3-jadval: AQSHning inqirozga karshi choralar dasturi (American Recovery
and Reinvestment Act)
№
Yo‘nalishlari
Mlrd. AQSH
dollari
Salmog‘i
1
.
Soliq yukini engillashtirish
288
37%
2
SHtatlar va mahalliy hokimiyat
organlarini soliqlardan ozod qilish
144
18%
3
.
Infratuzilma va fan
111
14%
4
.
Ijtimoiy himoya
81
10%
5
.
Sog‘liqni saqlash
59
7%
6
.
Ta’lim
53
7%
7
.
Energetika
43
5%
8
.
Boshqalar
8
1%
Jami
787
100%
Obama rejasida ko‗zda tutilgan chora-tadbirlar:
3 mln. ish joylarini saqlab qolish va tashkil etish;
sog‗liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish;
muqobil manbalardan energiya ishlab chiqarishni yo‗lga qo‗yish va 3 yil
mobaynida uning hajmini ikki baravarga oshirish;
federal mulkka taalluqli bo‗lgan (maktablar bilan birga) binoinshootlarning
75 foizini va 1 mln. xususiy uylarni ta‘mirlash;
7 mln. talabalar uchun grantlar tizimini moliyalashtirish hajmini oshirish,
ta‘lim uchun to‗lovlar bo‗yicha soliqlarni kamaytirish;
infratuzilmaga keng kulamli investitsiyalarni amalga oshirish, xususan,
yullar, kupriklar, jamoat transport tizimini kurish va kayta ta‘mirlash, temir yul va
aeroportlarni modernizatsiyalash;
soliklardan ozod kilish (solik kreditlari), solik stavkasini pasaytirish orkali
uy xujaliklarining tulov kobiliyatini oshirish;
yetarli darajadagi shaffoflik, monitoring va javobgarlik darajasini ta‘minlash
imkonini berishi lozim.
Jahon moliyaviy inqirozi Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bank tizimiga xam
jiddiy ta‘sir o‗tkazdi. Bunga javoban Yevropada banklarni qutkarish choralari
ko‗rildi. G.Braun boshchiligidagi Angliya xukumatining inqirozga karshi
choralarida bank tizimi ustidan kuchli davlat nazoratini ta‘minlash asosiy
bo‗g‗inga aylandi. Braun dasturi (510 mlrd. AQSH dollari) 290 mlrd. dollar
mikdoridagi mablarlarni Britaniya banklari muammoli aktivlarini sotib olishga,
220 mlrd. dollarni esa banklarning kayta kapitallashuviga, kreditlash, investitsiya
va iste‘mol talabini kullabkuvvatlashga safarbar etishni kuzda tutdi.
Buyuk Britaniyada inqirozga karshi choralar doirasida davlatning bank
kapitalidagi ulushi dastlab Northern Rock Bank ipoteka bankida, so‗ngra Bradford
& Bingleyda oshirildi. Keyinchalik esa mamlakatdagi ikkinchi yirik bank Royal
Bank of Scotland (RBS)da davlatning ulushi 58%dan 70%ga, Lloyds Bank
Groupda 40%dan 45%ga oshirildi. Birok bu kabi choralar doimo xam barkarorlikni
kafolatlay olmaydi. RBS 11,5 mlrd. AQSH dollari miqdorida rekord darajadagi
zarar kurganini e‘lon kilgach, uning aksiyalari kursi 67 foizga pasaydi.
AQSH, SHveysariya, Germaniya, Islandiya va boshqa davlatlar Buyuk
Britaniya "modeli"ga ergashdilar. Germaniya xukumati bankrotlik taxdid
solayotgan banklarni milliylashtirishni kullabkuvvatladi. CHunki Germaniyaning
birgina Hipo Real Estate banki aksiyalari 89 foizga kadrsizlanib ulgurgandi. Yirik
banklardan Aareal va Commerzbankning kapitallashuvi moe ravishda 21 va 42
foizga kamaydi. Kansler A.Merkel 2009- yilning fevral oyida zarurat turilganda
vaktinchalik muammoli banklarni milliylashtirish yulidan borish mumkinligini
ham ma‘lum kildi.
