1. Tijorat banklarini tashkil etish, qo‘shish, vasiylik va tugatishning huquqiy asoslari.
2. Banklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziyalash tartibi.
3. Respublikamizda tijorat banklarini tugatishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Umumiy tayanch iboralar
Yangi pedagogik texnologiya
Krosvvord
Savolnoma
Foydalanilgan adabiyotlar
Aftor haqida ma’lumot
Kirish
Kirish
«Bank» so‘zi italyancha «Banca» so‘zidan olingan bo‘lib, «stol», aniqrog‘i «pulli stol» degan ma’noni anglatadi. XII asrlarda Genuyada pul almashtiruvchilarni «Bancherii» deb atashgan. Agar puldorlardan birortasi ishonchni oqlamasa va o‘z ishiga mas’uliyatsizlik qilsa, u o‘tirgan stolni sindirib tashlashgan va uni «Banco rotto», ya’ni «bankrot» deb atashgan. Bugungi kunda bizga ma’lum bo‘lgan «bankrot» so‘zi ham italyancha «Banca» so‘zidan olingan.
O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunida bankka quyidagicha ta’rif berilgan:
«Bank - tijorat tashkiloti bo‘lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuini, ya’ni:
yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish;
qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish;
investitsiyalash uchun foydalanish;
to‘lovlarni amalga oshiruvchi yuridik shaxsdir».
Litsenziya berish yuzasidan qaror qabul qilishda quyidagilar asosiy omil bo‘lib hisoblanadi:
Bankni tashkil etish to‘g‘risidagi ta’sis shartnomasida quyidagilar bo‘lishi lozim:
Bank tashkil etish jarayoni bir necha bosqichlarga bo‘linishi mumkin.
Bank tashkil etish jarayoni bir necha bosqichlarga bo‘linishi mumkin.
1.Tayyorgarlik bosqichi.
1.Tayyorgarlik bosqichi.
Bu davrda bank muassislari o‘rtasida bank tashkil etishga kelishiladi, tashabbus guruhi tuziladi, har bir muassisning ustav kapitaliga qo‘shilgan ulush miqdori belgilab olinadi, bankning ta’sis hujjatlari majmui tayyorlanadi, bankning nomi aniqlanadi, ta’sischilar o‘rtasidagi kelishuvlar dastlabki shartnoma tarzida rasmiylashtiriladi, uning asosida ta’sis shartnomasi tuziladi (FKning 43-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi «Xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari haqida»gi Qonunning 3-moddasi) aksiyadorlik tijorat banklarining muassislari bank davlat ro‘yxatiga olinguniga qadar yuzaga kelgan majburiyatlar yuzasidan birgalikda javobgar bo‘ladilar.