologiyasining asosiy yutug‘i — kompyuterlarning mahalliy tarmog‘ida ishlayotgan mutaxassislarni birgalikda, xamkorlikda loyiha ustida ishlashini tashkil eta olishi, loyihaning ixtiyoriy fragmentini eksport-import qila olishligi va loyihani tashkiliy boshqara bilishligidadir.