Fransiya xukumati mamlakatning muxim axamiyatga ega etakchi
kompaniyalarini kullabkuvvatlash yulidan bordi. 2009- yilning fevral oyida
mamlakatning yirik avtomobil ishlab chikaruvchi korporatsiyalari PSA Peugeot
Citroen va Renaultga moliyaviy kumak berildi. Korporatsiyalar bank kredit
stavkalari 1112 foiz atrofida bulgan sharoitda 67 foiz stavkasida 6 mlrd. Yevro
miqdorida moliyaviy mablaglarni oladigan bulishdi. Bunga javob tarikasida
korporatsiyalar zavodlarini yopmaslikni kafolatlash, kreditlar buyicha tulovlar
vaktiga kadar xodimlar sonini kiskartirishdan voz kechish, dividendlar va
raxbariyat mukofotlarini kiskartirish majburiyatini olishdi.
Italiyada UniCredit, Fransiyada Natixis (mamlakatning turtinchi yirik banki),
Irlandiyada Allied Irish Bank va Bank og Ireland og‗ir xolatga tushib koldi.
Fransiyada banklar va biznesga tezkor yordam loyixasi 380 mlrd. dollar ajratishni
kuzda tutdi. Niderlandiya, Belgiya va Lyuksemburgda yirik Belgiya banki Fortis
(ushbu bank aktivlari mamlakat YAIMdan 2,5 baravar kup 1,5 trln. dollar)
kutkarish uchun 16,1 mlrd. dollar ajratildi. Bundan tashkari, Belgiya xukumati
ikkinchi yirik bank Dexiani kutkarish choralarini kurdi.
AQSHda J.Bush modeli neoliberal monetaristik prinsiplarga, xususan, bank
tizimiga davlat mablaglarini safarbar etishga asoslangan bulsa, YYevropada,
masalan, N.Sarkozi "moliyaviy kapitalizm" modelidan voz kechib, amalga oshirish
murakkab bulgan "tadbirkorlik kapitalizmi" modeli bilan chikdi. Buyuk Britaniya
Bosh vaziri J.Braun davlat tomonidan moliyaviy ragbatlantirish choralarini kurish
va bunday yordamni oluvchi muassasalarning kapitali tarkibida davlat ulushini
oshirish orkali samarali davlat nazoratini ta‘minlashga xarakat kildi.
YYevropada inqirozga karshi moliyaviy ko‗mak hajmi dastlab 600 mlrd.
AQSH dollari miqdorida baxolandi, biroq inqiroz sur‘atlarining oshishi natijasida u
1,5 trln. AQSH dollariga etdi.
2009 -yilning yakuniga kelib global moliyaviy inqiroz sharoitida Yevropa
Ittifoki uchun yangi muammolar va sinovlar davri boshlandi. Bu erda gap Gretsiya
davlatidagi byudjet inqirozi xakida ketmokda. 2009 -yilning yakuniga kelib
Gretsiyada byudjet defitsiti YAIMga nisbatan 12 foizdan oshdi. Ayni paytda,
davlat karzi Gretsiyada 110 foizdan oshgan edi. Bunday sharoitda Gretsiya
xukumati karzlarni kayta moliyalash va defitsitni koplash uchun moliyaviy
resurslarni jalb kilishda qiyinchiliklarga yuz tuta boshladi. Albatta, bunda Yevropa
Ittifokiningbeminnatyordamini kutish amri maxol. Birok Ittifokka a‘zo bulish
uchun Maastrixt kelishuvida ifodalangan talablardan biri davlat byudjeti defitsiti
YAIMning 3 foizidan oshmasligi bulib, Gretsiyaning Ittifokda kolishi uning
byudjet inqirozidan ^ay sur‘atda chikib ketishiga boglik bulib koladi. Ayni paytda,
bu nafakat Gretsiyaning muammosi, balki butun Ittifok barkarorligi va
xayotiyligini ta‘minlay olish muammosi sanaladi. Boshkacharok aytganda,
Yevropadagi integratsiyalashuvning zamonaviy boskichida bir a‘zo mamlakatda
yuzaga keladigan fiskal muammo yagona pulkredit siyosati amalga oshiriladigan
xududda kanday bartaraf etilishi boshka a‘zo davlatlar uchun xam birdek
muximdir. Chunki YYevrohududda fiskal muammo tez sur‘atlarda va samarali
bartaraf etilmasa, Ittifokning kelajagi xam xavf ostida kolishi mumkin.
YYevrohududning 16 davlati moliya vazirlarining muzokaralaridan so‗ng
Gretsiyaga uch yil muddatga 110 mlrd. Yevro miqdorida yordam paketi
ajratiladigan bo‗ldi.
Albatta, YYevropa Ittifoqi tomonidan Gretsiyaga ko‗rsatiladigan yordam
oddiy kreditdan boshqa narsa emas. Ammo ajratiladigan kreditning foiz stavkasi
bozordagi mavjud stavkadan pastroq bo‗ladi (qariyb 5 foiz atrofida).
Gretsiyaga ajratiladigan yordam paketida Yevrohududning ulushi 80 mlrd.
Yevroni tashkil etib, yordamning qolgan qismi (30 mlrd. Yevro) XVF tomonidan
joriy yilda ajratiladigan bo‗ldi. XVF rahbari ushbu qarorni Yevrohududni qutqarish
chorasi ekanligini e‘tirof etdi. Bunga javoban Gretsiya hukumatidan mehnat va
pensiya qonunchiligini erkinlashtirish talab etilmoqda. CHunki ushbu choralar
yaqin ikki yil mobaynida byudjet defitsitini 20 mlrd. Yevroga qisqartirish imkonini
beradi.
Gretsiyadagi defolt holati e‘tirof etilgandan so‗ng ozgina fursat o‗tib, Standart
& Poor‘s reyting agentligi tomonidan Ispaniya va Portugaliya uchun kreditga
layoqatlilik reytingining pasaytirilishi Yevropa Ittifoqidagi moliyaviy inqirozning
kuchayishiga sabab bo‗ldi. Vaholanki, Fitch reyting agentligi Gretsiyaning suveren
reytingini VVV+gacha pasaytirgan edi. Bu esa, Gretsiyaning A+ reytingiga ega
bo‗lgan Malayziyadan ham kreditga layoqatlilik bo‗yicha orqada ekanligini
ko‗rsatadi.
Yevrohudud o‗zining Markaziy bankiga ega bo‗lgani holda, yagona
g‗aznachilikka ega emas. Bu esa byudjet intizomi buzilgan hozirgi sharoitda Yevro
uchun og‗ir sinov davri boshlanganligini bildiradi. Vaholanki, yagona pulkredit
siyosati qo‗llaniladigan Yevrohudud a‘zo davlat uchun ham muayyan
qiyinchiliklarni tug‗dirayotganli gini ta‘kidlash lozim. CHunki agar Gretsiya
o‗zining Markaziy banki orqali mustaqil pulkredit siyosatini amalga oshirish
imkoniyatiga ega bo‗lganda, byudjet defitsiti bilan bog‗liq muammolarni
inflyasiyaga yo‗l qo‗yib berish, Markaziy bankdan kredit jalb qilish (garchi maqbul
sanalmasa ham), devalvatsiya sur‘atlarini oshirish hisobiga engillashtirishi mumkin
edi.
Bundan ko‗rinadiki, valyutaviy integratsiyalashuvning yorqin namunasi
sifatida e‘tirof etiladigan Yevropa Ittifoqida ham fiskal muammolarni samarali hal
etishning takomillashgan mexanizmi mavjud emas ekan. Bundan tashqari,
Gretsiyada byudjetning qisqarishi iqtisodiy faollikka salbiy ta‘sir ko‗rsatgani
holda, soliq tushumlarining kamayishiga va qarzning YAIMga nisbati
ko‗rsatkichining yanada yomonlashishiga olib kelishi mumkin.
Moliya institutlari axborot to‘plashni to‘xtatganda va qarz ajratganda
moliyaviy betartiblik oshadi, assemmetrik axbrotlar muammosi moliya tizimini
qobiliyatini cheklaydi. Qarzlar kamayib borishi bilan, qarz oluvchilarning
investitsion imkoniyati cheklanadi va ularning sarflari kamayadi va natijada
moliyaviy faollik pasayadi.
|